Bolalar muassasasida ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi va vazifalari


Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ijtimoiy faoliyatini tashkillashtirish usullari va uning tahlili



Download 254 Kb.
bet11/15
Sana18.07.2022
Hajmi254 Kb.
#823099
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Bolalar muassasasida ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi va vazif

2.2. Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ijtimoiy faoliyatini tashkillashtirish usullari va uning tahlili

Guruh rahbari o‘z guruhidagi talabalarning bevosita ta’lim tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’uldirlar. Guruhdagi barcha talabalarni qobiliyatiga qarab tugaraklarga jalb etish kerak. Guruhdagi talabalarning soni nechta bo‘lishidan qat’iy nazar ularga ma’naviyat daftarini tuttirish kerak. Haftada bir marta o‘tkaziladigan ma’naviyat soatlarini to‘g‘ri tashkil etib, unga haqqoniy yondoshish shartdir. Tarbiyachi qanday sharoitda ishlamasin, u qanday guruhda ishlashidan qat’iy nazar, talaba shaxsini kamol toptirishi kerak. Guruh rahbarligi odatda guruhni va alohida har qaysi talabani o‘rganishda boshlanadi. Ma’naviyati boy bo‘lgan guruh rahbari talabalar bilan alohida – alohida ishlashni amalga oshirishi, talabalarga o‘z ta’siri, metodlarini mohirlik bilan qo‘llash kerak.


Agar guruh rahbari talabalar faolligini yanada oshirishga harakat qilsa ota – onalar bilan aloqani mustahkamlashi lozim bo‘ladi. Qaysiki guruh rahbari ota – ona bilan yaqindan aloqada bo‘lsa, uning guruhidagi talabalarining faolligi oshadi.
O‘zbekistonimizning «Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini talabalar, ota – onalar o‘rtasida o‘ranib ishlab chiqishi kerak. O‘quv maskanida ta’lim mazmunini takomillashtirish, ta’lim metodlarini yagilash borasida ko‘p ishlar qilindi va qilinmoqda. Tarbiyachi talabalarda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoq va ehtiyojini uyg‘otishga harakat qiladi. Agar guruh rahbari o‘z guruhidagi talabalar o‘rtasida hurmat qozona olsa, talabani fikrlashga o‘rgatsin.
O‘quv maskanida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar sistemasini to‘g‘ri va bevosita guruhda o‘zlashtirshni ko‘tarishga ta’sir etadi. Guruh rahbari talabalar bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarni o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi., talabalarning o‘qishga nazorat qiladi.
Darslarga kiradi, kuzatadi va o‘z guruhidagi talabalar bilan birgalikda guruhda o‘quv ishlari sifatini oshirish chora – tadbirlarini belgilaydi. Guruh xonasining jixozi va ko‘rinishi talabalarning estetik tarbiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun talabalarga guruh burchagini qanday jixozlash kerakligini aytib berish kerak. Guruh rahbari ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanish, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlaridan foydalanish tarbiyalanuvchilar ijodiy qobiliyatlarini o‘strishda, ularni har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi. Darsdan bo‘sh vaqtlarida talabalarning jamoat topshiriqlarni, tugaraklarda ishtirok etishini nazorat qilish kerak.
Tarbiyalanuvchilarni sevish va hurmat qilish tarbiyaviy ish samaradorligini oshirishning zarur shartidir. Agar pedagog tarbiyalanuvchilarni sevmasa u tarbiyalanuvchilarning haqiqiy tarbiyachisi, murabbiyi bo‘la olmaydi.
SHu maqsadda so‘ngi yillarda pedogogik olim va amaliyotchilar tomonidan ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedogogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim – tarbiya amaliyotida qo‘llash yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Dars jarayonida yuqori samardorlikka erishish uchun quydagi metod va uslullardan foydalanish mumkin: ba hslar, tadqiqot, muzyorar, ishbilarmonlik o‘yinlari, loyhalash, kitob bilan ishlash, suhbatlar, pinbord, boshqalarni o‘qitish, davra suhbatlaridir. Ushbu metodlarni dars jarayoniga qo‘llash uchun esa ta’limning kichik guruhlar bilash ishlash shaklidan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida «Ta’lim beruvchi – t’lim oluvchi” diiologidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi – guruh – ta’lim oluvchi” ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni taqozo etadi. SHu tufayli pedagog bilan talaba o‘rtasida mustahkam kontakt o‘rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o‘zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.3[10]
Ta`lim muassalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish uchun guruh (sinf) rahbari talaba (o‘quvchi)ning maktabga, bilim olishga va maktabdoshlarining unga bo‘lgan munosabatini aniqlash metodikasini o‘tkazish mumkin. Biz ishning amaliy natijasini ko‘rish uchun ushbu testni Qo`qon DPI qoshidagi 1-akademik litseyi 18-2 (tabiiy fanlar) guruhi o`quvchilari (24 nafar)ni
o‘rganish uchun o‘tkazdik va tahlilini keltiramiz: sinfda 24 nafar o‘quvchi bo‘lib, test so‘rovida barchasining ishtiroki ta’minlandi.

Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish