30
munosabatidagi emotsional baholashni aks ettiradi. Bu birliklar tilning turli
sathlariga tegishli bo`lsa ham, pragmemalar sifatida emotsional baho maydoni
birliklari sanaladi. Bunday birliklar emotsional baho va shaxs munosabatini ifoda
etuvchi pragmatik funksional maydon yadrosini hosil qiladi. Bu maydon tarkibiga
kiruvchi pragmemalar faqat pragmatik vazifaga xoslanganligi bilan xarakterlanadi.
Pragmemalarning ikkinchi guruhiga esa pragmatik funksiya bilan birga
xabar vazifasidan iborat belgiga ham ega bo`lgan til birliklari kiritiladi. Bunday
pragmemalar ham pragmatik funksiyani, ham axborot berish vazifasini bajaradi.
Biroq ularning axborot berish vazifasi pragmatik funksiya uchun ham asos bo`ladi.
Bunday pragmemalar o`z semantik xususiyatiga ko`ra informema bilan noto`liq
ziddiyatga kirishadi. Bunday birliklarga emotsional-baho bildiruvchi so`zlar
kiradi. Axborot berishdan tashqari, ular so`zlovchining munosabatini ifodalaydi.
Tilning turli sathlariga aloqador pragmemalar pragmatik “yuk”ka ega
bo`lmagan informemalar bilan noto`liq ziddiyatni funksional ta‟sir etish belgisi
asosida hosil qiladi. Chunki informemalarda nominativlik, deyktivlik, relyativlik
xususiyatlari mavjud. Pragmemalar va so`zlovchi munosabati semasi bilan
sintagmatik munosabatga kirishuvchi har qanday lisoniy birliklarni nutqiy
jarayonda muayyan pragmatik nuqtalar birlashtiradi. Bu pragmatik nuqtalar
obyektiv olamdagi voqelik, makon va zamon, shaxs kabi joylashish xususiyatlari
bilan pragmatik maydonni hosil qiladi. Pragmatik maydon o`z ichki tasnifida
undash, emotsional-baholash, emotsional-estetik o`zaro murojaat kabi kichik
sistemalarga bo`linadi.
Pragmatik maydon tushunchasi ostida matn muallifining obyektiv borliq,
shuningdek, o`zi ifodalayotgan fikrga munosabatni bildirish vazifasi nuqtayi
nazardan til va nutq birliklarining o`zaro bir sistemani hosil qilishi nazarda tutiladi.
Shaxs munosabati mavjudligi, so`zlovchining ichki his-tuyg`ulari va bosh maqsadi
bilan aloqador til vositalari pragmatik maydon tushunchasini ifoda etadi. Chunki til
birliklariga xos barcha birikish imkoniyatlari, ayniqsa, gap valentliklari odatiy va
daf‟atan namoyon bo`luvchi kontekstual ma‟no bosqichida o`zining pragmatik
semasi bilan pragmatik maydonga aloqador bo`ladi. Masalan, “Bola bola-da”
31
jumlasi “Bolalarning kattalardek bo`lmasligi, ya‟ni ularning yoshligi, g`o`rligi va
tajribasizligiga” ishora qiluvchi munosabat semasi bilan pragmatik maydon
tarkibiga kiradi.
Pragmatik maydonning yuzaga kelishi tilning kommunikativ vazifasi bilan
uzviy bogliq. Chunki kommunikativ vazifaning o`zi quyi sathda ikki guruhga
ajratiladi. Bunga ko`ra, har qanday matn tarkibida til va nutq birliklari ikki xil
qimmatga ega bo`ladi. Birinchisi, bayon qilinishi lozim bo`lgan axborot
ko`rinishining sof intellektual-xabar mazmuniga ega bo`lishidir. Ifoda tarkibida
so`zlovchi ichki maqsadini aks ettiruvchi yashirin mazmuniy komponentlarning
ishtirok etmasligi axborotning sof xabar mazmunidan tashkil topganligini
ko`rsatadi. Kommunikativ niyatning ma‟lum maqsadga aylana boshlashi bilan
intellektual-xabar mazmuni pragmatik maydon uchun xizmat qila boshlaydi.
Tilning pragmatik vazifasi insonning ruhiyatiga ta‟sir etish va nutq
subyektining voqelikka munosabatini aks ettirish, undash, emotsional baho, estetik
ta‟sir etish, o`zaro murojaatni ifodalash kabi turlicha ko`rinishlardan iborat.
Shunga ko`ra, tilning turli elementlari pragmema sifatida pragmatik til maydonini
tashkil qiladi. Mulohazalar yakunida aytish joizki, informema va pragmemalar
lingvistik pragmatikaning asosiy birliklari sifatida o`z doirasiga presuppozitsion
xabar, propozitsiya, yigiq va yoyiq tasviriy mazmunni qamrab oladi va nutqda
sintaktik birliklar orqali namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: