Ushlab olish refleksi. Bola kaftiga qo‗yilgan barmoqni mahkam
changallab ushlab oladi. Bunda barmoqni ushlash kuchi shu darajaga
yetadiki, hatto barmoqlarda bolani ko‗tarish mumkin (Robinson refleksi).
Xuddi shunday refleksii oyoqlarda ham chaqirish mumkin. Bunda bola oyoq
kaftini 2-3 barmoq asosiga bosilsa, barmoqlar oyoq kafti tomon egiladi.
Refleks 2-4 oylikda yo‗qoladi.
Moro refleksi. Bola yotgan stolga (bolaning boshidan 15-20 sm
uzoqlikda) o‗rilganda yoki shifoqor qo‗liga to‗tib turgan bolani birdaniga 20 sm
pastga tushirib, keyin ilgarigi sathga ko‗tarilganda, oldin bola ikkala
qo‗llarini yon tomonga yozib, keyin ilgarigi holatiga qaytaradi, bu refleks 4
oygacha saqlanadi.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |