Sayrni rejalashtirish.
1. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan: harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko'chani, farroshning ishini va shunga o'xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o'simliklarni, yog'ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi. Bular haftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Obhavoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Bu kalendar rejaga quyidagicha yoziladi: yaqin orada (hafta davomida) qor yog'ishini kuzatish. Bu tadbir o'tkaziladigan mashg'ulot bilan uzviy bog'liq bo'lishi kerak.
2. Qoidali o'yinlarning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi ko'rsatilgan holda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o'yin yoki tanish o'yinni rejalashtirish mumkin katta guruhda ham bolalarga tanish bo'lgan 2 o'yinni sayrning boshida va oxirida
rejalashtirgan ma’qul.
3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (daraxt o'tkazish, suv quyish, chopiq qilish, o'simlik urug'ini terish, hayvonlarni parvarish qilish va hokazolar);
b) maishiy-xo'jalik mehnati (barglarniyig'ish, qornitozalash, ayvonchani supurish, qafasni tozalash, yo'lkalarga qum sepish va shunga o'xshashlar).
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish, san'at, ona tilini o'rganish va boshqalar.
Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo'yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o'rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.
5. Sport o'yinlari (voleybol, stol tennisi, badminton va shunga o'xshashlar), sport ermak o'yinlari (chang'i, konki, chana, velosiped va boshqalar).
6. Maqsadli sayrlar maydoncha bo'ylab va maydonchadan tashqariga o'tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, bahorda mana shu o'tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko'p narsalar o'zgaribdi]
7. Qurilish o'yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar sayrda bolalarning syujetli-rolli o'yinlari yuzaga kelish va rivojlanishi, o'yin harakatlariga bolalarni o'rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o'yin uchun olib chiqiladigan o'yinchoqlarni, ularning ayrimlarini ham ko'rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug'ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini bajarishlari yoki qanday o'yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi to'g'risida bolalar bilan gaplashib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |