Mavzu: Dars tahlilining turlari.
Reja:
1.Dars tahlili haqida tushuncha.
2.Darsning olib borish usullari.
3.Dars tahlili va uning turlari.
Tarix kursi oldiga qoyilgan ta'lim tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir sinfda oqitiladigan tarix kursining tutgan orni, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari, har bir bolim va bolimdagi mavzular, hatto har bir darsda otiladigan mavzuning ham juz'iy vazifalari oldindan aniq belgilab olingandan keyingina tarix oqitishga kirishish maqsadga muvofiq boladi.
Orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarix oqitishning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda oqituvchining har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini oldindan aniq va togri belgilab ola bilishiga bogliqdir. Bu ham, oz navbatida, oqituvchining darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini togri belgilash metodi va usullari haqidagi nazariy bilim va malakalarining darajasiga bogliqdir.
Orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi oldiga qoyilgan ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini, shuningdek, uning boshqa darslar sistemasida totgan ornini aniq belgilash va shu vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday tarbiyaviy vazifani ham, bir yoki bir necha darsda yoki sinfdan tashqari mashgulotlarda otkaziladigan ayrim tadbirlar vositasida batamom mukammal hal qilib bolmaydi.
Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashgulotlarda tarix oqitish oldiga qoyilgan goyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir elementi amalga oshiriladi. Shuning uchun ham oqituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars oldin otilgan darslarning davomi, bu darsda hal qilinishi kerak bolgan ta'lim-tarbiya vazifalari esa oldingi yoki kelgusi darslarda bajariladigan ta'lim va tarbiya vazifalarining ajralmas bir tarkibiy qismi ekanligini unutmasligi kerak.
Ilmiy dunyoqarashniig asosini tashkil etuvchi muhim tushunchalarni oquvchilar asta-sekinlik bilan, bir qancha darslar davomida ozlashtirib boradi, yangi tushunchalar keyingi dars materiallari asosida konkretlashib, yangi mazmun bilan boyiydi. Keyingi dars oquvchilarning avvalgi darslarda olgan bilimi, orttirgan malakalarini kengaytiradi, ularda yangi tushunchalar hosil qiladi. Oquvchilar tarixiy protsesslarni keng va chuqurroq tushunadigan bolib boradi.
Oqituvchi har bir navbatdagi darsni rejalashtirar ekan, butun tarix kursining bir qismi bolgan bu darsda ta'lim va tarbiya vazifalarining qaysi bolagi yoki elementi qay darajada, qanday materiallar asosida va qaysi tomonini hal qilishi, oquvchilarni qanday umumiy xulosalarga olib kelishi, qanday tarixiy tushunchalarni aniqlashi yoki kengaytirishi, qanday yangi goyalar tushuntirilishi, ularni qay tarzda tanishtirishi kerakligini puxta oylab olishi zarur.
Oqituvchi butun tarix kursining ta'lim-tarbiya vazifalarini ayrim temalarning ta'lim-tarbiya vazifalari bilan boglab rejalashtirmogi kerak. Temalar boyicha rejalashtirish temalarni oqitishning metodik sistemasini ishlab chiqishga yordam beradi. Temalar boyicha rejalashtirganda har bir temaning butun tarix kursida tutgan orni va roli aniqlab olinadi.
Har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalari oz-ozidan emas, balki oqituvchining ongli va planli ishi asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshiriluvi mumkin. Uqituvchi darsga tayyorlanayotganda oquv programmasining hajmi va mazmunini hisobga olib material tanlaydi, programma va darslik asosida dars planini tozadi, materialni joylashtiradi va uni bayon qilishda hujjat va boshqa korsatmali qurollardan foydalanish metodlarini belgilaydi.
Ammo, bu ishlar oqituvchi darsning asosiy goyasini, undan kozlanayotgan ta'lim-tarbiya vazifalarini, darsda nimaga erishish, oquvchilarda qanday tasavvur va tushuncha xosil qilish kerakligini aniq va togri hal qilgan taqdirdagina oqituvchi kozlangan maqsadga erishishi mumkin. Darsning bosh goyasi va uning tarbiyaviy vazifalari togri va aniq belgilanmay otkazil-gan dars programmada korsatilgan faktlarni tasodifan, shunchaki sanab otishdan iborat bolib qoladi.
Material tanlash va uni izchillik bilan joylashtirish, darsda qollaniladigan butun didaktik usullar va metodik vosita-larning hammasi darsning bosh goyasiga, uning ta'lim va tarbiya vazifalarini hal etish maqsadiga boysundirilishi kerak. Shuning uchun ham har bir darsning bosh goyasi va uning ta'lim-tarbiya vazifalarini aniqlash oqituvchining darsga tayyorlanishida eng muxim bosqichni tashkil qiladi.
Tarix darsiga tayyorlanishning bu muhim bosqichi eng mas'u-liyatli bolishi bilan birga, ishning eng qiyin tomoni hamdir.
Tarix darslarining bosh goyasini, uning ta'lim-tarbiya vazi-falarini aniq belgilash, ayniqsa, yosh, tajribasiz oqituvchilar uchun qiyin kochadi. Ular kopincha darsning ta'limiy vazifalari bilan tarbiyaviy vazifalarini aniq ajrata olmay, ularning birini ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar yoki konkret dars materialini, uning mazmunini xisobga olmay, tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda belgilash bilan cheklanib qoya qoladilar. Bunday okituvchilardan kopincha, - shu darsingizda qanday muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishingiz kerak edi, - degan savolga,- oquvchilarni milliy ruhda tarbiyalashni kozda tutdim, degan mazmundagi umumiy javob olinadi.
VIVIII sinflarda turli mamlakatlarda davlatlarning tashkil topishiga doir temalar otiladi. Jamiyatning ob'ektiv rivojlanishi asosida davlatning tashhil topishidagi bu umumiy qonuniyatlar hamma xalqlarga ham xosdir. Ammo davlatning tashkil topishidagi umumiy qonuniyatlar bilan birga, har bir xalqning oz sharoitlaridan kelib chiqadi-gan alstsida oziga xos xususiyatlari ham boladi. Shuning uchun ham qator mamlakatlarda davlatning tashkil topishi bilan bogliq mavzularni otayotganda, davlatning tashkil topishidagi umumiy qonuniyatlarnigina emas, balki har bir xalq tarixidagi oziga xos xususiyatlarni ham korsatib berish talab etiladi.
Tekshirib korilganda, mavzularning goyaviy mazmuni va ta'lim-tarbiya vazifalarini ochib berishga ojizlik qilgan bu talabalarning kopchiligi orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarixdan dars beruvchi oqituvchilar ekanligi aniqlandi. Ayni vaqtda ularga tarix oqitish metodikasining nazariy qismi ham otilgan edi.
Kop yillik pedagogik amaliyot tajribasi shuni korsatadiki, oqituvchilar uchun darslarning maqsadini, ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilash eng muhim, mas'uliyatli ish bolish bilan birga, chuqur bilim, malaka va mahoratni talab qiladigan juda murakkab ishdir. Binobarin, yuqori malakali tarix oqituvchilarini tayyorlashda bu muhim masalaga alohida e'tibor berish talab qilinadi.
Endi mazkur uchala mavzuni oqitishdan kuzatilgan maqsadlar va ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni, ular mazmunidagi umumiyliklar bilan oziga xosliklarni tekshirib koraylik.
«Misrda davlatning tashkil topishi», mavzuning tarbiyaviy vazifalari quyidagilarni tahlil qilish va umumlashtirish asosidagina togri va aniq belgilanishi mumkin:
1) qullar, dehqonlar va hunarmandlarning manfaatlari quldorlar manfaatlari bilan qarama-qarshi bolib, ular bir-biri bilan chiqisha olmaydi;
2) majbur qiluvchi tashkilotlar qurolli jangchilar, sud, zindon va shu kabilardan iborat davlat bolmasa, ozchilikni tashhil qilgan quldorlar kopchilikni tashkil etuvchi qullar, dehqonlar va hunarmandlarni oz qol ostida tutib turolmaydi;
3) eramizdan avvalgi 4000-yillarda Qadimgi Misr jamiyati bir-biriga qarama-qarshi sinflarga, ya'ni qullar va quldorlarga bolinishi bilan avvalo bir qancha davlatlar tashkil topganini, shundan ming yil otgach, eramizdan avvalgi 3000-yillarda esa, poytaxti Memfis shahri bolgan bitta yagona quldorlik davlati barpo bolganini, oz qoshini, qoriqchilari, sud va zindonlariga ega bolgan mana shu davlat qullar va dehqonlar qarshiligini bostirib, quldorlar manfaatiga xizmat qilganini, bu quldorlik davlati forma jihatidan despotik monarxiyadan iborat bolganini korsatib berish bu darsning maq-sadini tashkil qiladi.
«Sparta davlatining tashkil topishi» degan mavzuning maqsadini belgilashda quyidagi hollar nazarda tutiladi:
1) eramizdan avvalgi birinchi asrning birinchi yarmida Peloponesning janubi-sharqidagi Lakonikada Sparta davlati tashkil topadi;
2) zramizdan avvalgi birinchi asrning oxirlarida Lakonikani shimoliy yarim oroldan kelgan spartaliklar bosib oldi, keyin Lakonikaning mahalliy aholisi ilotlar qullarga aylantiriladi, spartaliklarning ozlari esa quldorlarga aylanadi;
3) quldorlar (spartalilar) qullar (ilotlar) ustidan hukmronligini saqlash uchun davlat barpo qiladi, qoshin, sud, turma va shu kabi boshka majbur etuvchi tashkilotlarni tozadi.
Shunday qilib, bu mavzuning asosiy maqsadi Shimoliy yarim oroldan kelgan Doriy qabilalari Lakonikani bosib olib, mahalliy axolini qullarga aylantirish asosida tashkil topgan Sparta davlati quldorlik davlati ekanini, shu davlat vositasida quldorlar (spartaliklar) qullar (ilotlar) ustidan hukmronligini ta'minlab turganini korsatib berishdir.
Tarix darslarining goyaviy mazmunini, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini belgilashda nimalarga e'tibor berish kerak?
Avvalo shuni aytish kerakki, tarix darslarining goyaviy mazmuni, ta'lim-tarbiya vazifalari tarix programmasida berilgan material mazmuniga qarab belgilanadi.
Oqituvchi darsda tarixiy voqealar va ayrim faktlarni bayon qilar ekan oquvchilar uchun ularni bilishning qanday ahamiyati borligini jiddiy oylab korishi, eng muxim va xarakterli tarixiy faktlarni ayniqsa kengroq qilib gapirib va tahlil; qilib berishi, voqealarning mohiyati, uning qonuniyatlari va tarixiy ahamiyatini ochib korsatishi lozim.
Tarix darslarining asosiy mazmunini tashkil etuvchi tarixiy voqeaning mohiyatini, uni keltirib chiqargan sabablarini, uning qonuniyatlari, ahamiyati va natijalarini chuqur organish asosidagina darsning goyaviy mazmunini, ta'lim-tarbiya vazifalarini togri va aniq belgilash mumkin.
Oqituvchi tarix darsining mazmuni, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini belgilashda tarixiy asarlari va davlat hujjatlariga asoslanib ish korishi kerak. Davlatining hujjatlari tarix oqitishning nazariy va metodologik asosini tashkil etadi.
Asarlar yuqoridagi namunalarda keltirilganidek, ba'zi mavzularnigina emas, balki butun tarix kursining mazmuni, ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashda oqituvchi uchun asosiy metodologik manba bolib xizmat qiladi. Shuningdek, darsda ulardan foydalanish oqitishning goyaviy, ilmiy-nazariy saviyasini oshirishga yordam beradi. Mavzuni zamonaga boglab organish uning mazmunini chuqurroq anglab olishga yordam beradi, mavzuni organishga koproq qiziqtiradi, uni aktuallashtiradi, darsning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.
Tarixni hozirgi zamon bilan boglash uchun avvalo, butun kishilik jamiyati tarixini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va almashinib turishi muqarrar ekanligi haqidagi bayon qilib. Tarix darslarining goyaviy mazmuni ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashda tarix oquv dasturining uqtirish xati ham katta ahamiyatga egadir. Bu xatda tarix kursining ta'lim-tarbiyadagi roli, vazifalari va mazmuni aniq korsatib berilgan. Shuning uchun ham har bir darsga tayyorlanishda DTS va oquv dasturining uqtirish xatidagi korsatmalar nazarda tutiladi.
Tarixdan metodik qollanmalar hamda maxsus metodik adabiyotlar ham katta rol oynaydi. Oqituvchi tarix darslarining ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashda albatta ulardan foydalanishi kerak.
Togri, tarixning hamma bolimlari boyicha ham darslarning ta'lim-tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishga yordam beruvchi korsatmani topish qiyin. Shuning uchun bu sohada har bir oqituvchi shaxsan oz tajribasi, ijodiga tayanishi kerak boladi.
Darsga puxta tayyorgarlik korish, uning ta'lim-tarbiya vazifalarini togri va aniq belgilab uygunlashtirib olib borishning ozi kifoya qilmaydi. Muhitning metodik vosita darsda ta'lim-tarbiyani uygunlashtirib borishga yordam beradigan metod va vositalardan togri, orinli foydalana bilishdir.
Tarix oqitishda ta'lim bilan tarbiyani uygunlashtirib borishga yordam beradigan metod va vositalar nimalardan iborat?
Tarix bilimlarining tarbiyaviy ta'siri shu bilimlarning qay daraja tarixiy faktlarga asoslanganligi va ularni darsda ishonchli hamda emotsional tarzda ochib berilishiga bogliqdir. Oquvchilar tarixiy faktlarning togriligini tushunib borishlari va faktlar asosida chiqarilgan xulosalar ular uchun ishonchli bolmogi lozim. Shuningdek, oquvchilar bayon etilgan faktlarning shu jihatdan togriligiga komil ishonch hosil qilishlari ham zarur.
Tarix oqitishning muhim vazifasi tarixiy hodisalarga berilgan ilmiy baholarni va organilayotgan material yuzasidan chiqarilgan boshqa xulosalarni okuvchilarga ishonarli qilib tushuntirib berishdan iboratdir. Ma'nosini yaxshi tushunmasdan yodlab olingan xulosalar oquvchilar uchun ishonarli bolmaydi, tafaqur bilan, emotsional kechinmalari natijasida, tushunib, bi-lib olingan xulosalar ishonarli boladi.
Tarix ilmi oquvchilarning tarixiy faktlarga, xalqlarning faoliyatiga, ijtimoiy sinflarning namoyandalariga, ijtimoiy ideologiya va shu kabilarga emotsional munosabatini uygotadi. Tarixiy bilimlarni ozlashtirishning emotsionalligi bilimlarning puxta egallanishida, tarixga qiziqishni oshirishda, tarixiy faktlarni tahlil qilish va umumlashtirishda, bu bilimni organishda, umuman oquvchilarning faolligini kuchaytirishda muhim orin tutadi.
Oqituvchi tarix fanining bugungi kun talablari va orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarixi kursining maqsad, vazifalariga javob beradigan eng muhim tarixiy faktlarni tanlay bilishi, ularni oquvchilar ongiga jonli va obrazli qilib yetkaza bilishi lozim. Oquvchilar koz ongida otmish va hozirgi zamon voqealari togrisida jonli va yorqin tasavvur hosil qila bilish, ularda emotsiya uygo-tish, ijtimoiy hayotning yaxlit manzarasini gavdalantirish, bi-limlarni ongli va puxta ozlashtirishning muhim shartlaridan-dir. Shunga erishish keraqi, har bir ayrim va hatto qisqacha bayon qilingan tarixiy fakt, har bir geografik nom va shaxslar-ning faoliyati ham konkret obrazlar yordamida organiladigan bolsin. Obrazli tasvir, obrazli bayon oquvchilar bilimining il-miy va puxta bolish shartlaridan biridir.
Orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarix kursining maqsadi, ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va mazmunini bilish tashkiliy formasi uchun tarix oqitishning ilmiy asoslarini egallab olishning ozi kifoya qilmaydi.Tarix kursini oqitish, uni oquvchilarning organishi ham darsda va
darsdan tashqaridagi mashgulotlarda ham davom etadi. Orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida va ta'lim-tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy formasi darsdir. Zotan, tarix darslari tizimida har bir darsning
tutgan orni va ahamiyatini togri belgilash, darsning ilmiyligi
va goyaviyligini ta'minlash, bilish qonuniyatlari va maqsadga
muvofik, oquv formalari hamda oquvchilarning oquv ishini turi
tashkil etishga yordam beradigan, unga mos pedagogik jarayonni
ilmiy asosda tashkil etish aloxida akamiyatga egadir. Tarix darslarini turlarga bolish problemasi tarix oqitish metodikasi taraqqiyotining bosqichlarida metodistlar tomonidan turlicha hal etib kelindi.
Darslarni turlarga bolish masalasida ikki asosiy yonalish mavjud edi: birinchi yonalish tarafdorlari oqitish jarayonining qonuniyatlariga asoslanib, darslarni turlarga ajratadilar. Ularning fikricha, darslarni turlarga bolishda, ularga xarakteristika berishda koproq orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi mazmunini ozlashtirish jarayonining u yoki bu zvenosiga asoslaniladi. Darslarni turlarga bolishning bu printsipini S.V.Ivanov birmuncha tola ishlab chiqqan edi.
Ikkinchi yonalishning vakillaridan biri I.N.Kazantsevdir. Ular dars turlari klassifikatsiyasiga asosan darsni otkazish usullarini asos qilib oladilar. Tarix oqitish metodikasi sohasida prof. V.N.Bernadskiy ham tarix darslari klassifikatsiyasiga metodik usullarni asos qilib oladi va tarix darslarini quyidagi turlarga boladi: orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida lektsiyasi, hikoya qilib berish darsi, tarixiy hujjatlarni tahlil qilish, badiiy adabiyotlardan foydalanish darsi, oquvchilarning dokladlariga asoslangan dars, prezident asarlarini oqish va tahlil qilish darsi, kino darsi, ekskursiya materiallari asosida otkaziladigan darslar va hokazo. Shuningdek, V.N.Bernadskiy turli usullar yordamida otkaziladigan umumlashtiruvchi takrorlash darslarini ham alohida gruppalarga boladi. Biroq, A.A.Vagin osha asarida asosli ravishda ta'kidlaganidek, dars turlari klassifikatsiyasiga, dars otkazishning metodik usullarini asos qilib olib bolmaydi. Chunki dars otkazish metodi ham, dars turlari ham uning mazmuni va ta'lim qonuniyatlari bilan belgilanadi, tanlangan oqitish metodi va dars tipi oz navbatida uning goyaviy mazmuni, ta'lim-tarbiya vazifalarini ado qilishga xizmat etadi. Shunga qaramay V.N.Bernadskiy tomonidan tavsiya qilingan dars turlari, osha davr uchun juda katta ahamiyatga ega boldi, negaki, tarix darslarini xilma-xil strukturada otkazish mumkinligini korsatib berdi.
Ammo 4050- yillarning boshlarida yaratilgan orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarix darsliklarining faktik materiallar bilan haddan tashqari toldirib yuborilganligi hamda ularda metodik korsatmalar yoqligi darsda oquvchilarning bilish faolligini va mustaqilligini oshirishga, ularda zarur konikma va malakalar hosil qilishga katta tosqinlik qilar edi. Darsliklarda tolib-toshib turgan faktik materiallardan oqituvchi dars davomida arang foydalanib ulgurar edi. Dars vaqti otgan mavzuni sorash, yangi temani bayon etish, mustahkamlash va uyga vazifa berishga yetardi, xolos. Xullas, ta'limning hamma protsesslari shoshma - shosharlik bilan otardn. Oquvchilarning materialni puxta ozlash-tirishni va malaka hosil qilishning muhim manbai va vositasi bolgan hujjatlar va korsatmali qurollar ustida olib boriladigan mustaqil ishlarni qilishga vaqt yetishmas edi. Ayni vaqtda oquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun zarur qollanmalar va tarixiy hujjatlardan iborat toplamlarning yetarli emasligi, darsliklarning metodik korsatmalarida savol va topshiriqlar berilmasligi ham darsda oquvchilarning aqliy faoliyatini aktivlashtirish, mustaqilligini ostirish ishini qiyin-lashtirar edi. Buning ustiga 40- yildan to 50- yillarning boshlarigacha, tarix darslari turlari problemasi ustida maxsus tadqiqot ishlari olib borilmadi. Hattoki, tarix oqitish metodikasidan nashr etilgan qollanmalarda ham dars turlari masalasi maxsus muammo qilib qoyilmadi.
Ammo shunday sharoitda ham, fanlarni oqitish, jumladan tarix oqitish sohasida qolga kiritilgan progressiv metod va usullardan, xilma-xil dars turlaridan ilgor oqituvchilar muvaffaqiyatli ravishda foydalanib keldi. Ular shablonga aylanib qolgan «aralash» dars turidan shunchaki foydalanmay unga ijodiy yondashdilar. Ilgor oqituvchilar va metodist olimlar orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida da tarix oqitishdagi nuqsonlarni bartaraf qilish yollarini izlay boshladilar.
Ozligini anglashga intilgan har bir xalq otmishini bilishi zarur. Tarixni organish umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini anglab yetish uchun, barcha xalqlarning umumjahon tarixiy jarayonida qatnashib, jahon madaniyati hazinasiga qay darajada hissa qoshganligini bilish uchun ham muhimdir.
Yoshlarni tarixdan oladigan bilimlarini takomillashtirishning usullari turlichadir. Jumladan tarix oqitish samaradorligini oshiradigan vositalardan biri darsda arxiv materiallaridan foydalanishdir. Dars oquv jarayonining asosiy bogini sifatida yoshlarga fan asoslarini orgatishda muhim orin tutadi.
Metodist P.S.Leybengrub ta'limning asosiy tashkiliy formasi bolgan dars tuzilishi jihatidan tor sxemaga, qat'iy bir qolipga tushib qolganligi tarix oqitish oldiga qoyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni qiyinlashtirayotganini, ayni vaqtda bu hol oqitishda har xil metod va usullardan foydalanishga tosqinlik qilayotganini, oquvchilarning darsga qiziqishini ham pasaytirayotganini togri ta'kidladi. Tarix darsining quyidagi 4 ta tipini tavsnya etdi:
Ta'lim jarayonining barcha elementlarini oz ichiga olgan,
1) aralash dars; 2) toliq yoki qisman yangi mavzuni organishga bagishlangan dars; 3) umumlashtiruvchi takrorlash darsi; 4) bilimlarni tekshirish va hisobga olish darsi.
Shuni aytish kerakki, P.S.Leybengrub shu masalaga bagishlangan asarlarida ham orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida i tajribasida ilgor oqituvchilar qollanib kelayotgan dars turlarining hammasini korsatmagan bolsada bu masalani ortaga qoyib, matbuot sahifasida munozara boshlab berishi goyat foydali ish boldi. Shundan song, 1957 yilda A.Vaginning tarix darslari turlariga bagishlangap risolasi e'lon qilinadi. Avtor bu risolasida V.G.Kartsev va P.S.Leybengrublar korsatganidek, tarix darslarining turlari tortta emas, balki kopligini, ularni turli formalarda olib borish zarurligini pedagogik jihatdan isbotlab berishga harakat qiladi.
Darslar mohiyatiga qarab turlarga ajratiladi. Tarix darslarining mohiyatini ta'lim jarayoni tashkil qiladi. Demak, ta'lim jarayonining ob'ektiv qonuniyatlariga asoslanib, tarix darslarini turlarga bolinishi masalasini togri hal qilish mumkin. Darsning har xil turlariga xarakteristika berishda oquvchilarni tarixiy voqealarni idrok qilishga tayyorlash, materialni tahlil qilishga, asosiy tarixiy faktlar, tushunchalar va qonuniyatlarni anglab olishga, umumlashtirishga, olgan bilimlaridan zarur paytda foydalanishga orgatish kabi ta'lim jarayonlari e'tiborga olinadi. Tarix darslarini turlarga bolishda uning bir turini boshqa turlaridan ajratib qarash yaramaydi. Chunonchi, oquvchilarning yangi temani puxta ozlashtirishi uchun dastlab temaning kirish darsi otkaziladi; organilgan tema yoki bolimni yakunlash uchun yakunlovchi dars turidan foydalaniladi. Masalan, Qadimgi dunyo tarixining «Ibtidoiy odamlar turmushi» degan birinchi bolimi oxirida boladigan bir soatlik yakunlovchi darsda tort soat davomida organilgan materialni tahlil qilib, oquvchilar ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy bel-gilarini tushunib, bilib oladi. Shuningdek, «Qadimgi Sharq» degan ikkinchi bolim oxirida boladigan darsda oquvchilar Sharqdagi eng qadimgi davlatlarda sinfiy jamiyatning vujudga kelishini, uning mohiyati, eng qadimgi Sharq xalqlarining jahon madaniyati taraqqiyotiga qoshgan hissasini, «Qadimgi Gretsiya» nomli uchinchi bolim oxiridagi darsda quldorlik tuzumining eng yuqori bosqichini, quldorlik tuzumining ibtidoiy jamoa tuzumiga nisbatan taraqqiy etganini, qadimgi greklarning jahon madaniyatiga qoshgan hissasini «Qadimgi Rim» degan tortinchi bolim oxiridagi darsda ham, quldorlik tuzumi taraqqiyotining yuqori bosqichini, uning yemirilishi va halokatining qonuniyatlarini bilib oladi.
Oqituvchi oquv materialini bayon qilish jarayonida uni tahlil qilib boradi va umumlashtiradi. Biroq, ba'zi murakkab mavzular va bolimlar yuzasidan maxsus tahlil qilish darslari, tarix kursining goyaviy mazmuni, ta'lim qonuniyatlari bilan boglab maxsus umumlashtiruvchi - takrorlash darslari otkaziladi. Har bir darsda, oquvchilarda xarita, har xil kartinalar, illyustratsiyalar ustida ishlash, jadvallar, reja va konspekt tuzish konikma va malakalari hosil qilish yuzasidan ish olib boriladi. Demak, oqitishning ilmiy asosda tashkil qilinishi oqituvchining darsda har xil vazifalarni muvaffaqiyatli bajara bilishiga bogliq. Tarix oqitish tarixiy voqealarni bayon qilib berish va uni navbatdagi darsda sorashdan iborat emas. Oqituvchi oquvchilarni tarixiy voqealar ustida mustaqil fikrlashga, organilgan tarixiy materiallardan tegishli xulosalar chiqarib olishga, uni umumlashtirishga, mavzular va umuman kursning asosiy masalalarini puxta ozlashtirib olishga, turli matnlar, xaritalar bilan mustaqil ishlay bilishga, reja, konspekt, xronologik va sinxronistik jadvallar tuzishga, ma'ruza va referatlar tayyorlashga, diagrammalar mazmunini tushunishga orgatishi lozim.
Xosh, tarix darslarini turlarga bolishda nimalarni kozda tutish kerak?
Oquv materialining goyaviy mazmuni, uning darsining tur oziga xos xususiyati, sinf oquvchilarining umumiy tayyorgarligi hamda darsdan kuzatilgan didaktik maqsadlar dars turini, uning strukturasi va metodlarini tanlashda asos bolib xizmat qiladi, tanlab olingan dars turi va metodi esa uning goyaviy mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. Dars turlari masalasini hal etishda formalizmga va standartga yol qoymaslik kerak, oqituvchi navbatdagi temani planlashtirganda, uning mazmuni, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini izchillik bilan, mantiqan boglab organishga yordam beradigan dars turlarini oldindan aniq belgilab olishi kerak.
Shunday qilib, tarix VIX sinflarda va orta maxsus ta'lim tizimida oqitiladi. Oquvchilar sinfdan sinfga otgan sari tarixiy materialning ko-lami ortib, mazmuni murakkablashib, oquvchilarning tarixiy bilimlari ham chuqurlashib, konikma va malakalari osib boradi. Shu bilap birga, darslar struktura jihatidan va mazmunan murakkablashib, darslariing xilma-xil turlaridan foydalanish zaruriyati tugiladi. Zamonaviy tadqiqotlarga kora, V IX sinflar uchun 7 xil, orta maxsus ta'lim tizimi uchun esa 10 xil dars turi tavsiya etilmoqda.
Orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limining yangi mazmuni va oquvchilarning bilish faoliyatini yanada faollashtirish vazifalari tarix oqitishning shakli va metodlarini takomillashtirish uchun imkoniyatlar ochib beradi. Orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarix oqitish mazmunan boyidi, oqitishning mavjud shakli va metodlari takomillashdi, yangi shakl va metodlar yuzaga keldi. Keyingi yillarda seminar va boshqa amaliy mashgulotlar yuqori sinflarda tarix oqitishning oziga xos shakliga aylanib qoldi.
Dars turlariga xarakteristika berishda ta'lim jarayonining qonuniyatlari, uning asosiy bosqichlari (oquvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga tayyorlash, material bilan tanishtirish, uni tahlil qilish, umumlashtirish, mustahkamlash, konikma va malakalar hosil qilish, olgan bilimni ishga solishga orgatish va tekshirish) asos qilib olinadi. Tarixni organishning har bir bosqichi materialning mazmuniga qarab, oziga muvofiq shakl oladi. Tarix darsining turi organilayotgan temaning goyaviy mazmuniga va oquv-ta'limiy va tarbiyaviy vazifalariga qarab belgilanadi. Binobarin, ta'lim qonuniyatlarini amalga oshirish va temani organishda foydalaniladigan dars turlarini unga muvofiqlashtirib borishning aniq usullari tarix dasturi materialining mazmuniga qarab belgilanadi.
Demak, tarix darslarini klassifikatsiya qilish, uning xilma-xil turlaridan foydalanish oqituvchining shaxsiy xohishiga emas, balki orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarix kursining maqsadi, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish zaruriyatidan kelib chiqadigan tarix ta'limining asosiy qonuniyatlari bilan bogliqdir. Shuning uchun oqituvchi dars turlarini tanlashda organiladigan mavzuning mazmuni, xarakterini hamda uni oquvchilarning ongli va puxta ozlashtirishini, ya'ni ta'lim jarayonining asosiy qonuniyatlarini asos qilib olishi lozim. Dars turini bu yosinda tanlash esa orta ta'lim va orta maxsus ta'lim tizimida tarix oqitishning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda oqitish metodlari va usullari haqidagi masalani ijodiy hal qilishga yordam beradi.
Maktabda tarix oqitishning maqsadi, ta'lim tarbiyaviy vazifalari va mazmunini bilish uchun tarix oqitishning ilmiy asoslarini egallab olishning ozi kifoya qilmaydi. Tarix fannni oqitish uchun, uni oquvchilarning organishi ham darsda, ham darsdan tashqari mashgulotlarda davom etadi. Maktabda ta'lim - tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy shakli darsdir. Binobarin, tarix darsining oquvchilarga bilim berish, ularni vatanparvar ruhda tarbiyalash va komil inson bolib yetishishidagi orni beqiyosdir.
Shuni alohida qayd etib otish lozimki, Ozbekiston Respublikasi tarix darsiga bolgan umumiy psdagogik va didaktik talablar asosida zamonaviy dars variantlarini eksperimental tajribalar asosida ishlab chiqish shu kunga qadar biron tadqiqotchi olim yoki amaliyotchi oqituvchining ilmiy izlanish ob'yekti bolmagan.
Otmish tarixga nazar tashlaydigan bolsak, Turkiston Xalq Maorifi Komissarliginiig 1918 yil 12 seityabrda chiqargan farmonida, boshlangich maktabda tarix organish quyidagi tartibda amalga oshirilishi qayd etilgan:
Ijtimoiy va madaniy taraqqiyot jarayoni bolgan umumiy tarixni organish, Rossiya va Turkistoi xalqlari tarixini birmuncha aniqliklar kiritilgan holda organish, orta maktabda Garbiy Yevropa xalqlari tarixi qadimgi, orta asrlar va ayniqsa yangi tarixni, shuningdek rus tarixini organish tavsiya etilgan edi.
Ozbekiston maktablarida tarix fanini oqitish tarixini sinchiklab organar ekanmiz, 20 yillarga kelganda Turkistonda tarix oqitish metodikasini pedagogik fan sifatida shakllanishida dastlabki dadil qadamlar qoyila boshlanganligini guvohi bolamiz. Masalai, 1927 yilga kelganda Turkistoi olkasida pedagogika fanini taraqqiy etdirishda katta hissa qoshgan pedagog olim N. P. Arxangelskiy1 tomoiidan Ozbekiston umumga'lim maktablarida tarix oqitish samaradorligini oshirishga bagishlangai qator ilmiy metodik maqola va osha sharoit uchun nodir metodik qollanmalar yaratildi.
Onatariximizga nazar tashlar ekanmiz, ozbek xalqining fashizmni tor morkeltirishda oziningulkan hissasini qoshganligini korsatadigan dalillarni guvohi bolamiz. Dalillarga murojaat qilaylik:
Masalan, Ozbekiston urush yillarida davlatga 3 mln. 806 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 mln. 282 ming tonna don, 48000 tonna meva qoqi, 159 ming tonna gosht, 22300 tonna jun va boshqa mahsulotlar yetkazib berdi.
Ozbekistondan 1 mln. ga yaqin kishi jangga safarbar etildi, urush yillarida Ozbekistonga sobiq Sovet Ittifoqining frontga yaqin va front zonalaridan 1 mln.ga yaqin kishi, jumladan 200.000 ming bola evakuatsiya qilindi, 1941 yiliiig iyul oyidan noyabr oyiga qadar Ozbekistonga Moskva shahri va viloyati, Ukraina, Belorussiya, Volga boyi hududlaridan yuzdan koproq korxonalar kochirib keltirildi, evakuatsiya qilingan korxonalar ozbek ishchisi va xizmatchilarnniig kahramonona gayrati tufayli qisqa muddat ichida joylashtirildi va ishga tushirildi. Mazkur korxonalarning kopchiligi oldingi vaqtiga qaraganda koproq mahsulot chiqaradigan boldi. Urush davomida Ozbekistoilik jangchilardan 120 ming kishi orden va medallar bilan mukofotlandilar.
Agar «Urush yillarida Ozbekiston maktablarida tarix oqitish» masalasining ozini alohida olib qaraydigan bolsak, bu davrda Ozbekistonda umumta'lim maktablarida tarix oqitish xususida va umuman Ozbekiston xalqlari tarixini organish borasida tahsinga molik kopgina ilmiy uslubiy asarlar yaratilgailigini bilamiz.
Tarix oqitish metodikasiga doir uslubiy va didaktik adabiyotlarda tarix oqitishga bolgan zamonaviy talablar ham alohida qayd etiladi. Jumladan, Akademik Mirza Mahmudovning «Sovremenniy urok» (M. «Prosveheniye», 1989), P.S. Leybeshrubning «Didakticheskiye trebovaniya k uroku istorii» (M. Izd ~ vo APN RSFSR, 1960). N.G.Dayrnining «Sovremenno'e trebovaniya k uroku istorii» ( M. 1979) va boshqalar. Bu asarlar garchi bevosita tarix oqitish masalasiga bagishlanmagan bolsada, aslida 60 70 80 yillar sharoitida yozilgan. Lekin metodist olimlarning shoro jamiyatining 70 yildan ziyod davr ichida yaratgan ilmiy uslubiy va didaktik asarlari osha davr xususiyatidan kelib chiqqan ba'zi kamchiliklarga qaramasdan bugungi oz istiqloliga erishgan Ozbekiston Respublikasi maktablarida ham foydalanilib kelinmoqda. Endilikda Respublikamiz tarixchi metodist olimlari vazifalari ana shu ulkan merosdan Ozbekiston xalqlari tarixining bugungi davri talabi asosidan ilmiy uslubiy va didaktik yollarini yuqori saviyada ishlab chiqishdan iboratdir.
Prezidentimiz aloxida kayd etib otganidek, «Yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim boladi. Bunda ozbek xalqining va respublika hududida boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an'analari, ma'naviy tajribasi ta'lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur» . Ilmiy - uslubiy va didaktik jihatdan togri tashkil etilgan tarix ta'limi dars jarayonida Samara beradigan turli - tuman shakl va usullardan foydalanishni taqozo etadi.
Tarix oqitish deganda faqatgina oqituvchini voqealar togrisidagi hikoyasini tinglash - u, kelgusi darsda uni oquvchilardan so`rashgina emas, balki, tarix oqitish jarayonida biz oquvchilarimizni fikrlash va tarixiy voqealarini tahlil etish, organilayotgan tarixiy material asosida xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish, tafakkur etish, organilayotgan hamma mavzular va kursning yetakchi g`oyalari ongli ravishda mustahkam o`zlashtirib olish, ularni tarixiy hujjatlar va ayniqsa O`zbskiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, nutqlari matni ustida mustahkam ishlab, rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar tuzishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma'ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va to`g`ri tarixiy mo`ljal olishga qunt bilan o`rgatish jarayoniganiga aytiladi.
Tarix darsining o`quv materialini navbvtdagi bir bo`lagi deb hisoblab, uni oquvchilarga zudlik bilan bayon etib, keyingi bo`lagiga otishdangina iborat deb o`ylagan oqituvchi, albatta xato qilgan bo`lar edi.
Dars - tarix dasturining bir oddiy bo`lagigina emas. Dars - birinchi galda oquv mashg`ulotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |