1.1.Kichik maktab yosh davri bolalarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Kichik maktab yosh davri bolalarining o‘ziga xos xususiyatlari. Odatda psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 yoshdan 10(11) yoshgacha bolgan boshlang‘ich sinf(I-IV) o‘quvchilari kiritiladi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning ob’ektiv va sub’ektiv jihatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining o‘zaro mutanosibligi nazarda tutiladi. O‘quvchi maktab ta’limiga keng ma’noda psixologik jihatdan ob’ektiv tayyor bo‘ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola o’z idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o‘quvchilardan (jumladan, o‘smirlardan) ajralib turadi. Yoshlar ijtimoiy psixologiyasining mohiyati va o‘ziga xosligini boshlang‘ich nuqta sifatida o‘rganish uchun, eng avvalo, voqelik in’ikosining psixik shakli yuzaga kelishi hamda rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olish darkor. O‘zbekisoan Birinchi Prezidenti I.A. Karimov mustaqil davlat qurishning maqsad va vazifalarini belgilab, respublikamizda buyuk kelajakni barpo etishda madaniy va tarixiy merosning yuksak marralarini, xalqning gumanistik an’analarini egallagan shaxs asosiy tayanch bo‘lishini alohida ta’kidlagandi. Siyosiy va iqtisodiy islohotlarning oldingi marralariga aynan shaxslar chiqariladi, davlatimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy makonini isloh qilish aynan shu narsaga yo‘naltirilgan.
Bugungi kunda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ijtimoiy psixologiyani o‘rganish ularning psixologik holatlarini hisobga olish va o`quvchilar emotsiyalarini to`g`ri tarbiyalash ta`lim faoliyatida yuqori samaradorlikka erishish kafolatini keltirib chiqaradi. Shu sababdan o`quvchilarning bilish jarayonlarini faoliyatidagi ahamiyatini takidlagan holda ta`lim jarayonida ularning psixik xususiyatlarini e`tiborga olish zaruz. Chunki psixologik holatda voqea hodisalarni analiz sintez qilish va o`quvchilardagi hissiy holatlar bilish jarayonidagi faoliyatni amalgam oshirishda o`quvchilarni ta'limga tayyorlash katta ta`sir ko`rsatadi. O`quvchilarni maktabdagi ta'limga tayyorlash o`quvchilarning ayni vaqtdagi bilimlarni o`zlashtirishni ta`minlaydi.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xotirasining eng muxum xususiyatlaridan biri-so`z mantiq xotirasi va ma'nosiga tushunib eslab qolish salmog`ining ortishidir. O`quvchi o`z xotirasini ongli boshqarish, eslab qolish, esga tushirish, esda saqlash jarayonlarini faoliyatining maqsadga muvofiqlashtirish imkoniyatlariga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |