I.Muloqot haqida umumiy tushuncha.
1.1. Muloqot orqali ta’sir etish. Muloqotga kirishish
Muloqot – yunoncha so‘z, so‘zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, ogzaki nutq shakli ikki yoki undan ortiq shaxslarning so‘zlashuvidir.
Muloqot faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o`rnatish malakalari va
qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Har bir kishining o`z “Meni” atrofdagilar bilan bo`ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, Shaxsning hayot yo`llari avval oilada, bog`cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya`ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma`naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo`lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo`lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo`lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo`lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bo`lib, pedagogik
faoliyatda muhim o`rin tutadi. Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko`rinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o`zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o`zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta`sir o`tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.1
L. S. Vigotskiy, A. N. Leont`ev, A.R. Luriya, D.B.El`konin, A. Zaporojets, M. I.Lisina tadqiqotlarida ko`rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri - bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va M. I. Lisinalar tadqiqotlarida ta`kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga
kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:
1) e`tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo`ladi;
2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug`iladi;
3) avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji
tug`iladi;
4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o`zaro bir-birini
tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etishdir. Muloqotning tizimida o`zaro bir-biriga bog`liq jihatlari ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv. 1. Muloqatning kommunikativ jihati bu muloqatdagi individlarni o`zaro ma’lumot almashinishidir. 2. Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar bo`yicha ham o`zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat. 3. Muloqatning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.
Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiejlaridan kelib chikadigan, aloka almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshkalarni tushinish, odamlar urtasida kontakt urnatish va rivojlantirish jarayoni.
Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir.2
2. Muloqotning o`zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o`zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli psixolog S. L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga mo`ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go`yo o`qib ya’ni mag`zini chaqib chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz”.
Bunday o`qish naridan beri tez yuz beradi, chunki tevarak atrofdagilar bilan muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo`ladi.
Muomala prioretiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Identifikatsiyalash - bir kishi ikkinchi kishini uning ta’rifini o`z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o`xshatilishi orqali tushinish usulidir.
Shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa, xabar beruvchi funktsiyani va o`zini - o`zi boshqarish funktsiyasini bajaradi. Steriotiplashtirish – xulq -atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma’lum va mashhur deb sanalgan ya’ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini o`zgartirishdan iboratdir. Ko`p hollarda insonlarning bir-birlarini idrok etishlari «ijtimoiy pertseptsiya» sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning bu jihati ijtimoiy pertseptsiya haqidagina emas, balki shaxslar aro pertseptsiya haqida hamdir. Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari. Muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi xulq - atvoriga qarab o`qiymiz». «Boshqa odamni bila turib, o`rganayotgan individning o`zi ham shakllanadi» deb yozgan edi L.S.Egodskiy. Insonni inson tomonidan idrok etilishida kamida 2 kishi jalb qilingan bo`lishi lozim bo`lib, ularning ikkalovi ham faol sub’ektdir. O`zini boshqa inson tahlil qilishini o`z ichiga identifikatsiya va reflektsiyani kiritadi.
3. Odamlarda samarali muomala o`rnatish malakalarini tasodifiy ravishda tarkib topadi yoki ta’limning yordamchi maxsuli sifatida yuz beradi. Katta maktab yoshidagi o`quvchilar xulq - atvori qoidalariga bag`ishlangan ommabop adabiyotlarni o`qir ekan, muloqot madaniyatining ba’zi jihatlari bilan tanishadi. Lekin muomala malakalarini maxsus o`rgatilishi alohida bir vazifa bo`lib pedagog uchun uning qanchalik muhim ekanligini trening, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining mazmunan ikki xil vazifani: 1. Muomalaning va shu jumladan pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini. 2. Pedagogik kommunikatsiyaning texnologiyasini egallash, ya’ni professional pedagogik muomala va malakalari shakllanishini o`z ichiga oladi. Psixologik pedagogik trenining shakllaridan yana biri tipik pedagogik vaziyatlarining misol uchun imtihonlarni modellashtiruvchi amaliy o`yinlari. Muomala trening, ya’ni muomalani mashq qilish o`qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish sistemasida pedagogik ishning yangi shakli bo`lib, pedagogik ta’lim uchun juda istiqbolli hisoblanadi.
Bog`lanish lotincha son ya’ni “yaqinlashish” degan so`zdan olingan, munosabatga kiruvchilar o`rtasida ikki tomonlama aloqa bo`lishini taqoza etadi. Bunga erishish va uni ko`ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatiga kirishuvi shaxslarni o`zaro bir-biriga hurmati va ishonchidan iboratdir. Agar pedagog o`z tarbiyalanuvchilariga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo`lsa, u har qancha printsipial va talabchan bo`lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo`ladi.3
Pedogogik jarayondagi aloqalar tizimida o‘qituvchi bilan o‘quvchi muomala-munosabatlar katta o‘rin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat asrlar davomida to‘plagan bilimlarni, axloqiy tajribani egallab oladi. Muallim pedagogik jarayonda etkachi kishidir. Unga yosh avlodni o ‘qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. SHuning uchun ham o‘qituvchiga nisbatan alohida, yuksak talablar qo‘yiladi.
Muallim hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar - yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. Bolalar ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy axloq normalarini (mezonlarini) oZlashtiradi. o‘quvchi muomala odobini asosan o‘qituvchi timsolida anglab oladi. Sevimli muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo‘lib qolishi ham mumkin.
Respublikamiz o‘qituvchilari orasida o‘z ishining ustasi, Xalq o‘qituvchisi, Xizmat ko ‘rsatgan o‘qituvchi deb tan olingan, ota-onalar, yoshlar eZoZlab Ustoz deb ataydigan mo‘‘tabar insonlar ko‘plab topiladi. Ular pedagogik ishda fidoyilik ko‘rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go‘zallik, haqiqat, odob axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomala bo‘lganlari uchun ham bunday obro‘ va hurmatga erishganlar.
Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bo‘lmaydi. o‘zining dag‘al muomalasi bilan bolaning ko‘nglini o‘qishdan sovutib, dilini o‘rinsiz ranjitadiganlari ham uchrab turadi. Pedagogik tajribada bunga misollar ko‘plab topiladi. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta’sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga to‘zatish qiyin bo‘lgan darajada ziyon etkazadilar.
Barkamol, ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta ’sir o ‘tkazish shartlaridan biri bolaga bo‘lgan ishonch bilan unga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning birligidadir. Bu qoida pedagogik amaliyotda ko‘p marta sinovdan o‘tgan va o‘zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala o‘qituvchilar bilan bir qatorda bolalarga xuda-behuda do‘q urib, baqirib muomala qiladigan muallimlar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda qabo‘l qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday o‘qituvchilar bolalar orasida obro‘ orttira olmaydilar.
Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba’zan istasa-istamasa qopollik qilishga «majbur» bo‘ladi, o‘quvchi muallimning o‘rinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o‘zini tutolmay qoladi. Muallim o‘z talablarini, hatto qopollik holatini ham, bolaga yaxshilik qilyapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to‘g‘ri yo‘lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganiga ishonadi. Sa’diy SHeroziyning «Guliston» (Toshkent, 1968) asarining “Tarbiyaning ta’siri bayoni” bobidagi hikoyatlarda: Alisher Navoiyning “Mahbub-ul-qulub” asaridagi «Mudarrislar to‘g‘risida», «Maktabdorlar to‘g‘risida»gi maqolatlarida bildirilgan mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir.
Bunday holatlar kopincha tarbiyasi qiyin bola bilan muomala-munosabatlar jarayonlarida sodir bo‘ladi. SHuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosog‘lom oiladan chiqadi. Bola oiladagi yomon muhitning qurboni bo‘lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xush muomalaga, e’tiborga muhtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan sabr-toqatli, bardoshli, kechirimli bo‘lish zarurligini ham ta’kidlaydilar.
Jismoniy jarohat olgan bolani o‘qiuvchi jazolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya muallimi oyog‘ini jarohatlagan boladan yugurish musobaqasida qatnashishni talab etmaydi. Bola ba’zan qalbi, ruhi jarohatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta’lim jarayonida buni hamma o‘qituvchilar e’tiborga oladimi? Afsuski, yo‘q. «Bola javob berishni xohlamayapti, dars tayyorlashni istamagan» deb hisoblab, hamma o‘quvchilarga bir xil talab qo‘yish, bir xil muomala qilish hollari ko‘plab uchraydi. Ba’zan boladan hatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab etiladi. Ayrim o‘qituvchilar bolaning oilasidagi, ota-onasidagi nuqsonlari uchun ham uni ayblashga urinadilar.
Voqeiy hikoyat. To‘qqizinchi sinf o‘quvchisi Karim bir kuni darsni tayyorlamay keldi. Muallima unga «ikki» baho qo‘ydi. Oilada Karim onasi bilan yashaydi, otasi boshqaga uylanib ketgan. Muallima Karimga «yomon» baho qo‘ygani etmagandek, unga zarda bilan: “Otang sizlarni bekorga tashlab ketmaganga o‘xshaydi, bunday boladan qochib qutulishdan boshqa chora yo‘q”, - deb uni sinfdan chiqarib yubordi. Muallimning bu muomalasi o‘quvchini tahqirlash bilan birga sinfdagi boshqa o ‘quvchilarning ham noroziligiga, nizo kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Talabchanlik o‘qituvchi odobining normalaridan biri hisoblanadi. o ‘qituvchining bolaga qo‘yayotgan talabi adolatli bo‘lmog‘i kerak. Muallimning talabchanligida uning bola shaxsiga chuqur ishonchi ifodalanadi. Bu insoniylikning namoyon bo‘lishi, ya’ni rivojlanayotgan bola shaxsi to‘g‘risida, o‘ziga va jamiyatga foyda keltira oladigan barkamol kishini tarbiyalash to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikdir. Odatda, bolalar murosasozlik va oliftagarchilikni - betayinlik, o ‘ta muruvvatni - ma’suliyatsizlik, prinsipsizlik deb tushunadilar. Aksincha yaxshi niyat bilan qilingan oqilona talabchanlik - qattiqqo‘l muallimga bolaning hurmati va minnatdorligini oshiradi.
Voqeiy hikoyat. To‘lqin maktabda quyi sinflarda past baholar olib o‘qirdi. Sakkizinchi sinfga o‘tganida fizika o‘qituvchisi D. SH. juda talabchan, hech kimni erkalatib qo‘ymaydigan kishi bo‘lib chiqdi. Muallim uni doskaga chiqaradi. To‘lqin fizikaga doir masalani echa olmaydi. o‘qituvchi unga boshqa masalani beradi va o‘sha boshlagan usuli bilan echishni aytadi.
Nihoyat u masalani to‘g‘ri yechadi. o‘qituvchi: «Mening fikrimcha To‘lqin, sen uchun bu oddiy masala. Sen murakkabroq masalalarni ham echa olasan, faqat, ko‘proq ishlash kerak» deydi. Maktabni bitirgach, texnika universitetiga o‘qishga kirdi. Muhandislik kasbini egalladi. Bir kuni To‘lqin o‘quvchilik yillarini eslab bunday dedi: «Fizika o‘qituvchimiz qattiqqo‘l, talabchan edi. U bizni boshqa fanlarga qaraganda fizikani ko‘proq o‘qishga majbur etardi. Biz uning aytganlarini bajarar edik, chunki u yaxshi odam, hatto do‘stimiz edi».
O‘qituvchi avvalo, o‘ziga talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi. Aks holda uning «talabchanligi» bolaning g‘ashini keltirish va o‘quvchilar uni bajarmasliklari mumkin. Bolaga biror topshiriq berayotganda u o‘quvchining kuchiga mosligi, bola uni bemalol bajara olishiga muallimning ishonchi komil bo‘lsin. Bola oldiga qo‘yiladigan talablar, unga berilayotgan vazifalar sekin-asta murakkablashtirila borishi, o‘quvchilarning qobiliyati, individual xususiyatlarini hisobga olib tabaqalashtirishi lozim.
Muallim har qancha hushyor, ehtiyotkor bo‘lsa ham sinfdagi hamma bolalarning ruhiy holatini, iztiroblarini bilmasligi mumkin. Bu ishda muallim sinf bolalar jamoasining ko‘magiga tayanmog‘i lozim. Sinf jamoasi boshiga tashvish tushgan bolaning holidan xabardor, unga hamdard bo‘lishiga erishmoq kerak. SHunda muallim bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomala natijasida sodir bo‘ladigan ayrim xatolarning oldini olish imkoni tug‘iladi.
Bolaning ruhiy holatini tushunish, sinfdoshlarida unga nisbatan xayrixohlik, g‘amxo‘rlik xis - tuyg‘usini uyg‘otish o‘qituvchining yuksak pedagogik, oxloqiy madaniyatidan dalolat beradi. Odobli, madaniyatli muallim bolalar bilan qo‘pol muomala qilmaydi, o‘quvchining «sirini» oshkor etmaydi, uning ustidan kulib, qalbini jarahatlamaydi. Aksincha, fikr-mulohazasi qotib qolgan, bolalarning qalbi, ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olmaydigan, hammaning xulqini bir xil qolipda baholaydigan muallim kopincha pedagogik muomala odobi normalarini bo‘zadi, bolalar orasida obro‘ ham ololmaydi. Bunday muallim odatda, agar bola mo‘min-qobil bo‘lsa, uni manman, takkabur deb hisoblaydi. qobiliyatli, lekin sho ‘x bolalarni xush ko‘rmaydi, natijada o‘qituvchiga hurmatsizlik, konflikt mojarolar kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda axloqiy tarbiya jarayoniga xos qarama-qarshiliklar manfaatdorlik, axloqiy-ruhiy omillar, shuningdek, muhit ta’sirida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday faktorlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |