155
ko‗rinishida bo‗ladi, ekssudativ plevritda jarohatlangan tomonda ko‗krak
qafasi ko‗tarilishi, surunkali pnevmoniyada esa ko‗krak qafasi cho‗kishi
kuzatiladi. Chaqaloq bolalarda ko‗krak qafasini ko‗tarilgan bo‗lib qolishi -
pnevmotoraks, pnevmomediastenumda kuzatiladi.
Qoburg‗alar oralig‗ini diafragmaga birikkan yerini nafas olganda bir oz
ichga botishi 3 oygacha bo‗lgan bolalarda norma hisoblanib, undan kattalarda
qoburg‗alar yumshoqligida (raxit) yoki inspirator nafas kisishi bilan kechuvchi
nafas yo‗llari kasalliklarida kuzatiladi. Bu holatni kuchli darajada bo‗lishi stenotik
nafas olish krupda kuzatiladi.Ko‗krak qafasini siljib harakatlanishi
(ekskursiyasi) santimetr lentasi yordamida, tinch holatda, maksimal nafas
olganda, maksimal nafas chiqarganda o‗lchanadi. Bunda santimetr lentasi
oldinda ko‗krak bezi ustidan, orkadan kurak suyagi burchagiga qo‗yiladi.
Tekshirishda nafas olishning tipiga ahamiyat beriladi. Erta yoshli bolalarda
normada qorin tipi nafas olishi kuzatilib, bu o‗g‗il bolalarda o‗zgarishsiz qoladi.
Qiz bolalarda esa
5- 6 yoshlikdan ko‗krak tipi nafas olishi kuzatiladi. Ko‗krak
qafasi ekskursiyasini pasayishi o‗pkani o‗tkir shishida, bronxial astmada, o‗pka
fibrozida, diafragma osti abssessida, qovurg‗alararo nevralgiyada kuzatiladi.
Tekshirishda yana nafas olishning ritmiga va soniga e‘tibor berish kerak.
Ko‗zga tashlanadigan havo yetishmasligida nafas olish sonini ko‗krak qafasining
harakatidan osongina sanash mumkin. Katta bolalarda sanashni bolaga
sezdirmasdan, yaxshisi uxlab yotganda bolada sekingina qo‗lni ko‗kragiga yoki
qorniga ko‗yib yoki stetoskop yordamida bajarish mumkin. Erta yoshli
bolalarda stetoskopni voronkasimon uch qismini bolaning burnini oldiga keltirib
bir dakika i ch id a nafas olish sanaladi.
Nafas olishning tezlashishi -
taxipnoe deyiladi. Nafas olishni
tezlashishi quyidagi holatlarda kuzatiladi: 1) hayajonlanganda, 2) og‗ir ish
bajarganda, 3) tana harorati ko‗tarilganda, 4) nafas olish organlari
shikastlanganda, 5) yurak qon tomir sistemasi kasalliklarida, 6) kam
qonlikda. Nafas olishning sekinlashuvi -
bradipnoe. Bolalarda nisbatan kam
uchraydi. Masalan, koma holatlarida (uremiyada), zaharlanishda (masalan, uyqu
doridan), miya bosimining ko‗tarilib ketishida, chaqaloqlarda distress
sindromni terminal bosqichida kuzatiladi. Normada nafas olish soni bilan pulsning
o‗rtasidagi nisbat 1 yoshda 1: 3,5 ga, 1 yoshdan kattalarda 1: 4 ga tent. Nafas
olish organlari shikastlananda bu farq o‗zgarib, 1: 2 yoki 1: 3 ga tenglashadi.
Bemor nafas olganda yordamchi muskullari ishtiroq eta boshlashi, nafas
olishni qiyinlashganidan, nafas qisish boshlanganidan dalolat beradi. Nafas
qisilishini formalari:
inspirator nafas qisishi
ekspirator nafas qisishi
aralash nafas qisishi
Shika nafas qisishi
Do'stlaringiz bilan baham: