«bolalar pedagogikasi» fanidan «pedagogik jarayonni tashkil etish» mavzusidagi


Mashg'ulotlarda va mashg'ulotdan tashqari vaqtda



Download 244,32 Kb.
bet7/18
Sana05.07.2022
Hajmi244,32 Kb.
#741817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Omonova Kurs ishi

Mashg'ulotlarda va mashg'ulotdan tashqari vaqtda o'ynaladigan didaktikva harakatli o'yinlar muhim rol o'ynaydi.
Tarbiyachi bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish jarayonlarini didaktik o'yinlar orqali amalga oshiradi. harakatli o'yinlarda bolalarning jismoniy madaniyatini tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish kerak. Harakatli o'yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2 marta butun guruh, yoki guruhcha bilan o'tkazilishi kerak. O'rta va katta guruhlarda turli xil sport o'yinlari o'tkazib turiladi. Hamma o'yinlar uchun kun tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta'minlash
tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o'zlariga tanish bo'lgan didaktik va harakatli o'yinlarni o'ynaydilar,xohlagan rasmlarini chizadilar, xohlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, xohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o'z-o'zini tashkil eta bilish qobiliyati o'sishiga, xulq, madaniyati, irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o'ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug'ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim bo'ladi. Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga
oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, axloqiy munosabatlariga qaratiladi. Bolalarning ovqatlanishga, mashg'ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi. Navbatchilik ikkinchi kichik guruhda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo'jalik-maishiymehnatlarihar kuni ertalabki soatda, ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg'ulotlarda qo'l mehnatining yangi turi o'rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko'nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi. Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o'stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. O'z-o'ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va yechinishga o'rgatiladi. Katta guruh bolalari o'zlarini har doim batartib (tashqi ko'rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o'yinchoqlarni, kitoblarni, ish qurollarini o'yin va mashg'ulotdan keyin joy-joyiga yig'ishtirib qo'yadilar. Har kuni ertalabki mashg'ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o'yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o'yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o'yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o'yinchoqlar bilan ta'minlaydi, maydonchada, guruh xonasida
o'yin uchun joy tayyorlaydi. O'yin va mashg'ulotlar o'tkaziladigan joy gigiyenik jihatdan talabga javob berishi (yorug', ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo'lishi] kerak. Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi. Sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o'tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo'ladi. Keyin harakatli o'yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o'yinlar tashkil etiladi. MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e’tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo'lgan talabini to'la qondirishi, bolalarda ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash/bolalarva kattalar o'rtasida to'g'ri munosabato'rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak. Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda
madaniy-gigiyenik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xattiharakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi. Bolaning sog'lom bulib, to'g'ri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bo'lishini, tinchlikni ta'minlaydi. Bolalarning uyg'onganlarini sekin-astalik bilan turg'azish kerak. Bola organizmining o'zgaruvchan tashqi ta'sirlarga chidamliligini oshirish maqsadida har xil chiniqtiruvchi tadbirlar havo, quyosh, suv vannasi bilan chiniqtirish amalga
oshiriladi. Bunga chiniqtiruvchi tadbirlar vaqtini sekin-asta ko'paytirib borish, suv temperaturasini pasaytirib borish, kunduzi uyquni ochiq havoda tashkil etish, bolalar kiyimlarini yengillatib borish orqali erishiladi. Bolalarning kunduzi va kechki soatlarda ochiq havoda bo'lishlarini ta'minlash ularning sog'lom, barkamol bo'lib o'sishlarida katta ahamiyatga ega. Bolalarning ochiq havodagi faoliyatlarini qiziqarli va maroqli o'tishini ta'minlash uchun har xil o'yinlar, sport, ermak o'yinlari, kuzatish va mehnat faoliyatlariga kerakli shartsharoit yaratiladi.

Download 244,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish