Yelka mushaklari.
1. Trapetsiyasimon mushak. U uchburchak ko`rinishida bo`ladi. Bu mushakning tolalari har tomonga tarqalgan bo`lib, u bo`yin va boshni orqaga tashlash, ko`krakni orqaga va pastga cho`zish kabi har xil vazifalarni bajaradi. Trapetsiyasimon mushaklarning qisqarishi vaqtida mushaklarning qanchalik rivojlanishiga bog`liq.
Yelkaning eng enli mushagi. U uchburchak shaklida bo`lib, yelkaning pastki qismini egallaydi. Katta ko`krak mushagi bilan birga yuqoriga ko`tarilgan qo`lni pastga tushirish hamda qo`lni orqaga ko`tarish uchun xizmat qiladi.
1 1-rasm. Yelka kamari mushaklari.
1-deltasimon mushak;
2-yelka uch boshli mushagi
3-tishsimon mushak;
4-trapetsiyasimon mushak;
5-ikki boshli mushak.
Yelka kamari va qo`llar mushaklari.
1. Deltasimon mushak, quvvatli mushakning vazifasi qo`lni gorizontal holatga keltirishdir.
Yelkaning old tomonida ikki boshli mushaklar joylashgan. Funktsiyasi u old yelkani tirsak bug`inida hamda tashqariga qaytarishga xizmat qiladi.
3. Yelka suyagi ostida joylashgan uch boshli yelka mushagi. Funktsiyasi old yelkani to`g`ri holatga keltirishdan iborat.
Tos va oyoq mushaklari.
Bularga quyidagilar kiradi:
1. Katta dumba mushagi. Funktsiyasi: qisqarish vaqtida egilib turgan tana skeletini va boldirni to`g`ri holatga keltiradi.
Paytavasimon mushak eng uzun mushak hisoblanadi. Bu mushak bir oyoqni – ikkinchi oyoq ustiga o`tkazishi uchun shunday deb nomlanadi. Funktsiyasi: son va tizzani egishga xizmat qiladi.
12-rasm.
a) Tos va oyoq mushaklari;
1-sonning to’rt boshli mushagi;
2-tikuvchilar mushagi;3-boldir uch
boshli mushagi;4-sonning ikki boshli
mushagi;5-ild katta boldir mushagi.
b) boldir mushaklari:
1-sonning to’rt boshlimushagi;2-boldir-
ning uch boshli mushagi;3-kambalasi-
mon mushak;4-ikki boshli mushak;
5-old katta boldir mushagi.
3. Son to`rt boshli mushagi. Funktsiyasi: qisqarish vaqtida oyoqni to`g`ri holatga keltiradi. U sonning egilishida ham qatnashadi.
4. Boldirning uch boshli mushagi. U ikki boshli va kambalasimon mushakdir. Boldir mushagi boldirning tashqi tomoni massasini tashkil qiladi. Kambalasimon mushak boldir mushagi ostiga joylashgan. Funktsiyasi: tovonlarni ko`tarish, oyoq kaftlarini egishda xizmat qiladi.
Bulardan tashqari quyidagilar mavjud:
1. Sonning ikki boshli mushagi;
2.Boldir mushagi;
3. Katta son mushagi;
4. Tovonni eguvchi mushak.
Adabiyotlar:
1.Дунаевская Г.Н., Коблякова В.Б. , Ивлева Г.С .Размерная типология населения с основами анатомии и морфологии , Москва, Легкая индустрия, 1975.
2. Синельников Р.Д. Учение о костях, суставах, связках и мыщцах. Атлас анатомии человека. , Москва, Госмедиздат, 1978 ;
3.Babayeva R.X “Amaliy antropologiya asoslari va biomexaniqa” fanidan darslik T. “Voris-nashriyot”2009
Do'stlaringiz bilan baham: |