G‘azabni namoyish etishning birinchi bosqichida qo‘llanadigan quyidagi metod va usullar samarali bo‘lib, psixologlar tomonidan keng qo‘llanadi:
qog‘ozni g‘ijimlash va yirtish;
2) yostiq yoki boksyorlik qopini urish;
3) oyoqlarni tapillatish;
4) vatmandan qilingan “truba” yordamida qattiq baqirish;
5) yostiqni yoki yelim idishni tepish;
aytishni istayotgan so‘zni qog‘ozga yozish, g‘ijimlash va tashlab yuborish;
karton yoki qog‘ozga plastilinni ishqalash;
suvotar to‘pponcha, shishirilgan to‘qmoqni qo‘llash.
1-Mashq
G‘azabni plastik ifodalash, g‘azabni xatti‑xarakatlar orqali namoyish etish.
(guruxiy va individual tartibda bajarish mumkin)
Bolalar ixtiyoriy holatda turib yoki o‘tirib oladilar. So‘ngra ularning eng ko‘p g‘azabini qo‘zg‘atadigan vaziyatlar (yoki odam) haqida o‘ylash so‘raladi.
Ularga sezgilariga e’tibor qaratish va tananing qaysi qismlarida ular kuchliroqligini aniqlash so‘raladi.
So‘ngra ulardan turish (o‘tirgan bo‘lsa) va o‘zlari his etayotgan his-tuyg‘ularni (salbiy sezgilarni) ifodalash uchun maksimal ravishda harakatlanish so‘raladi. Bunda o‘z xatti‑harakatlarini nazorat qilmaslik zarur, o‘z his‑tuyg‘ularini ifodalash muhimdir.
Bolalar bilan quyidagilarni muhokama qiling:
Mashqni bajarish oson bo‘ldimi?
Ular nimada qiyinchilik sezishdi?
Mashqni bajarish davomida ular nimani his etishdi?
Mashqdan so‘ng ularning holati o‘zgardimi?
2-Mashq
O‘z g‘azabining rasmini chizish, plastilin yoki loydan yasash (individual bajariladi).
Vositalar: qog‘oz, rangli bo‘rlar, flomasterlar, plastilin, loy.
1. Boladan eng ko‘p g‘azab hissi, agressiyani keltirib chiqaradigan vaziyatlar (odam) haqida o‘ylash so‘raladi.
2. Boladan o‘z g‘azabini tanasining qaysi qismlarida ko‘proq his etishi so‘raladi.
3. Bola o‘z sezgilari haqida gapirayotgan vaqtda undan so‘rash zarur: “Sening g‘azabing nimaga o‘xshaydi? Sen uni rasm tarzida ifodalab yoki plastilindan yasay olasanmi?”
4. Bola bilan rasmlarni samimiy qiziqish bilan muhokama qilish va quyidagilarni belgilash zarur:
‑rasmda nimalar ifodalangan;
‑bola o‘z g‘azabini ifodalayotganda nimani his etgan;
‑u o‘zini chizgan rasmi (yoki yasagan narsasi) nomidan suxbatlashish mumkinmi (yashirin motivlar va kechinmalarni aniqlash uchun);
‑u rasmni chizib bo‘lgach (yoki yasab bo‘lgach) uning holati o‘zgardimi;
5.So‘ngra boladan rasmni (yoki yasagan narsasini) nima qilgisi kelayotganini so‘rash kerak.
Ba’zi bolalar rasmni g‘ijimlaydi, ba’zilari yirtadilar va otib yuboradilar, yana kimdir uni uradi, lekin ko‘p bolalarning ta’kidlashicha, endi ularning “rasmi o‘zgargan” (qoidaga muvofiq rasmning rangi, o‘lchami, ba’zan mazmuni ijobiy tarafga o‘zgaradi). Bunday vaziyatda bolalardan rasm qanday o‘zgargani va uning rangini so‘rash kerak. Shuningdek, uni bola bilan muhokama qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |