kefologemotoma hosil bo‗ladi, ya‘ni suyak pardasi ostiga qon quyiladi,
bunda shish suyak choqi chegarasidan o‗tmaydi (tug‗ilish shishidan farqi).
Minorasimon bosh miya suyagi tug‗ma sifilisda uchraydigan belgilaridan biri
hisoblanadi. Mikrotsefaliya kraneostenozda liqildoq va choqlarning vaqtli
berkilishida kuzatiladi. Makrotsefaliya raxitda, miya ichki bosimi
oshganda kuzatilib, bunda liqildoqlarni berkilishi kechikadi. Agarda bolada
1,5 yoshdan so‗ng katta liqildoq ochiq qolsa, bu hol raxit, gidrotsefaliya yoki
miksedema kasalliklari bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. Shu bilan birga
liqildoqning boshqa xususiyatlariga ham e‘tibor berish kerak. Odatda liqildoqni
bola nafas olishi va pulsiga monand tebranishi yaxshi kuzatiladi, ammo bunda
liqildoq miya suyagi bilan bir tekislikda bo‗ladi. Katta liqildoq bola qattiq
yig‗laganda, yuqori haroratli kasalliklarda, ayniqsa miya bosimi oshganda,
gidrotsefaliyada miya pardasi yallig‗lanishlarida bo‗rtib chiqadi. Aksincha miya
bosimi pasayganda, yurak ishlashi susayganda, ko‗p qusib, ich ketganda, tana
suvsizlanganda katta liqildoq botiq bo‗lib qoladi. Suyak orasidagi choqlar yangi
tug‗ilgan bolada yaxshi paypaslanadi, agarda u kattaroq yoshdagi bolalarda aniq,
paypaslansa miya bosimining oshganligidan darak beradi. Bosh suyaklari odatda
normal qattiqlikda bo‗lib, liqildoq oldilari biroz egiluvchan bo‗ladi. Suyakning
patologik yumshab qolishi ikkala qo‗lning 4ta barmog‗i bilan ensa suyagini bosib
ko‗rib tekshiriladi. Bunda ensa suyagining oson pergament qog‗ozi singari
bukiluvchi bo‗lib qolishiga kraniotabes deniladi.
138
Tish chiqish vaqtini bilgan holda, bolalarda tish chiqish tartibiga yoki
mavjud bo‗lgan o‗zgarishlarga ahamiyat berish kerak. Tishlarning noto‗g‗ri
joylashishi, har xil kattalikda bo‗lishi, emalning yemirilishi yoki
yetishmasligi, ichki bezlar faoliyati, modda almashinuvining buzilishida,
vitaminlar yetishmasligida, tuberkulezda, sifilisda, to‗tqanoqli kasallikda
uchraydi. Tug‗ma sifilis kasalligida yuqori jag‗ kesuvchi tishlari bochkasimon
shaklda bo‗lib, kesuvchi chegarasi yarim oysimon qirqilgan ko‗rinishda
bo‗ladi. Bundan tishlar boshqalardan katta yoki kichik bo‗lib, Getchinson
kesuvchi tishlari deb ataladi.
Umurtqa pog‗onasining fiziologik egriliklaridan tashqari kuchli
darajadagi skolioz va kifoz holatida qiyshayishi raxitda, tuberkulez
spondilitida bo‗lishi mumkin. Ammo tuberkulyoz spondilitida umurtqa
pog‗onasi burchak hosil qilib qiyshayadi. Kifo-skolioz partada doimo noto‗g‗ri
o‗tiradigan, mushaklari bo‗shashgan, nimjon, kam harakatli, jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‗ullanmaydigan va uzoq vaqt raxit bilan og‗rigan bolalarda
kuzatiladi. Patologik kifoz yoki lordoz odatda umurtqa pog‗onasining
fiziologik kifoz lordoziga xos bo‗lmagan qismida joylashgan bo‗ladi
Bunday kifozlar raxit, umurtka pog‗onasining tuberkulez kasalliklarida
kuzatiladi. Chuqur bel lordozi ikki tomonlama toz-son bo‗g‗imi chiqqanda yoki
qotib kolganda, yassi oyoqda, xondrodistrofiyada bo‗ladi. umurtqa pog‗onasining
tuberkulezida, ba‘zan umurtqa formasi o‗zgargan bo‗lmasa ham, bola harakat
vaqtida uni ayaydi, chunki og‗rig‗i bezovta qiladi. Og‗riqni umurtqa pog‗onasini
perkussiya qilib ham aniqlash mumkin.
Oyoq kafti yassiligini aniqlashda bolani stulga oyoq qo‗llari osilgan
holda, tizzasi bilan qo‗yib hayolan tovon o‗rtasidan bosh barmoq asosiga
(birinchi chiziq) va tovon o‗rtasidan ikkinchi barmoq oralig‗iga (ikkinchi chiziq)
chiziq tortiladi. Normada oyoq kafti gumbazi o‗yig‗ining chizig‗i tashqaridan
ikkinchi chiziqdan ham o‗tib ketadi. Agar bunday chiziq birinchi chiziqqa ham yetib
bormasa - bu aniq bo‗ylama oyoq, yuzi yassiligi hisoblanadi. Agar bu chiziq-
chiziqlar orasida qolsa oyoq yuzi gumbazi o‗yig‗ining torayganidan darak
beradi. Ko‗ndalant oyoq yuzi yassiligida oyoq yuzi ko‗ndalangiga kengaygan
bo‗lib, barmoqlar yelpig‗ich shaklida bir-biridan qochgan bo‗ladi. Suyakda
og‗riq har turdagi yallig‗lanish o‗sma kasalliklarida , distrofik
jarayonlarda kuzatiladi. Bolani bo‗yiga cho‗zilish davridagi og‗riq suyaklarni tez
o‗sishi bilan bog‗liq bo‗ladi. T o‗ngi oyoqlardagi og‗riq, nervno-artralgik
diatezda kuzatiladi. Osteomielitda og‗riq mahalliy, ammo juda kuchlik bo‗lib,
og‗riqli joyni qizarishi, shishishi va tanada yuqori harorat bilan kechadi.
Osteomielit o‗chog‗i trubkasimon suyaklarni metafiz va diafizlarida bo‗lib,
ko‗pincha bo‗g‗imlarni ham jarohatlaydi. Suyak tuberkulezida yallig‗lanish jarayoni
kam rivojlangan bo‗ladi. Bo‗g‗imlardagi og‗riqlar, ularni shaklini o‗zgarishi,
shishlar, spetsefik yoki nospetsefik poliartritda, suzak kasalligida, dizenteriya va
boshqa turli bakteriyalar ko‗zg‗atgan artritlarda bo‗ladi. Bo‗g‗imdan yuqori yoki
pastroqdagi og‗riqlar odatda yassi tovonli bolalarni uzoq vaqt tik turganda bezovta
qiladi.
Simmetrik artritni rivojlanib boruvchi bo‗g‗im deformatsiyasi bilan
139
kechishi, hamda ertalabki harakat nochorligi yuvenil revmatoid artritga xos.
Infeksion virus kasalliklarida kuzatilgan artrit reaktiv artritga xos. Asosai o‗rta
va katta bo‗g‗imlar jarohatlanishidagi bo‗g‗imlardan bo‗g‗imlarga ko‗chib
yuruvchi artrit va artralgiya revmatizm kasalligiga xos. Bo‗g‗imlar hamda ileo-soqral
ulamasini jarohatlanishini, umurtqa pog‗onasini tortilishi bilan birga kechishi
Bexterev kasalligida (ankolozli spondiloartrit) kuzatiladi.
Rentgen nurlari vositasida suyak sistemasini tekshirish har xil turdagi
maqsadda qo‗llaniladi. Jumladan suyakning sinishi, destruktiv yallig‗lanishlar
(osteomielit) tashxisida, davolash natijasida suyakdagi o‗zgarishlarni
nazorat qilishda, suyak yoshini aniqlashda, modda almashinuvi kasalliklarida
suyak strukturasidagi o‗zgarishni aniqlashda qo‗llaniladi. Suyak zichligini
kamayish erta yoshdagi bolalarda kalsiy fosfor balansi buzilganda (raxit), katta
yoshdagi bolalarda endoqrin modda almashinuvi kasalliklarida kuzatiladi.
Suyak zichligining maxalliy (o‗chog‗lik) kamayishi giperparatireozda,
umumiy
kamayishi
buyrak
usti
bezi
faolligi
oshganda
yoki
glyukoqortikoidlar bilan uzoq davolaganda kuzatiladi. Ba‘zan suyak
sistemasi kasalliklari tashhisida laborator, jumladan bioximik tekshirishlar
o‗tkaziladi. Suyak modda almashinuv kasalliklarida qon zardobida kalsiy va
fosfor miqdori, hamda ularni siydik bilan chiqarilishi tekshiriladi. Qon
zardobidagi ishqoriy fosfataza miqdori hamda qon va siydikdagi oqsipirodin
mikdori suyakning so‗rilish va siydikdagi oqsipirodin mikdori suyakning
so‗rilish va formasini o‗zgarishida tekshiriladi.
Quyida erta yoshdagi bolalarda ko‗proq kuzatilib suyak sistemasini
jarohatlanishi bilan kechadigan raxit kasalligining asosiy belgilariga
to‗htalamiz.
RAXIT. Raxit j ad al o‗sib borayotgan 2 yoshgacha bo‗lgan
bolalar kasalligi hisoblanadi. Raxit umumiy organizmda moddalar
almashinuvi, reaktivlik jarayoni o‗zgarishi bilan kechib, bemor bolada
kasalliklarga qarshi kurashish holatlari pasaygan bo‗ladi.
Raxit kasaligi bola organizmini vitamin D, kalsiy, fosfor, magniy
kabi qator mikroelementlar va ba‘zi aminoqislotalar bilan yetarlik
ta‘minlanmasligi natijasida kelib chiqadi. Qayd etilgan yetishmovchiliklarga
bolaning chala tug‗ilishi, fermentativ yetishmaslik, hazm a‘zosi, buyrak va
endoqrin (qalqonsimon oldi va kalqonsimon bezi) bezlar faoliyatini
o‗zgarishi, hamda infeksion kasalliklar ham zamin yaratishi mumkin.
Raxitda vitamin D yetishmasligi sababli fosfor, kalsiy modda
almashinuvi buzilib, ular ichakdan yetarli so‗rilmaydi va qonda, hujayradan
tashqaridagi suyuqlikda va suyakda fosfor kalsiy mikdori kamayadi. Buyrak
orqali fosfatlarning chiqarilishi ko‗payib, atsidoz holati yuzaga keladi. Bu
holat fosfor-kalsiy tuzlarini suyaklarni o‗sish zonasiga yig‗ilishiga
to‗sqinlik qilishi bilan bir qatorda, ularni suyakdan yuvilib chiqarilishini
kuchaytiradi. Shular bilan bir qatorda oqsil almashinuvi ham buzilib, siydik
orqali muhim aminoqislotalarning chiqarilishi o‗zgargan oqsil mineral
kompleksini paydo bo‗lishiga olib kelib, normal ostogenez jarayoniga
to‗sqinlik qiladi. Natijada suyak yumshoq, egiluvchan, shakli osongina
140
o‗zgaruvchan bo‗lib qoladi.
Raxit kasalligi belgilari ko‗pincha bolaning 1-1,5 oylik davrida boshlansa
ham, 1 yoshga to‗lguncha kasallanish xavfi saqlanadi. Kasallikning
boshlanish davriga vegetativ asab tizimi funksional holatining buzilishiga xos
belgilar kuzatiladi. Bemor bola tez cho‗chiydigan, bezovta, injiq bo‗lib
qoladi. Uyqusi buzilib uyquda, ayniqsa qattiq. tovush, yorqin nur ta‘siriga
seskanib to‗shadigan bo‗lib qoladi. Shular bilan bir qatorda bola bexuda ko‗p
terlab, yostig‗i-kiyimlari xo‗l bo‗lib, bemorni bezovta qiladi. Bola boshini
yostiqqa ishqalashidan ensa sohasidagi sochlar to‗kila boshlaydi. Katta
liqildoq chetlari biroz yumshaya boshlaydi. Bu davr 2-3 hafta davom etadi.
Kasallik vaqtida aniqlanib, davolanmasa u kuchayib, avjiga chiqqan davri
boshlanadi. Bunda yuqoridagi o‗zgarishlar yanada rivojlanib, kasallikka xos
suyak tizimi o‗zgarishlari va ichki a‘zolar faoliyatini buzilishlari kuzatiladi. Katta
liqildoq chetlari yumshab, berkilib borishi sekinlashadi. Bosh chanog‗i choqlari
yumshab, ayniqsa ensa sohasida kraniotabes paydo bo‗ladi. Osteoid
to‗qimalar giperplaziyasi sababli pyoshona va chakka do‗ngliklari
paydo bo‗lib, bosh kvadrat, dumbasimon shakliga o‗xshab qoladi. Bunda
agar faqat pyoshona do‗ngi bo‗rtib chiqsa, b o‗nga «olimpiya pyoshonasi»
deyiladi. Katta liqildoq atrofida osteod to‗qimalarni o‗sishidan g‗adir budirliklar,
suyaklarni yumshashi(osteomalyatsiya) natijasida katta liqildoq atrofida tishlarga
o‗hshab maydalanishi kuzatiladi. Raxitda ko‗krak qafasi formasi ham o‗zgaradi.
Agar bunda qovurg‗alar biroz yumshab, mushaklarning tonusi pasayib qolsa,
diafragma birikkan joylari ichkariga tortilib qoladi va chuqur egatcha (Filatov
Do'stlaringiz bilan baham: |