Bolalar tarbiyasida oilaning o’rni va ahamiyati.
Xoliqulov Muhammad Qaxor o’g’li
Buxoro Davlat Universiteti
Tarix va ma`daniy me`ros fakulteti
4-bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada bolalarning tarbiyasi, milliy va umuminsoniy qadryatlar asosida shaklanishi. Bu jarayonlarda oilaning nechog’lik o’rni borligi to’g’risida ma`lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: farzand, oila, milliy, umuminsoniy, Alisher Navoiy, tarbiya, mehr, muhabbat, qattiqqo’llik.
Farzand – oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi, jamiyatning hayotbaxsh kuchi. Buyuk uzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy bolani «mexri anbar» - uyni yoritadigan va oilaga baxt-kuvonch keltiradigan nur deb xisoblagan edi.
Farzand umr mevasi, oila faxri, kelajagi, baxtidir. Ammo tarbiya nixoyatda mashaqqatli ish bulib, ota-onalar bolalar tarbiyasida xar doim ham istagan natijalariga erishavermaydilar.
Xayotining birinchi yilidan boshlab bola shaxsini shakllantirish, ya’ni uning tarbiyasi bilan shug’ullanish oilaning asosiy vazifasidir.
Oila jamiyatning boshlangich bo’g’ini bulib, unda yangi inson vujudga keladi bu kichik ijtimoiy gurux bola uchun dastlabki xayot maktabidir. Ota-onalar bolaning birinchi o’qituvchisi va tarbiyachisi hisoblanadilar.
Alisher Navoiy bolalar oilada va maktabda imtizomli bo’lishlari va uzlarining odobli ekanliklarini kursatishlari kerakligini ham ta’kidlab o’tgan edi.
Navoiy tarbiya usuli sifatida namuna kursatishga aloxida e’tibor berar va kishilarni, ayniqsa yoshlarni yaxshi kishilardan urganishga, ulardan ibrat olishga, ularning davrasida bulish, ular bilan tez –tez suxbatlashishga chaqirar edi. U bola tarbiyasida ota-onalarning ibrati tugrisida quyidagicha misrasini namuna keltishish joiz:
Farzand ato kullugin chu odat kilgay,
Ul odat ila kasbi saodat kilgay,
Xar kimki atoga kup rivoyat kilgay,
Uglidan anga bu ish siroyat kilgay.
Sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiy uzining «Axloki Nasriy» asarida yaxshi tarbiyaning muximligiga ko’p tuxtalgan. U ota-onalarning xuquq va burchlari, saxovatlilik, baxt, insonning oliyjanob xislatlari, qadr – qimmat, sadoqat va samimiylik, salomatlilik (kishi uzida yaxshi axloqiy xislatlarni shakllantirish uchun salomatlik juda zarur, deydi Tusiy) to’g’risida juda qimmatli fikrlarni berganki, oradan yetti asr o’tib ham, ular uz ahamiyatini yukotmagan.
Bola tarbiyasida ota-onaning vazifasi, roli kuplab xalk makol va matallarida uchratish mumkin.
Ota-onaning tarbiyachilik ro’li tugrisidagi kuyidagi xalk maqolini keltirish mumkin:
Bog`ing bo’lsa, qo’ra qil,
o’g`ling bo’lsa, mulla qil.
Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil
Suv bilan ekin o’sar,
Tarbiya bilan – odam.
Bola tarbyasida kattalarning ibrati to’g`risida quyidagicha maqollar mavjud:
Daraxt ko’ra - mevasi,
Ota-onasiga ko’ra - bolasi.
Daryo chuchuk – ariq chuchuk,
Daryo achchiq - ariq achchiq.
Igna qayoqqa yursa,
Ip ham shu yoqqa yurar.
Ma`daniy va ma’naviy merosimiz bo`lgan hadisu sharifda ham tarbiya, ahloq-odob, o’zaro do’stona munosabatlar, qarindoshlik, mehr oqibat, adolat, insof-tavfiq bilan bir qatorda ota-ona va farzandlarning xaq – huquqlari hamda burchlari o’z ifodasini topgan.
Hazrati Muhammad (S.A.V) payg`ambarimiz ota-onaning bolalari olididagi burchlari haqida bir hadislarida: «Farzandlaringizni yaxshi boqingiz, ularni yaxshi tarbiya qilingiz», - deb marhamat qilgan edilar.
Ota-onaning burchi bola tug`dirishdangina iborat emas. Tug`ilgan farzandni o’stirish, yaxshi tarbiyalash, dini va millati uchun foydali qilmoqdir. Yana bir hadisda «Farzandaringizni izzat ikrom qilish bilan birga ahloq-odobini yaxshilanglar», deyilgan.
Aga oila ma’nosiz xayot kechirsa, faqat shaxsiy xuzur xalovoti bilan mashg`ul bo’lsa, agar oilada rahmsizlik va xudbinlik hukm surayotgan bo’lsa, bularning hammasi bolaning ma’naviy qiyofasiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi, albatta. Shu sababli ota-onalar uchun oila tarbiyasi, avvalo o’z-o’zini tarbiyalashdan iborat bo’lmog`i kerak. Ota-onalarnig yuksak ijtimoiy ongi bolalarda ham shunga mos ong tarkib topishiga yordam beradi.
Oilada kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak.
Ota-onalar oldidagi ma’suliyatning naqadar muhimligi shundan iboratki, ular bolaning xar bir qadamini, xarbir xatti- xarakatini zimdan kuzatib boradilar. Bolalar har qanday janjalni, yomon, noo’rin so’zni uzoq eslab yuradilar, o’rni kelganda vaziyat bo’lganda amalda qo’llashga harakat qiladilar.
«Qush uyasida ko’rganini qiladi», deydi xalkimiz. Ayniksa bolaning izzat nafsiga tegmaslik, uni kamsitib gapirmaslik, ota-onaning o’zi madaniyatsizlik, odobsizlik qilmasliklari maqsadga muvofiqdir.
Xar bir ota-ona o’z farzandini sevadi. Xech kim ulardan yomon va baxtsiz insonlar yetishib chiqishini istamaydi. Farzandning xar bir yutug`i ota-onaning yuragini tog`dek ko’taradi, faxr va g`urur tug`ularini vujudga keltiradi. Lekin ota-onaning maqsad va niyatini farzandlar qanday tushunadilar, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun ular qanday yo’l va vositalardan foydalanadilar, bular nixoyatda murakkab masalalardir. Ota-onaning jamiyatda tutgan o’rni, nufuzi, farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Bu narsa mansab bilan belgilanmaydi. Eng yaxshi obro’ va e’tibor halol mexnatdir. Halol mexnat bilan jamiyatda ortirilgan obro’ oilada farzandar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Farzand ham ota-onalardek bo’lishga intiladi. Mehmondo’st oilada o’sgan farzandlar ham mehmondo’st bo’ladilar.
Ota-onalarini xor zor qiladigan, dillarini og`ritadigan nomard farzandlar ham uchraydi, ular nima qilayotganlarini uylab ham ko’rmaydilar. Qadimdan qolgan bir naql bor: ota-ona o’nta bolani boqadi-yu, o’nta nomard bola ota-onani boqa olmaydi. Bu naqlning mazmuni juda chuqur. Uni har bir farzand yoddan chiqarmaslik kerak.
O`sib unayotgan farzandlar Alisher Navoiyning mana bu nasixatini ham yodda saqlashlari lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |