3
ISHUNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik milliy qadriyatlar qatorida ona tiliga
yangicha munosabatni shakllantirdi. Milliy tilimizning ijtimoiy mavqeyini tikladi,
ona tilimizning davlat tili sifatidagi maqomi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini
yuksaltirdi. O`zbek tilshunosligi fanining yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarilishi
uchun keng yo`l ochdi. Ayniqsa, til hodisalarining milliy tabiati, o`ziga xos
xususiyatlarini o`rganishga yo`lboshchilik qildi. Mamlakat va millat taraqqiyotida
ona tilining milliy ong va mafkurani shakllantirishdagi o`rni va vazifalariga davlat
siyosatining ustuvor yo`nalaishlari darajasida alohida e‟tibor qaratildi. Shunga
muvofiq, tilshunoslik fanida o`zbek tilining ilmiy va amaliy tadqiqi ham jadal
rivojlanmoqda. Fanimizda bir necha yangi yo`nalishlar shakllandi. O`zbek tilining
pragmatik tadqiqi Mustaqillik davrida pragmatik lingvistikaning rivojlanishiga
sabab bo`ldi. Tilni tizim sifatida o`rganish natijalari ommalashib, ona tili ta‟limi
mazmunini yangiladi. Lisoniy birliklar sistemaviy, struktural, semantik va
substansial tadqiq usullari asosida o`rganildi. Natijada til birliklarining lisoniy
imkoniyatlarini muayyan nutqiy faoliyat jarayonida tahlil qilish ehtiyoji paydo
bo`ldi. O`zbek tilshunosligida til birliklariga xos lisoniy imkoniyatlarni nutqiy
faoliyat jarayonida tahlil qilishni maqsad qilib qo`ygan pragmatik tilshunoslik
yuzaga keldi. Bu ilmiy yo`nalishda T.A.Bushuy, Sh.Iskandarova, M.Kamolova,
S.Mo`minov,
A.Nurmonov,
S.Raximov,
B.Rahmatullayeva,
Sh.Safarov,
M.Hakimov kabi tilshunoslarning sohaga oid izlanishlari nazariy asoslarning
shakllanib borayotganligidan darak beradi. Endigina rivojlanayotgan bu
yo`nalishda tadqiqiqni kutayotgan muammolar anchagina. Ushbu bitiruv-
malakaviy ishda so`roq gaplarning pragmatik xususiyatlarini tahlil qilish masalasi
shunchaki qo`yilgan emas. Chunki o`zbek pragmatik tilshunosligida gap va uning
turlarini sintagmatik tahlil yo`nalishidan pragmatik tahlilga o`tish davri yetilgan.Bu
ilmiy yo`nalishdagi tadqiq muammolari aniq yechimlarini kutmoqda. Pragmatik
lingvistikaning
tilshunoslik
turkum
fanlari
orasidagi
o`rni,
lingvistik
pragmatikaning amaliy va nazariy shakllanishi, pragmatik birliklar va ularning
tahlil kabi muammolar nafaqat o`zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida
4
ham dolzarb masalalalardan sanaladi. Tadqiq mavzusining dolzarbligi mazkur
muammolarga aloqadorligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: