5 BOB. BOLALAR YOSHIDA UCHRAYDIGAN TISH QATTIQ
TO`QIMALARINING NOKARIYES KASALLIKLARI
Bolalar yoshida keng tarqalgan tishlarning kariyes kasalligidan tashqari
organizm taraqqiyoti paytida sodir bo`ladigan turli tuman sabablar oqibatida
yuzaga keladigan kariyes tabiatiga xos bo`lmagan tish qattiq to`qimalarining
nokariyes xastaliklari xam stomatologiya amaliyotida tez-tez uchrab turishi
xammaga ma’lum.
Nokariyes tabiatiga ega bo`lgan mazkur kasalliklar guruxi o`zining rang-
barang klinik belgilari bilan kechadi va tishlar qatoridagi ma’lum gurux, bazan
aloxida bir tish, yoki butun tishlar qatorini shikastlaydi.
Zamonaviy, mukammalashgan tekshirish usullari mavjud bo`lishiga
qaramasdan ushbu kasalliklar xali to`la-to`kis yaxshilab o`rganilmagan. Bu narsa
nokariyes kasalliklar profilaktikasini va patogenetik davolash ishlarini ancha
mushkullashtiradi. Shunga qaramasdan stomatologiya fanini va amaliyotini oxirgi
yillardagi
muvaffaqiyatlari
mazkur
kasalliklar
klinikasini,etiologiya
va
patogenezini o`rganishda bir muncha yutuqlarga erishdi.
5.1. Follikulyar taraqqiyot davrida sodir bo`ladigan nuqsonlar.
Stomatolog shifokorlar o`zlarining kundalik amaliyotida oxirgi paytlarda
kariyes kasalligi bilan bir qatorda tish qattiq to`qimalarining follikulyar taraqqiyoti
davrida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan nuqsonlarini tez-tez kuzata boshlashdi.
Mazkur kasalliklar o`zlarining klinik belgilari, kechishi va tish qattiq to`qimalarini
shikastlash xususiyatlari bilan, tug`ma nuqsonligi bilan keng tarqalgan kariyes
xastaligidan farq kiladi.
Ilmiy manbaalar ma’lumotlarida tish qattiq to`qimalarining follikulyar
rivojlanishi davridagi buzilishlar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan
nokariyes kasalliklarining aniq klinik belgilari xarakteristikasi aniq yoritilmagan.
Ular tishlar yorib chiqqandan keyin sodir qilishi mumkin bo`lgan asoratlar xam
to`la-to`kis o`z aksini topmagan. Yagona bir tasnif xam tavsiya qilinmagan.
Bugungi kunda bizga ma’lum bo`lgan tasniflar (V.K. Patrikeev, M.I. Groshikov,
JSST) kasalliklar shakli, soni, guruxlari, klinik belgilarining aks ettirilishi bilan
bir-biridan farq qiladi. Bunda kasalliklar etiologik sabablarning turli-tumanligi,
klinik belgilarining rang-barangligi mazkur kasalliklarning biror bir to`kis tasnifini
tavsiya qilishni qiyinlashtiradi.
Biz tish qattiq to`qimalarining follikulyar davrida sodir bo`ladigan nokariyes
kasalliklarining klinik belgilarini ta’riflashda V.K. Patrikeev tomonidan 1968 yilda
tavsiya qilingan tasnifni(klassifikatsiya) asos qilib olganimizni e’tirof etamiz. V.K.
Patrikeev ma’lumotlariga asosan ta’riflanadigan nokariyes kasalliklar tish qattiq
to`qimalari rivojlanish nuqsonlari bo`lib, ularning quyidagi turlari mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |