Peres refleksi. Bolani qorniga yotqizib, umurtqa o‗simtalari ustidan,
dumg‗azadan bo‗yingacha barmoqlarni ozgina bosgan holda yurgizilsa, u tanasini
bukib, boshini ko‗taradi, oyog‗i va ko‗lini yig‗ib qichqiradi va ba‘zan siyib
yuboradi. Bu refleks 4 oyda yo‗qoladi.
Galant refleksi. (5-7 kundan boshlab chiqarish mumkin) Vrach bosh va
ko‗rsatgich barmoqlari bilan yonboshlab yotgan bolani paravertebral chizig‗i
bo‗yicha yuqoridan pastga qarab silasa, bolani tanasi orqaga ochiq yoysimon
bukiladi. Refleks 4 oyda yo‗qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |