«Bolalar nutqini o’stirish metodikasi va nazariyasi» fanidan kurs ishi mavzu: “


Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar



Download 1,98 Mb.
bet23/25
Sana22.07.2021
Hajmi1,98 Mb.
#125632
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Fermer va dehqon xo’jaliklarining tashkiliy – iqtisodiy asoslari

Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli

materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar.



Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi.

Bitta mashg‘ulotda bitta fikrdagi hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola o‘yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosida hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni qayerdan sotib olganliga yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin,

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilip!i mumkin.

Bolalarni hikoya qilishga xuddi suhbatga tayyorlagandek tayyorlash lozim: bolalar hikoya predmetini butun hayotiy to‘liqliqsa, sezgilari bilan birgalikda (hajmi, shakli, rangi, hidi, ta’mi, ovozi, harakat tusi va boshq.) o‘ziga tasavvur qilishi zarur; narsaning barcha belgilarini, harakatlarini va ularning munosabatlarini aytish uchun bolalarda zahirada so‘zlar, grammatik shakllar bo‘lishi lozim. Hikoya qilishni mashq qilishdan oldin leksik, grammatik (zarur hollarda — fonetik) mashqlar bajarilishi, shuningdek, suhbatlashishni mashq qilish zarur.

Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) — monologik nutqni rivojlantirishdan iborat.

Tarbiyachi hikoya qilishni o‘rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya’ni bolaning bayon qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantiqqa amal qilishni ko‘zda tutuvchi reja yordamida amalga oshiradi.

Hikoya rejasi oddiy bo‘lishi, ya’ni bir chizikdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab, ya’ni keng tarmoqlangan qo‘shimcha (aytib turuvchi yoki faqat yo‘naltiruvchi) savollar zanjiri shaklida bo‘lishi mumkin.

Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan mashg‘ulotlar turlicha o‘tkaziladi va ushbu mashg‘ulotlarda bolalarga qo‘yiladigan t&tablar ham turlicha bo‘ladi.

Hikoyaga oid mashg‘ulotlarda doimo taniqli she’rlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlarni esga olish maqsadga muvofiqdir: bu bolalarning emosional kayfiyatish ko‘taradi va ularning hikoyalarini yanada ifodali qiladi.

Monologik nutqqa oid mashg‘ulotlarni real ob’yektlarga (quyoncha) tayanish usullari yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mehnati haqida hikoya) asosida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Bolalar suratlarga qarab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) ko‘rib chiqish jarayonida o‘rganadilar.

Statik suratlar — bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vaqt rejasida olib boriladi.

Harakatlanadigan suratlar — (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar, diafilmlar, diapozitivlar va boshq.) — bayon qilish uchun didaktikmateriallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir.

Mulohaza yuritish uchun materialni har qanday surat berishi mumkin, faqat buning uchun "nima uchun?" (u yoki bu voqea, harakat yuz berdi) yoki "qanday vaziyatda?" (narsa u yoki bu belgiga ega bo‘ladimi-yo‘qmi?) degan savol to‘g‘ri qo‘yilsa bo‘ldi.

Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida foydalaniladi: ular oson kompozisiyaga ega bo‘lib, ularda ayrim ob’yektlarni ajratib ko‘rsatish, ularning o‘zaro munosabatini aniqlash ham osondir ("Biz o‘ynayapmiz", "Uy hayvonlari", "Yovvoyi hayvonlar", "Yil fasllari" va boshq.).

Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o‘z shakli bilan belgilanadi. Bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan ertaklar va hikoyalarga ishlangan diafilmlar va diapozitivlar bolalarga monologik nutqni o‘rgatish uchun ayniqsa, juda qulaydir. Dastlab bolalar ularni ko‘p marta tomosha qiladilar, uning titrlari o‘qib chiqiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan), so‘ngra titrlarni o‘qishdan bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavhalarni hikoya qilib berishiga o‘tiladi.

Monologga o‘rgatish jarayoni (bayon qilish, tavsiflash, mulohaza yuritish) shundan iboratki, tarbiyachi o‘z rejasi (savollar zanjri) asosida birinchidan, bolaga mavzudan chiqib ketmaslikka, voqealarni mantiqiy ketma-ketliqda bayon qilishga yordam beradi, ikkinchidan, hikoyachi nutqining emosional ifodaliligi haqida qayg‘uradi va ushbu mavzu uchun mos keladigan she’rlar, ertaklar, topishmoqlar, yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif qiladi.

Bolalarning tasavvur asosidagi og‘zaki to‘qima xikoyalari monologik nutq turlaridan biri hisoblanadi. Xayolparast bolalar suratlarning boshlanishi yoki nihoyasini ishtiyoq bilan o‘ylab topadilar, ya’ni suratlarda tasvirlangan voqealardan oldin yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarni yoki suratda tasvirlangan voqealardan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarni o‘zlari to‘qiydilar; tanish ertaklar yoki hikoyalar mavzusida kontaminasiya1 tuzadilar, qahramon nomidai (1 —shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya qiladilar, unda yil faslini o‘zgartiradilar va h.k.; o‘zlari ertak xamda hikoyalar to‘qiydilar.

Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:

- suratlar asosida ijodiy to‘qima;

- badiiy asarlar mavzusidagi kontaminasiyalar;

- ertaklar, hikoyalarni erkin to‘qish.

Surat asosida ijodiy to‘qishni maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan amalga oshirish tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har qanday narsa haqida bo‘lishi mumkin.

Badiiy asarlar mavzusidagi kontaminasiyalar. Bolalar katta ishtiyoq bilan o‘zlarini o‘z sevimli qahramoni (qahramonlari) tushib qolgan vaziyatlarga qo‘yib ko‘radilar, uning harakatlarini o‘zlashtiradilar, muallifni "tuzatadilar», asar qahramonlarining muayyan vaziyatlardagi sarguzashtlarini ijodiy jihatdan qayta hazm qiladilar. Bolalarning ushbu xususiyatidan eng avvalo, ularda oliyjanob xarakter qirralarini tarbiyalashda foydalanish zarur. Nutqni rivojlantirish uchun — monologni o‘rgatish: tarbiyachi yoki ota-onalardan birortasining iltimosi bilan rag‘batlantirilgan bolalar ishtiyoq bilan xayol sura boshlaydilar, o‘zlarini badiiy asarning biron-bir qahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur qiladilar.

Yaxshilik va go‘zallikka qarama-qarshi qo‘yilgan ertaqsagi hamda real hayotdaga yomrnlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.

ikoya to‘qish — kombinasiyani o‘rgatish metodikasi quyidagicha: bolaga ertak yoki hikoyaning muayyan lavhasini bu huddi uning o‘zi bilan yuz bergani kabi o‘z nomidan aytib berish taklif qilinadi. Pedagog «to‘qish»ning borishini hamdardlik bilan kuzatib boradi, o‘zini bolaning har so‘ziga ishonayotgandek qilib ko‘rsatadi, ayni paytda bolaning nutqini kuzatib boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni unga xalaqit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda pedagog

Kontaminasiya (lotincha Contaminatio — to‘qnashish, o‘rnini almashtirish; matn usuli, bir asarning turli tahrirdagi qismlarini birlashti)

uning bola asar qahramonlarining ijobiy xususiyatlaridan namuna oladigan darajada munosib bo‘lishiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Zero, ushbu yoshda bolaning o‘rganganlari butun umrga muhrlanib qoladi.

Erkin to‘qish shundan iboratki, bunda bolaga ertak yoki «bo‘lishi mumkin bo‘lmagan» loflarni to‘qish uchun to‘liq erkinlik beriladi. To‘qishga ataylab o‘rgatilmaydi, ammo erkin (mustaqil) ijod qilish qobiliyati maktabgacha ta’lim muassayeasida va uyda bola nutqini rivojlantirish ishlarining butun tizimi doirasida tarbiyalab boriladi. Bola nutqiy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, undagi tasavvur va ijodiy qobshshyat shunchalik yaxshi rivojlanadi.

Leksikasi boy, grammatik to‘g‘ri bo‘lgan, eng asosiysi — mantiqiy va ifodali mustaqil ijod qilish olti-yetti yoshli bolalarning qo‘lidan keladi. Bukgacha ularning to‘qimalari — o‘zlariga tanish bo‘lgan badiiy asarlarning mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.

Kichik yoshdagi bolalarning hikoya to‘qishga qodir emasliklarini me’yordan chekinish, deb hisoblamaslik lozim. Bu tabiiy bo‘lib, bolalarning nutqi va fikrlash darajasi hali hikoya to‘qish uchun yetarli emasligi bilan izohlanadi.

Turli yosh guruxlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o'rgatishning vazifalari va uslubiyoti. Hikoya qilib bеrishni o‘rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sеkin qiyinlashtirilib boriladi – yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib bеrish, yangi o‘qib chiqilgan asarlarni aytib bеrish, hikoyachi shaxsini o‘zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib bеrish, tarbiyachi rеjasi asosida aytib bеrish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan rеja asosida aytib bеrish, o‘xshashlik asosida (analogiya bo‘yicha) aytib bеrish (qahramonni, mavsumni o‘zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib bеrish (o‘yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo‘yicha aytib bеrish. Maktabgacha ta'lim muassasalarining katta guruxlarida bolalarning nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro'yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg’ulot olib boriladi.

Qayta hikoya qilishni mashq qilishni hikoya to‘qish borasidagi tayyorgarlik ishi hisoblanadi.

Qayta hikoya qilishga о‘rgatish metodikasi. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish mеtodikasi qayta hikoya qilib bеrish va hikoya to‘qish monologga o‘qitish mеtodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib bеradilar, rеal va xayoliy voqеalar haqida hikoya qiladilar, hikoyalar to‘qiydilar.

Monologik nutqni o‘qitish mеtodini o‘zlashtirib olish pеdagog uchun quyidagilarni anglatadi: bolalarni tinglashni o‘rganish; hikoya qilish va qayta hikoya qilish, shuningdеk, hikoya to‘qishda bolalarga yordamlashishni o‘rganish. Qayta hikoya qilish – eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib bеrish. Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki bola tayyor mazmunni qayta aytib bеradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug’at, so‘z oborotlari, tuzilish), uni o‘qiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mеxanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emoцional aytib bеrishdir.

Qayta hikoya qilib bеrishni o‘rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sеkin qiyinlashtirilib boriladi – yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib bеrish, yangi o‘qib chiqilgan asarlarni aytib bеrish, hikoyachi shaxsini o‘zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib bеrish, tarbiyachi rеjasi asosida aytib bеrish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan rеja asosida aytib bеrish, o‘xshashlik asosida (analogiya bo‘yicha) aytib bеrish (qahramonni, mavsumni o‘zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib bеrish (o‘yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo‘yicha aytib bеrish.

Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va bolaning birgalikdagi so‘z ijodkorligi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganidek, hatto besh yoshli bolalar ham tanish ertaklarni, to‘qima voqealarini hikoya qilishga, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib hikoya qilishga qiziqa boshlaydilar. Katta odam yo‘naltiruvchi va aniqdashtiruvchi savollar berish, o‘zining qiziqayotganligini bildirish, o‘yin vaziyatlarini hosil qilish (o‘yinchoqlar, rasmlar to‘plami, qo‘g‘irchoq teatri qahramonlari yordamida) bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, voqealar rivojini, voqealarning ehtimoliy yakunini, so‘z shaklini aytib berishi birgalikdagi so‘z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga egadir. Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko‘rinishiga ega bo‘ladi, bunda katta odam savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi. Bunday dialogdan — monolog nutqi tug‘iladi. Keyinchalik bola monologi asosida bolalarning birgalikdagi ijodkorligi boshlanadi, u kattaning bola bilan dialogi shaqlini takrorlaydi. Birgalikda hikoya qilish uchun yaxshi asos rasmlar turkumi bilan ishlashda, rollarga bo‘linib hikoya qilib berishda, o‘yin sahnalashtirishlarda yaratiladi.

Maktabgacha katta yosh — bolaning nutqni o‘rganishga kzizg‘in kirishish, til voqeligini eng oddiy tarzda anglash davridir. Maktabgacha yoshdaga bolaning til sohasidagi boy tajribasi, aniq, obrazli so‘zda ifodalangan yorqin taassurotlari, kechinmalari uning til va nutq sohashdaga mustaqil faoliyatining muhim shartidir.

Muammoli nutq holatlari fonetik, leksik va grammatik mazmundagi turli so‘zli didaktik o‘yinlarda modellashtiriladi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida didaktik o‘yinlarni tashkil qilishni bolalarda so‘zga nisbatan lingvistik munosabatni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida ko‘rib chiqish mumkin.

Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli buyumlar va ob’yektlarni qiyoslash, ularning turli umumiy xususiyatlari va vazifalarini ajratish muhim ahamiyatga egadir.

Real ob’yektlar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebellar va h.) ham va tasavvur qilinadigan vaziyatlar (quvnoq va ma’yus ayiqcha, ertagi va kechki ob-havo, qahramonning voqea boshidagi va uning yakunidagi kayfiyati) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoyaki boshlashdan oldingi lug‘at mashqlari bolalar ravon nutqining aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi.

Turli goifadaga so‘zli o‘yinlar, mashqlar, muammoli vaziyatlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning asta-sekin murakkablashuvi, muammoli nutq vazifalarini muntazam ravishda qo‘yib borish-to‘laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar tili va ularning ravon nutqini rivojlantirishga doir doimiy ishlarning mak^bul shakli maxsus nutq mashg‘ulotlari hisoblanadi, unda nutqni rivojlantirishga oid vazifalar yalpi tarzda va o‘zaro bog‘liqdikda hal etiladi.

Monologik nutq sezilarli darajada takomillashib boradi, bu katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan bayon qilishdan tortib to fikr yuritishga qadar har xil turdagi bayonotlarni ishlab chiqishda ham, qo'llab-quvvatlovchi sifatida ham, unsiz ham ifodalanadi.

Bolalar hikoyalari sintaktik tarkibida murakkablashmoqda, ko'p sonli murakkab jumlalar bilan ajralib turadi. Katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarning ko'pchiligida ushbu qobiliyatlarni barqaror deb atash qiyin, ammo ularning shakllanishi haqiqati nutqning rivojlanishiga nisbatan ijobiy dinamika haqida gapirish mumkin.

Nutqning ekspresivligini rivojlantirishga nima ta'sir qiladi?

Nutqning ekspresivligini rivojlantirishda tilning vizual vositalari asosiy rol o'ynaydi. Aynan ularning yordami bilan nutq hissiyotlarga bo'yalgan, yorqinroq va plastikroq bo'ladi. Kattaroq maktabgacha yoshda ushbu nutq qobiliyatlariga asosiy ta'sir adabiyot tomonidan ta'minlanadi:

ertaklar;

she'rlar;

hikoyalar va boshqalar.

Bola badiiy asarni iloji boricha chuqurroq qabul qilishi uchun unga biroz tayyorgarlik kerak. Vaqt o'tishi bilan bolalar o'zlarining adabiy afzalliklarini rivojlantiradilar, estetik did shakllanadi.

Katta maktabgacha yoshda bolalar o'zlariga emas, balki adabiy asarlar qahramonlariga tegishli bo'lmagan voqealarni chin dildan singdiradilar. Yigitlar hikoyani diqqat bilan tinglaydilar, belgilarning harakatlarini tahlil qilish, ularning motivlari, istaklari va hissiyotlari bilan qiziqish.

Ertak, hikoya va she'rlarni tinglash asosida hosil bo'lgan qobiliyat va ko'nikmalar oxir-oqibat og'zaki ijodkorlikning asosini tashkil qilishi mumkin. Buning zaruriy sharti she'riy eshitish - tilning obrazli vositalarini his qilish va ulardan xabardor bo'lish qobiliyatidir. She'riy qulog'i bo'lgan bolalar osongina janrlarda harakat qilishlari va ularning xususiyatlarini aniqlashlari mumkin.

Har bir go'dak she'riy quloq niyatlari bilan dunyoga keladi. Muammo shundaki, har kim ham ularning rivojlanishi uchun qulay sharoit bilan ta'minlanmagan. Agar kattalar ushbu daqiqaga e'tibor berishsa, bolani muntazam ravishda mustaqil ravishda hikoyalar, ertaklar va hatto hatto she'rlar yaratishga undayotgan bo'lsa, unda u bu yo'nalishda o'sish uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo'ladi.

Siz she'riy quloqni rivojlantirishga qaratilgan ish o'z-o'zidan bolaning muvaffaqiyatli ijodiy faoliyati uchun kalit bo'lmasligini tushunishingiz kerak. Og'zaki ijodkorlikni rivojlantirishda faqat she'riy eshitish qobiliyatini rivojlantirishga emas, balki bolalarda ijodiy namoyishni rag'batlantiradigan sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizim ishlab chiqilgan taqdirdagina hisoblash mantiqan to'g'ri keladi.






Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish