Test
Talaba (o‘quvchi)ning maktabga, bilim olishga va maktabdoshlarining unga bo‘lgan munosabatini aniqlash metodikasi.
Talaba (o‘quvchi)ga jadvalda berilgan savollarga o‘ziga ma’qul bo‘lgan javoblarning faqat bittasini tanlab belgilashi taklif etiladi.
№
|
Savollar
|
Javoblar
|
1
|
Maktabda yoki kollejda o‘qish senga yoqadimi ?
|
Ha
Bilmadim
Yo‘q
|
2
|
Sen har doim ta’lim muassasasiga bajonidil borasanmi yoki uyda qolishni istaysanmi?
|
Bajonidil boraman
Har doim har xil
Ko‘proq uyda qolishni xohlayman
|
3
|
Agar o‘qituvchi ertaga hamma talaba (o‘quvchi)lar maktabga kelishi shart emas deb qolgudek bo‘lsa, sen qanday yo‘l tutasan?
|
Maktabga borar edim
Bilmadim
Uyda qolar edim
|
4
|
Senga ma’lum sabablarga ko‘ra darslarning qoldirilishi yoqadimi?
|
YOqmaydi
Har doim ham emas
YOqadi
|
5
|
O‘qituvchi uy vazifasi bermasligini xohlarmiding?
|
Xohlamas edim
Bilmadim
Xohlar edim
|
6
|
Ta’lim muassasasida faqatgina tanaffus bo‘lishini xohlarmiding?
|
Yo‘q
Bilmadim
Xohlar edim
|
7
|
Ota – onangga va do‘stlaringga o‘qishing va u joy haqida gapirib berasanmi?
|
Doim
Kamdan – kam
Yo‘q gapirmayman
|
8
|
Sen o‘qituvchining fe’lini yumshoqroq bo‘lishini hohlarmiding ?
|
Menga o‘zimning o‘qituvchim yoqadi
Aniq bir narsa deyish qiyin
Xohlar edim
|
9
|
Sinfda do‘stlaring ko‘pmi?
|
Ko‘p
Kam
Do‘stlarim yo‘q
|
10
|
Senga sinfdoshlaring yoqadimi?
|
YOqadi
Unchalik emas
YOqmaydi
|
Natijalar tahlili:
Har birinchi javob uchun – 3 ball. Oraliq javob uchun – 1 ball,oxirgi javob uchun – 0 ball
Eng yuqori ball - 30 ball.
25 – 30 ball. O‘qishga faolligi yuqori, Talaba (o‘quvchi)ning ta’lim muassasasiga va o‘ziga bo‘lgan munosabati yaxshi shakllangan.
20 – 24 ball. Maktabga nisbatan munosabati me’yorida shakllangan.
15 – 19 ball. Ta’lim muassasasiga bo‘lgan munosabati ijobiy shakllangan, lekin o‘quv jarayoni uni qiziqtirmaydi.
10 – 14 ball. O‘zini Talaba (o‘quvchi) sifatida his etish shakllanmagan.
10 balldan past. Ta’lim muassasasiga, o‘qishga munosabati salbiy.
t/r
|
To‘plangan ballar
|
O‘quvchilar soni
|
% hisobida
|
1
|
25-30 ball
|
6
|
25%
|
2
|
20-24 ball
|
10
|
42%
|
3
|
15-19 ball
|
8
|
33%
|
4
|
10-14 ball
|
-
|
-
|
5
|
10 balldan past
|
-
|
-
|
Test natijalariga ko‘ra guruh o‘quvchilarining
25 % (6 nafari)ning o‘qishga faolligi yuqori, talaba (o‘quvchi)ning ta’lim muassasasiga va o‘ziga bo‘lgan munosabati yaxshi shakllangan;
42 % (10 nafari)ning maktabga nisbatan munosabati me’yorida shakllangan;
33 % (8 nafari)ning ta’lim muassasasiga bo‘lgan munosabati ijobiy shakllangan, lekin o‘quv jarayoni uni qiziqtirmaydi; natijalarga ega bo‘ldik.
Test natijasida o‘zini talaba (o‘quvchi) sifatida his etish shakllanmagan va ta’lim muassasasiga, o‘qishga munosabati salbiy bo`lgan o`quvchining mavjud emasligi, albatta quvonarli, lekin 33% o`quvchining ta’lim muassasasiga bo‘lgan munosabati ijobiy shakllangan, lekin o‘quv jarayoni uni qiziqtirmasligi akademik litsey o`quvchisi uchun mantiqan to`g`ri kelmaydi. Demak, guruh rahbari o`quvchilar bilan aqliy tarbiyaviy ishning samaradorligini oshirish uchun bu o`quvchilar bilan yo‘naltrilgan tarbiyaviy ishlarni olib borishi kerak. Guruh jamoasini o‘rganish va ish olib borish uchun ishlab chiqilgan tavsiyalarni quyida ko‘rsatib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |