181
BOLALARDA YuRAK VA QON TOMIRLARNING ANATOMIK VA
FIZIOLOGIK XUSUSIYaTLARI
Yurak. Bolalarda yurakning vazni, kattalarga solishtirganda nisbatan
katta. Chaqaloq bolada yurakning vazni uning tana og‗irligini 0,8%-ni tashkil
qilsa, kattalarda 0,4%-ni tashkil etadi. Yangi tug‗ilgan chaqaloq bola
yuragining vazni (22 gr.), uning 8 oyligida ikki marotabaga, 3 yoshligida uch
marotabaga ortadi, 5 yoshida esa turt marotobaga, 10 yoshida 6 marotabaga,
yoshida 11 marotobaga ortadi. Yurak vaznining jadal o‗sishi asosan 3 davrda: 2
yoshgacha, 12-14 va 17-20 yoshlarda kuzatiladi.
O‗g‗il bolalarda yuragining vazni qiz bolalarga nisbatan biroz ko‗p bo‗lib,
bu 11 yoshgacha kuzatiladi. Keyin qiz bolalarda yurak vaznning ortishi tezlashib,
13 -14 yoshlarda ularda yurak vazni o‗g‗il bolalarga nisbatan biroz ko‗p,
keyinchalik o‗g‗il bolalarda yurak vazni yana tez o‗sadi (Jadval 18). Bolalarda
chap yurakning o‗sib vaznini ortishi jadal kechib, o‗ng yurakning o‗sishi orqada
qoladi. Chap qorinchani jadal o‗sishiga qon tomirlarda qarshilikning ortib, qon
bosimini ortib borishi olib keladi. O‗ng qorinchaga esa birinchi oylarda perifirik
qarshilikni (ayniqsa arterial yo‗lini berqilishi sababli) kamayishi natijasida
uning vazni birozga kamayadi. Bo‗tun o‗sish davrida chap qorincha vazni
tug‗ilganga nisbatan 17 marotoba ortsa, o‗ng qorincha vazni 10 marotobaga ortadi
holos.
Yangi tug‗ilgan bolalarda yurakning hajmi 19-22 sm
3
, bir yoshda 42 sm
3
,
7 yoshda 123 sm
3
, 13-14 yoshda 130-140 sm
3
, kattalarda yurakning hajmi 280
sm
3
tashkil etadi.
Mioqard yangi tug‗ilgan bolada juda ingichka, bir biridan yaxshi
chegaralanmagan mushak tolalaridan iborat. Chaqaloqda mushak tolasining
yadrolari ko‗p, ammo mayda, yaxshi takomillashmagan bo‗ladi. qo‗shuvchi
to‗qimalar ham nozik, kam taraqqiy etgan bo‗ladi. Yurak devorlari qalinligini
o‗sishi mushak tolalarining ko‗ndalang o‗lchamini va qo‗shuvchi to‗kimalar
jumladan end oqard qavatini ortishi hisobiga bo‗ladi. Bolaning 3-7 yoshlarida
yurak to‗qimalarining takomillashishi, qo‗shuvchi va elastik to‗qimalarga
boyishi, mushak tolalarini qalinlashib borishi kuzatiladi. Bolaning 10
yoshligida barcha yurak to‗kimalarini tez o‗sib, ayniqsa qo‗shuvchi va elastik
to‗kimalarini takomillashishi va u yer bu yerda yog‗ to‗qimalarini joylashishi
kuzatiladi. Mi oqard qon va limfa tomirlar bilan kattalarga nisbatan
yaxshi ta‘minlashgan bo‗ladi.
Bolalarda yurak hajmi nisbatan katta bo‗lganligi sababli, ko‗krak
qafasida ko‗p joyni egallaydi. Yurak sharsimon sh aqlida bo‗lib, diafragmani
yuqorida joylashgani sababli, ko‗krak qafasida gorizontal holda yotib IV-VIII
ko‗krak umurtqasi oralig‗ini egallagan bo‗ladi. Shular sababli yurak uchini o‗rush
joyi chaqaloqlarda 4 qovurg‗a oralig‗iga, to‗g‗ri kelib, 1,5 yoshlarda esa 5 qovurg‗a
oralig‗iga ko‗chadi.
Bolalariing bir yoshlik va o‗smir davrlarida yurakning qator burilishi va
o‗rnini o‗zgartirishi kuzatilib, natijada yurakning ko‗krak qafasida joylashishi
sekin asta kattalarnikiga o‗xshab boradi.
Bolalarda yurak qon-tomir sistemasining boshqarishining o‗ziga xos
182
xususiyatlari mavjud. Ma‘lumki parasimpatik asab sistemasi ta‘sirotida yurak
urishi tezligi sekinlashsa, simpatik asab ta‘sirida tezlashadi. Shu bilan bir
qatorda eksperimental tekshirishlar shuni ko‗rsatdiki, erta yoshdagi bolalarda vagus
markazi ko‗zg‗aluvchanligi yetarli darajada bo‗lmaydi. Simpatik asab sistema
markazi esa xatto homiladorlik davrida ham yetarli qo‗zg‗aluvchanlikda
bo‗ladi. Vagusning yurak qon tomir siitemasiga ta‘siri bolalikning erta yoshlik
davrining oxirlarida paydo bo‗ladi. Shu sabablik bolaning 2-3 yoshida yurak
urishining nisbatan sekinlashuvi, sinus aritmiyasi kuzatiladi. Demak, chaqaloq va
bolaning erta yoshlik davrining boshlarida yurak va qon tomir sistemasiga
simpatik asab sistemasining ta‘siri vagus ta‘siridan ustun bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |