Jamoa haqida tushuncha.
Jamoa (lotincha «kollektivus» suzining tarjimasi bulib, yigilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, gurux) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bulib, ijtimoiy axamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan gurux demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruxi tushuniladi (masalan ishlab chikarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xujalik jamosi va xokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yukori darajada uyushtirilgan gurux tushuniladi. Chunonchi, O’quvchilar jamoasi yukori darajada uyushtirilgan birlashma xisoblanadi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muxim axamiyatga ega bulgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol uynashi to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayok bildirilgan. Jamoada uning a’zolari urtasidagi munosabatning aloxida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin xar kanday guruxni xam jamoa deb xisoblab bulmaydi. Jamoa bir kator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan xar kanday guruxdan ajratib turadi.
O’quvchilar jamoasi uziga xoslik kasb etuvchi muxim belgilarga egadir. kuyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida suz yuritamiz.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir kismi xisoblanadi, unda ijtimoiy xayot va kishilik munosabatlarining barcha meyorlari uz ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bular ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o’zaro birlik, uzviylik, alokadorlik yuzaga keladi.
Shu bois jamoa xayotining anik (yagona) maqsadga karatilganligi va ijtimoiy-goyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Xar bir jamoa boshka jamoalar bilan uzviy alokadorlikda mavjud bo’ladi. Muayyan jamoaning xar bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida uz jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad moxiyatini chukur xis etish xamda uning shaxsni shakllantirishdagi urni va rolini to’g’ri baxolay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, kizikishi, extiyoj va faoliyatlari urtasidagi birlikni namoyon etadi xamda jamoaning bulinishga yul kuymaydi.
Xar bir jamoa uz-uzini boshkarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy kismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil kilish xususiyatlari orkali umummilliy jamoa bilan boglanadi. Ijtimoiy jamiyat extiyojini ko’ndirishga yunaltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muxim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-goyaviy yunalishi xam jamoaning faoliyati mazmunida uz aksini topishi muxim axamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniklashda kishilar guruxining yagona ijtimoiy tizimini urnata olishdagi usuli, ya’ni, jamoani tashkil kilish usuli xam muxim xisoblandi.
Pedagogik jixatdan maqsadga muvofik tashkil etilgan jamoa, xususan, uning a’zolari urtasida o’zaro ruxiy yakinlik, ishchanlik, bir-biri uchun gamxurlik, o’zaro yordam, jamoa manfaati uchun kaygurish, mazkur yulda amaliy xarakatlarni tashkil etish xamda javobgarlik xissi qaror topadi.
Demak, jamoa uzida kuyidagi xususiyatlarni namoyon etadi
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat xissini uygota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yakinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik xissini paydo bulishiga kumaklashadi, jamoa bilan munosabatda bulish extiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o’zaro xissiy birlik (bir-birini yoktirish xissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat kupincha uz-uzidan paydo bo’ladi xamda ular O’qituvchiik ta’sir kursatish uchun kul keladi. Jamoa a’zolari urtasidagi ruxiy birlik mazmuni ular orasida xosil bulgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog’liqdir.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (xissiy) tuzilishini bir-biridan farklash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli kurinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy jixatlari kuzda tutiladi. Mazkur jixat bir tomondan jamoa a’zolari urtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, raxbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-xarakatlari va intilishlarini muvofiklashtirish yo’lida tashkil etilayotgan boshkaruv faoliyati moxiyatini yoritishga xizmat kiladi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari urtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruxni tashkil kiluvchi ayrim a’zolar urtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning xar bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu urinni egallaydi. O’quvchining jamoadagi urni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muxim ta’sir kursatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofik bulganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida kuzga kuringan urinni egallagan xoldagina u chinakam jamoa bula oladi. Shuningdek, norasmiy guruxlar (mikroguruxlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruxlar bulgandagina jamoa uzini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
Yashash joylarida o’zaro birikkan bolalar guruxlari kanchalik axil va inok munosabat asosida tashkil topgan bulmasin xakikiy jamoa bula olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy axamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari urtasida o’zaro xamkorlik va ishchanlik xarakteridagi aloka va munosabalarni qaror toptirishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga O’qituvchiik raxbarlikning yulga kuyilishidir.
Shunday kilib, jamoa bir necha (a’zo) kishidan iborat gurux bulib, u ijtimoiy axamiyatga ega bulgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo’yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a’zolari urtasida qaror topgan o’zaro birlik, shuningdek, ular urtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga raxbarlik kilish, jamoa a’zolarining gurux yetakchilariga buysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik xissini anglashlari uchun zamin yaratadi.
Jamoa va uni shakllantirish O’qituvchiik faoliyatining maqsadi xisoblanidi. Muxim tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bulgan subyektlarning aloxida namuna kursatishlari jamoani shakllantirishning muxim vositasi bulib, ushbu vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a’zosini tarbiyalash ijobiy samaralar beradi.
Jamoa tomonidan xal etilishi kuzda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni xar tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash xamda mustaxkam xayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Umumiy urta ta’lim xamda urta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalarida jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazifa sanaladi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bugin - bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida O’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat ukish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloka va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muxim bugin – O’qituvchilar jamoasi xamda O’quvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. O’quv yurtlari jamoasi tarkibida O’quvchilar jamoasi asosiy kismni tashkil etadi. O’quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy axvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning xukuk va burchlari tengligi asosidagi o’zaro birlikka ega O’quvchilar guruxidir.
O’quvchilar jamoasi unga raxbarlikni olib boruvchi O’qituvchilar xamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bulib, uz-uzini nazorat kilish xamda uz-uzini boshkarish xukuki, shuningdek, uziga xos psixologik muxit va an’analariga ega bo’ladi.
Jamoani shakllantirish muayyan konuniyatlarga buysunadigan uzok muddatli murakkab jarayondir.
Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari. Jamoaning vujudga kelish uchun turt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab O’qituvchi butun guruxga talab kuyadi xamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga aloxida e’tibor karatadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni kuyadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy xolda jamoaning xar a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab kiladi. Sunggi (turtinchi) bosqichda esa jamoaning xar bir a’zosi uz oldiga Mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni kuyish layokatiga ega bo’ladi. Ushbu jarayon moxiyatini kuyidagicha bayon etish mumkin
Jamoaga qo’yilayotgan talablar mazmunidagi fark jamoa rivojlanishi bosqichini aniklovchi yorkin tashkiliy ko’rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular urtasidagi ijodiy xamkorlik, shuningdek, ularning xulk-atvori axloqiy kamolot darajalarini kursatuvchi muxim belgilar sifatida namoyon bo’ladi. Jamoani shakllantirishda uning xayotini belgilovchi ichki jarayonining moxiyatini inobatga olish zarur.
Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli xisoblanadi, zero, jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oralikka ega emas. Shunga karamay O’qituvchiik nuktai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga ajratish juda muximdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish aloxida axamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining xar bir bosqichi jamoa a’zolariga nisbatan samarali O’qituvchiik ta’sir kursatishning makbul shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab fakat O’qituvchilar tomonidan kuyiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlangich nuktasidir. Ushbu davrdagi jammoa xali tarbiyalovchi jamoa bulmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki gurux) xisoblanadi. Ushbu bosqichda O’quvchilar O’qituvchi tomonidan talablarning kuyilishiga e’tiborsiz karaydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil kilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orkaligina jamoa qaror topadi. O’quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muxokama kilish, kilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bulishi, shuningdek, O’quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan kizikishni paydo bulishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois suz yuritilayotgan bosqichda O’qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi.
Ushbu bosqichda O’qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday talabni kuya olishi, u tomonidan qo’yilayotgan talabning kat’iyligi, izchilligi xamda murosasizligi muxim omil xisoblanadi. Bu vaziyatda O’qituvchining «xukmdorlik» davri uzok davom etishi mumkin emasligi, bir karashda intizomning vujudga kelganligi ma’lum bulsada, ayni vaktda gurux a’zolarining faolliklarini rivojlantirish uchun zarur buluvchi sharoitning xali mavjud bula olmaganligini xisobga olish zarur.
Jamoa xayotining birinchi bosqichida jamoa faolining paydo bulishi ushbu davr uchun xarakterli xodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruxning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofik tarzda xarakat kiladilar, O’qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixoxlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar O’qituvchining yakin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining O’qituvchi talabini kullab-kuvvatlash xamda uz navbatida uning uzi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga kuyishi bilan tafsiflanadi. Endilikda O’qituvchi jamoada paydo bulgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolgiz uzi xal kilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orkali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa xayotini tashkil kilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa uz-uzini boshkarishga utadi.
O’quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muxim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muxim ishlarini O’quvchilar tomonidan Mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni utkazishga tiyyorgarlik, uni utkazish xamda faoliyat natijalarini muxokama kilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini kursatuvchi omillar sanaladi.
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (ragbat)larning paydo bulishi, ijodiy xamkorlik va o’zaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi.
Jamoada Mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli bekiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida xurmat kozona olishi, ularga namuna bulishi, uz burchlarini anik va puxta bajarishi xamda uz mavkelaridan nourin foydalanmasliklari juda muximdir. Bu urinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab utish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (xukuklar)ga ega bulsada, ayni paytda uning uziga xam oshirilgan talablarning kuyilishi maqsadga muvofikdir.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda tuxtab kolishi mumkin emas, chunki faoliyat kursatayotgan kuch jamoaning bir kismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda tuxtatib kolinsa, jamoa faolining guruxning boshka a’zolari bilan karama-karshi kuyish xavfli tugilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining aloxida faollik kursatishga erishishlari zarur sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermaxsul xisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniklashiga kura, bu davrda butun jamoa «ayrim uzini chetga olib koluvchi, injik shaxs»larga talab kuya boshlaydi.
Jamoa ishiga ushbu bosqichda fakat faolgina emas, balki uning butun a’zolari kizikadi. Jamoa xayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O’qituvchi mazkur yunalishda maqsadga muvofik va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari xatti-xarakati jamoa bulib muxokama kilinadi, turli mavzularda suxbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, O’quvchilar urtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-goyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, xukukiy, iqtisodiy va xokazo bilimlarning targiboti tashkil etiladi. O’qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga xissa kushish imkonini beradigan o’zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir kursatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Jamoaning xar bir a’zosida ijtimoiy axamiyatli faoliyatni maqsadga muvofik ravishda tashkil etish kunikmasini xosil kila olishi jamoa a’zolari orasida barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi - uning a’zolarini ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega bulgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlaridir.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichda kursatib utilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning xar bir a’zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni kuya boshlaydilar.
Jamoa rivojlanishining turtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida uz-uzlariga talablar kuya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, xar bir bosqich jamoa a’zolarining uziga nisbatan muayyan talab kuyishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan xar bir talab uziga xos yunalishi (masalan uyindan umuminsoniyat baxti yo’lida kurashishiga intilish urtasidagi fark) bilan ajralib turadi.
Turtinchi bosqich jamoa a’zolarining uziga nisbatan yuksak axloqiy talablar kuya olishlari bilan axamiyatlidir. Jamoaning xayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining xar biri uchun shaxsiy extiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni uz-uzini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Birok bu xolat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va urnini pasaytirmaydi. Turtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istikbolli, yuksak va murakkab talablarni kuyish uchun mutlako kulay sharoit yaratiladi.
Bugungi kunda O’qituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshkalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining moxiyatini taxlil kilar ekanlar, uni kuyidagi uch bosqichga bo’ladilar:
a) jamoani dastlabki jipslashtirish;
b) jamoani shakllantirish asosida uning xar bir a’zosini individual rivojlantirish;
v) jamoaning umumiy faoliyatini yulga kuyish.
Jamoa xayotida muxim urin tutuvchi xar bir bosqichni ajratib kursatish yukorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi axamiyatini ta’kidlaydi.
A.S.Makarenko jamoa a’zolari urtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta axamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muxim kuyidagi belgilarni ajratib kursatgan edi:
1) major - doimiy tetiklik, O’quvchilarning faoliyat (xarakat)ga tayyorliklari;
2) uz jamoasining kadriyatlari moxiyatini tushunish, uning uchun gururlanish asosida uz kadr-kimmatini anglash;
3) jamoa a’zolari urtasidagi dustona birlik;
4) jamoaning xar bir a’zosida qaror topgan dustona birlik;
5) tarbiyali, ishchan xarakatga yullovchi faollik;
6) xissiyotni boshkara olish xamda mulokot odobiga amal kilish kunikmasi.
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga kuyiladigan yagona talablar muxim axamiyat kasb etadi.
Yagona talab O’quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashkari ishlar vaktidagi, shuningdek, jamoat joylari xamda oiladagi xulk-atvor koidalarni uz ichiga oladi.
Puxta uylab qo’yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning urnatilishini ta’minlaydi.
O’qituvchilar tomonidan qo’yilgan talablar kuyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:
1. qo’yilayotgan talablar O’quvchi shaxsini xurmat kilish tuygusi bilan uygunlashgan bulishi kerak.
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni xisobga olgan xolda kuyilishi lozim.
3. Jamoaga nisbatan qo’yilayotgan talablar anik bulishi lozim.
4. O’quvchilarning tashki kiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi xamda muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat kilishi shart.
O’quvchi qo’yilayotgan talablar xajmi va tizimini bilibgina kolmasdan, talab kuyish metodikasini xam uzlashtira olgan bulishi kerak.
O’quvchilar jamoasiga nisbatan talablarni kuyish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirish, talablarning axamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish xamda O’quvchilar faoliyat, shuningdek, qo’yilayotgan talablarning bajarilish xolatini muntazam suratda nazorat kilib turishdan iborat.
O’quvchilarni talablar bilan tanishtirish kupincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta’lim muassasasining direktori yoki o’quv ishlari buyicha direktr urinbosari istikbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan O’quvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim xollarda amalda kursatish, keyinrok sinflar buyicha sinf majlislari yoki maxsus suxbatlarni uyushtirish asosida amalga oshiriladi.
Xulk-atvorni tarkib toptirishga yunaltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashk kildirish bilan kushib olib borilishi kerak. Xulk-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga karaganda ancha murakkab ish. O’quvchilar talablar moxiyatini yaxshi anglashlari mumkin, birok aksariyat xollarda ularga rioya kilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashk kildirish madaniy xulk-atvorni odatga aylantiradi.
Talablarning kuyilishi jarayonida ularga O’quvchilarning amal kilishi ustidan nazorat urnatish lozim. Nazorat kilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulk-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baxolarni kayd etib borish va boshkalar. qo’yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va xakkoniy bulishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan O’quvchilarni ogox etib borish maqsadga muvofik xisoblanadi.
Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan chambarchas bog’liq. Xar bir O’qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi xarakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan extiyoji mazmunidan kelib chikadi.
Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun O’qituvchi O’quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulk-atvorini kuzatib borishi xar bir O’quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layokatini aniklash zarur.
Jamoa faolini shakllantirishda O’quvchilarning jamoadagi obrusini xam inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning uzlari, albatta, O’qituvchi ishtirokida va raxbarligida tanlasa maqsadga muvofik bo’ladi. O’qituvchi jamoa faoli bilan maslaxatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.
Jamoa faolining xar bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan xisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofik. O’qituvchi aynan faolga oshirilgan talab kuyadi. O’quvchilar jamoasida faol raxbarligida uz-uzini boshkarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshkasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak.
Shu bois O’qituvchi faolni maqsadga muvofik faoliyat yuritishini nazorat kilib borishi lozim.
O’quvchilarning uz-uzini boshkarishi bu O’qituvchilar tomonidan tashkil kilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshkarishda O’quvchilarning faol ishtirok etishidir. Uz-uzini boshkarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yigilishi, konferensiyasi xamda turli komissiyalar (masalan, o’quv komissiyasi yoki tozalik komissiyasi) faoliyati muxim urin tutadi.
O’quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muxim urin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek kullab-kuvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bulib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati xamda jamoaning ijtimoiy fikri yorkin ifodalanadi.
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bulinadi:
a) kundalik faoliyat an’analari;
b) bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari O’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro yordam turlari), va mexnat faoliyati (kuchatlar utkazish, xasharlar uyushtirish va boshkalar)ni uz ichiga oladi.
Bayram an’analariga ijtimoiy axamiyatga ega turli vokea xamda xodisalar bilan bog’liq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navruz bayrami», «Xotira va kadrlash kuni» va boshkalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
An’anaviy bayramlar o’quv muassasalarida turlicha utkaziladi. O’quvchilar an’analar moxiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bulsalargina uning ta’sir kuchi yukori bo’ladi.
An’analarning yuzaga kelishida O’quvchilarning unga nisbatan munosabati katta axamiyatga ega. Maktab raxbariyati va O’qituvchilar O’quvchilar jamoasiga muayyan sanalarga bagishlab xaddan ziyod ortikcha tadbirni uyushtirish talabini kuymasligi zarur.
Tadbirlarni tashkil etish va utkazishda O’qituvchilar jamoasi yoki O’qituvchi tomonidan ushbu jarayonda O’quvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni an’analarni davom ettirishga urgatish masalasiga aloxida e’tibor karatishlari pedagogik jixatdan ijobiy natijalarni beradi.
Jamoa va uning shaxsni shakllanishidagi urni va roli muammosi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadkikotlar shaxs va jamoa urtasidagi munosabatlarning rivojlanishi borasida kuyidagi andozaning yaratilishini ta’minlaydi
O’quvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali axamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan O’quvchilar birlashmasi, guruxidir. O’quvchilar jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-xunar kollejlari O’quvchilari jamoasi)ga rasmiy saylangan (tayinlangan) O’quvchi xamda O’qituvchilar yulboshchilik kiladi. Ular sirasiga gurux raxbari, gurux faollari (xususan, gurux yetakchisi (starosta), «Kamolot» tashkilotining gurux bulimi raisi, tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muxarriri va boshkalar).
Bolalar jamoalarida rasmiy yetakchilar bilan birga norasmiy yulboshchilarning mavjudligi kuzga tashlanadi. Odatda rasmiy yulboshchilar tarkibini a’lo baxolarga ukiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi O’quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga kura tengdoshlarini uz ortlaridan ergashtira oladilar. Bunday O’quvchilar boshkalardan jismonan kuchliligi, kat’iyatliligi, xech narsadan chuchimasligi, uziga bulgan ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy kiyofasi boshka O’quvchilarga jiddiy ta’sir kursatadi. Shu bois sinf raxbari xamda maktab pedagogik jamoasi bunday liderlarning faoliyatini bevosita va bilvosita nazorat kilib borishlari zarur.
O’quvchilar uyushmasiga pedagogik raxbarlik, yukorida kayd etilganidek, aksariyat xolatlarda sinf raxbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf raxbari guruxning umumiy xamda xar bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan xolda jamoaga yondashishi zarur. Sinf raxbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida tulakonli ma’lumotlarga ega bulishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
Yukorida bildirilgan fikrlardan kuyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan gurux bulib, u ijtimoiy axamiyatga ega bulgan umumiy maqsad asosida birlashadi xamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yunaltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa uzida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan konuniyatlarga buysunadigan uzok muddatli, murakkab jarayon bulib, u kupchilik tadkikotchilarning e’tirof etishlariga kura turt bosqichdan iborat bo’ladi.
4. Jamoani shakllantirish uziga xos metodika asosida amalga oshriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning kuyilishi, jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi aloxida axamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustaxkam bulishi, uning a’zolari urtasida o’zaro yordam xamda xamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muxim axamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – Uzbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Shark nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. Pedagogika. Jismoniy tarbiya institutlari uchun darslik – Toshkent, O’qituvchi, 1990.
3. Podlasuy I.P.. Pedagogika. Novuy kurs. – Moskva, Vlados, 1999.
4. Ivanov I.P. Vospitatel kollektivistov. – Moskva, Pedagogika,
5. Pedagogika //A.k.Minavvarovning umumiy taxriri ostida. – Toshkent, O’qituvchi, 1996.
6. Xoshimov K. va boshk. Pedagogika tarixi (pedagogika oliy o’quv yurtlari va univ-tlar talabalari uchun kull. – Toshkent, O’qituvchi, 1996.
7. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |