Bolalar rivojlanishidagi nuksonlarning klinik asoslari


Termik va kimyoviy shikastlanishlar



Download 2,24 Mb.
bet17/54
Sana07.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#535756
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
Difektalogiya

Termik va kimyoviy shikastlanishlar yuqori va past harorat, kislota, ishqor va boshqalar ta’sirida kelib chiqadi. Termik shikastlanish deyarli hamisha yuz va bo‘yinning birga shikastlanishi bilan qo‘shilib keladi. Kuyishda ham sovuq urishdagidek 4°C tafovut qilinadi. Kuyishda: I daraja – eritema; II daraja – shish va pufaklar paydo bo‘lishi; III daraja – terining yuzaki nekrozi (chirishi); IV daraja – chuqur nekroz (chirish), ko‘mirga aylanish. Sovuq urishda: I daraja – terining shishishi va ko‘karishi; II daraja – pufaklar paydo bo‘lishi; III daraja – teri va teri osti kletchatkalarining nekrozi (chirishi); IV daraja – tog‘ay nekrozi (chirish).
Davolash: quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lining terisi termik kuyganda birinchi yordam umumiy jarrohlikning barcha qoidalariga asoslangan holda olib boriladi. Og‘riqsizlantiruvchi dorilar – pantopon yoki morfin buyuriladi. Terining jarohatlangan joyi 2% li kaliy permanganate eritmasi yoki taninning 5% li suvdagi eritmasi bilan yuvib tozalanadi. Pufakchalar yorilgandan keyin 10–40% li kumush nitrat eritmasidan foydalaniladi. Agar nekroz bo‘lsa, nekrozlangan to‘qimalarni tozalash bilan birga antiseptic surtmalar va kortikosteroid (gidrokortizon suspenziyasi va boshqa)lar qo‘llaniladi. Kuyishning dastlabki kuniyoq atreziya yoki torayib qolishning oldini olish uchun tashqi eshituv yo‘liga sintomitsin emulsiyasi shimdirilgan dokadan tayyorlangan tampon qo‘yiladi, keyinchalik esa tashqi eshituv yo‘lining kengayib oraliq paydo bo‘lishi uchun tashqi eshituv yo‘liga rezinadan tayyorlangan naycha qo‘yiladi. Quloq suprasini sovuq urganda birinchi yordam sifatida uni iliq (37°C li) suv bilan isitish, so‘ng spirt bilan artish kerak bo‘ladi. Pufaklar paydo bo‘lganda burishtiruvchi eritmalar va surtmalar qo‘llaniladi. Bular pufakchalarni quritadi, yoki bo‘lmasa aseptika qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda pufaklar yoriladi va ichidagi suyuqliklarni chiqarib yuborib antibiotikli surtma shimdirilgan bog‘lamlar qo‘yiladi. III va IV darajali termik kuygan bemorlar kasalxonalarda davolanadilar. Kimyoviy moddalardan kuyganda ko‘rsatiladigan yordam neytralizatsiyalovchi moddalar qo‘llashdan iborat bo‘ladi (kislota bilan kuyganda ishqor bilan neytralizatsiya qilinadi va boshqalar) keyingi davolash usuli esa termik kuyishni davolanishiga o‘xshash.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish