Bolalar psixologiyasi


Bolalarning shaxs bo‘lib qaror topishida muhit,tengqurlar doirasining ahamiyati



Download 54,66 Kb.
bet9/19
Sana28.09.2021
Hajmi54,66 Kb.
#188168
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
New kurs ishi Navro‘za

Bolalarning shaxs bo‘lib qaror topishida muhit,tengqurlar doirasining ahamiyati.Shaxsning,qaror topishida muhit,tengqurlar doirasi,ularning qiziqishlari,manfaatlari katta rol o‘ynaydi.Yoshlikda o‘rtoklik, do‘stlik, ishq-muhabbat alohida ahamiyat kasb etadi, ko‘plab har xil kechinmalarni yuzaga keltiradi, tuyg‘ular olamini o‘zgartiradi, shaxsning o‘zligini anglashi shakllanishi jarayonini o‘zgartiradi. Boshqalarning ichki dunyosiga qiziqish, kishilarni tushunishga intilish, o‘zini boshqarish, o‘zini nazorat qilish, o‘z xattixarakatini baqolash qobiliyati quchayadi. Uy muhitidan birmuncha mustaqil bo‘lish, avvalgi qiziqishlarning va xulq-atvor shakllarining so‘nishi, o‘zgacha, o‘z hayot sohasiga, tengdoshlarning yoshlarcha qiziqishlari muhitiga o‘tish namoyon bo‘ladi.

Yoshlik davrida ijtimoiy psixologik rivojlanish doim xam bir tekis sodir bo‘lavermaydigan, ichki ziddiyatlar, uyg‘unlikning buzilishi bilan ham sodir bo‘ladigan qaddan tashqari dinamik o‘zgarishlar manzarasini hosil qiladi. Biosomatik rivojlanishning davom etishi yosh odam holatiga psixologik ta’sir ko‘rsatadi, kuch, quvvat ortishini his qilishda, umumiy hayotiy ko‘tarinkilikda, o‘zgarishlarga intilishda, maksimalizmda ko‘zga tashlanadi.

Harakatga psixologik tayyorlik ko‘pincha maqsadlar noanikligi, hayotiy tajriba kamligi, noizchillik, kuchquvvatni zarur tomonga yo‘naltira olmaslikka duch kelishi mumkin. Masalan, tanikdi psixolog olim S. Xoll o‘spirinlar psixologiyasidagi 12 xil ziddiyatli holatni qayd etadi. Bular: haddan tashqari faollik holdan toyishga olib kelishi mumkin; aqlsizlarcha quvnoqlik o‘rnini g‘amginlik olishi mumkin; o‘ziga ishonganlik uyatchanlikka va jur’atsizlikka aylanishi mumkin; haddidan oshiq altruizm bilan xudbinlik galmagal kelishi mumkin; muloqotga xirs qo‘yish o‘rnini yolg‘izlikka intilish egallaydi; nozik his loqaydlik bilan almashadi, jonli qiziquvchanlik o‘rniga aqliy beparvolik keladi; telbalik o‘rnini befaxmlik egallaydi; o‘qishga bo‘lgan ehtiros unga bepisand qarashga aylanadi; reformatorlikka ehtiros o‘rnini mutaassiblik egallaydi.

Yoshlar psixologiyasi xususiyati bo‘lgan beqarorlik uning xulq-atvoriga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. Lekin unga faqat salbiy holat sifatida qaramaslik darkor, chunki unda mazkur ziddiyatlarni hal etishga bo‘lgan rag‘batlar ham mavjud. Turli ko‘rinishdagi o‘qish, sport, mehnat va boshqa faoliyat buning uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Faoliyat g‘ayratshijoatni yo‘naltirishga ko‘maklashadi, maqsadga erishishdagi qat’iyatni tarbiyalaydi, irodani mustahkamlaydi. Faoliyat orqali kuch-quvvat sarflanadi, chidamlilik, jismoniy yukka chidash qobiliyati tarbiya topadi. Va, aksincha, band bo‘lmaslik, faoliyatdagi bo‘shliq qiziqishlar madaniyati yo‘qligi bilan qo‘shilib, yoshlarga halokatli ta’sir ko‘rsatishi, jamiyatga zid xatti-harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bularning bari shaxsni qattiq buzadi, uning yemirilishiga olib keladi.

Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib kichik maktab yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

1)bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro muomalasiga qiziqadi;

2)bolalar rolli o‘yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo‘shqin xistuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar;

3)rolli o‘yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;

4)kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz qoldiradi.


Download 54,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish