Mavzuning o`rganilish darajasi. O`zbek tilshunosligida o`tgan asrning
oxirida struktural, semantik va substansial yo`nalishlarda amalga oshirilgan
tadqiqotlar tilning ontologik mohiyatini ochib berdi. Ularning yutuqlari o`zbek
tilining navbatdagi tadqiq yo`nalishini belgilab berdi. Hozirgi davrda jahon
tilshunosligi, jumladan, o`zbek tilshunosligida tilning axborot texnologiyalari va
kommunikativ vositalarning to`xtovsiz rivojlanish asridagi o`rni va vazifasi bilan
bog`liq tadqiqi ilmiy tahlil yo`nalishlarini o`zgartirdi. Til tizimi va uning qurilish
birliklarida mavjud lisoniy imkoniyatlar nutq voqeligida muayyanlashadi. Shunday
ekan, XXI asr tilshunosligida til, shaxs va jamiyat tushunchalari ilmiy qimmati
oshdi. Bu tushunchalarni bog`lab turgan inson hayotidagi muhim siyosiy, ijtimoiy,
iqtisodiy, mafkuraviy, madaniy, ma‟naviy, ruhiy, axloqiy munosabatlar fanda
alohida-alohida ilmiy tahlil usullari va mezonlarini belgilab berdi. Oqibatda
tilshunoslikda tilning mazkur munosabatlar zanjirida faollashadigan amaliy
vazifalari tadqiqiga e`tibor kuchaydi. Jahon tilshunosligida ilgarilab ketgan sotsial
lingvistika tarmoqlari o`zbek tilshunosligiga ham ta‟sirini o`tkazdi. Chunonchi,
P.Grays, T.A.Deyk, Dj.R.Syorl, D.Frank kabi olimlarning roman-german
tilshunosligidagi va A.A.Akishina, N.D.Arutyunova, V.V.Bogdanov, A.M.Bushuy,
M.S.Kagan, L.P.Krisin, A.A.Leontyev, N.I.Formanovskaya, L.V.Sherba kabi
tilshunoslarning rus tilshunosligidagi tadqiqotlari pragmatik tahlil namunalari
hisoblanadi. Bu o`zbek tilshunosligida pragmatik lingvistikaning ”ildiz otishi‟ga
yordam berdi. Zamonaviy tilshunoslikda pragmatika nutqqa lisoniy faoliyat −fikr
almashtirish va o`zgalarga ta‟sir ko`rsatish, bu faoliyatni yaratish va bunyod
etishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashadi. Shuning uchun nutqning
ta‟sirchanligi, tezkorligi, mantiqiyligi va samaradorligini lisoniy faoliyat doirasida
tadqiq etish markaziy o`rinni egallaydi. O`zbek tilshunosligida T.A.Bushuy,
Sh.Iskandarova,
M.Kamolova,
S.Mo`minov,
A.Nurmonov,
S.Raximov,
Sh.Safarov, N.Turniyozov, M.Hakimov kabi tilshunos olimlar o`zbek tilining
pragmatik talqiniga o`z hissalarini qo`shishgan. Ularning ishlarida pragmatik
5
lingvistika va uning tadqiq obyekti, pragmatik birliklar va asosiy tushunchalar,
pragmalingvistik tahlil usullari va tamoyillari o`rganilgan [22;41;9;43;13;15;21;32;
29;33;30;34;35;37;44]. Shu bilan birga, nutqiy muloqot jarayoni stilistika,
sotsiolingvistika, psixolingvistika, nutq odobi va madaniyati, diskursiv lingvistika
nuqtayi nazaridan tahlil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |