UZLUKSIZ TA'LIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI
Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- ta'limning ustuvorligi - mazkur sohani izchil va uzluksiz rivojlantirish, bilim, aql-zakovat va yuksak intellektning nufuzi ustuvor ahamiyatga ega ekani;
ta'limning demokratlashuvi - ta'lim-tarbiya texnologiyalari,uslub va tamoyillarini belgilash va qo'llashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlatjamiyat tizimining joriy etilishi;
ta'limning insonparvarlashuvi - bola manfaatlari, huquq va erkinliklarini kafolatlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojiantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlari uyg'unligini ta'minlash;
ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilar dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirish, ularda erkin, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini qaror toptirish;
ta'limning milliylashuvi - ta'limning tariximiz, milliy an’ana va urf-odatlar bilan uzviy bog'liqligi, O'zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning eng
muhim omili sifatida e'tirof etish;
ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi - bu jarayonning har tomonlama barkamol insonni shakllantirishga yo'naltirilgani;
iqtidorliyoshlarni aniqlash - yoshligidanoq har bir bolaning qobiliyati va qiziqishlarini e'tiborga olib, asta-sekin muayyan sohaga yo'naltirib borish, mukammal bilim olishi uchun zarur shart-sharoit yaratish.
Tanqidiy tahlil qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Shavkat Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Maktabgacha ta'lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Xulosa
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish tamoyillari
va asosiy yo'nalishlari Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning
zamonaviy yagona tizimini yaratish g'oyasini ilgari surib: ≪Ta'lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o'quv das turlari yaratilishi
darkor≫, deya ta'kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta'lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab qonunlarning, tegishli me'yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta'limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutilgan edi. Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida ≪Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori≫ nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o'xshashi yo'q uzluksiz ta'lim tizimi yaratildi. Bu yaratilgan barcha sharoitlar pedagogic jarayonni tashkil etishda yuksak darajadagi yo’nalish bo’lib hisoblanadi. Bu kurs ishida ham amaliy ham nazariy jihatdan ko’zlangan natijaga erishdik deb o’ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |