Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Me’da, ichak, jigar kasalliklari



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

7.11.5. Me’da, ichak, jigar kasalliklari 
Bolalarda bunday xastaliklar mavjudligi oqibatida og`iz bo`shlig`ida, tilda 
karashlar paydo bo`ladi, surunkali milk yallig`lanishi, shilliq pardalarda suvli 
shishlar yuzaga kelishi mumkin. Organizm sezgirligining oshishi natijasida, og`iz 
shilliq pardasida surunkali tarzda kechuvchi yarali (aftoz) stomatit xastaligi kelib 
chiqishi kuzatilgan. 
Jigar to`qimasining surunkali yallig`lanishi oqibatida trombopeniya (qonda 
trombotsitlarning keskin kamayishi) kuzatiladi va natijada og`iz bo`shlig`i shilliq 
pardasida qontalash va qon oqish belgilari paydo bo`ladi. 
Buyrak xastaliklarida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kataral yallig`lanish 
jarayoniga uchraydi. Qizarib shishinqiragan shilliq pardaning tez-tez qonashi va 
ikkilamchi mikroblar natijasida nospetsifik infeksion stomatitlar aniqlanadi. 
Oqibatda og`ir kechuvchi surunkali buyrak xastaligi - uremiya (siydikning qonga 
o`tishi) kelib chiqadi. Uremiyada og`iz bo`shlig`i pardasi oqish tusga kiradi, uning 
namlanishi buziladi, so`lak quyuqlashadi, tilda qalin karashlar hosil bo`ladi va 
og`izdan ammiak hidi anqiydi. Ko`pchilik hollarda to`qima nekrozlari yuzaga 
keladi. 
Yurak-qon tomir kasalliklarida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining holati 
sistemada yuz bergan xastalik darajasiga, ya’ni qon aylanishining qay darajada 
buzilganligiga bog`liqdir. 
Ma’lumki, qon aylanish me’yori buzilganda to`qimalarda kislorodga 
nisbatan tanqislik (gipoksiya) seziladi. Bu tanqislik kuchliroq bo`lsa, og`iz 
bo`shlig`i shilliq pardasi, lablarning qizil hoshiyasi ko`kimtir tus oladi. Katta qon 
aylanish doirasida qon dimlanishi aniqlansa, shilliq pardalarda shishinqirash, 
to`qimada suv yig`ilishi kabi noxush belgilar paydo bo`ladi. 
Qon aylanishining II-III darajali buzilishlari bolalarda og`iz bo`shlig`i shilliq 
pardasida to`qimalar oziqlanishining (trofika) keskin yomonlashuviga, natijada 
og`ir nekrotik jarohatlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Bunday hollarda har 
qanday yengil mexanik ta’sirot natijasida shilliq pardada tez kattalashuvchi va 
chuqurlashib, muskul qavatgacha, hatto suyak to`qimasigacha yetib boradigan, 
uzoq vaqt mobaynida bitmaydigan yarali jarohatlar paydo bo`ladi. Yuzaga kelgan 
yaralar atrofida to`qima infiltratsiyasi va qizarish (giperemiya) belgilari 


242 
sezilmaydi. Nekroz oqibatida o`lgan to`qima uzoq vaqt ajralib tushmasdan turadi. 
Bemorlarda og`riq sezgilari kuchsiz, limfa tugunlarida o`zgarishlar deyarli 
sezilmaydi. Jarohatli yaralar bitishi sust kechadi va organizm umumiy ahvolining 
yaxshilanishiga bog`liq bo`ladi. 
Xastalik davosi
. Bemor bolalarni umumiy davolash muassasalariga yetkizi6 
davo chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur. Stomatolog-shifokor og`iz bo`shlig`i 
sanatsiyasini o`tkazishi, o`tkir tish qirralarini silliqlashi, ikkilamchi mikroblar 
ta’siriga qarshi kurashmog`i lozim. Jarohatlar mikroflorasining turini aniqlab, 
shilliq pardaga kerakli antibiotik eritmalari bilan ishlov bermog`i, yaralarni 
nekrozga uchragan to`qima qoldiqlaridan holi qilish maqsadida proteolitik 
fermentlardan (tripsin, ximotripsin va boshqalar 1 ml suvda 1 mg eritib) 
foydalanmog`i lozim. Nekrozga uchragan to`qimalardan tozalangan yarali 
jarohatlar yuzasiga to`qimalarning tiklanish xususiyatini kuchaytiruvchi vitaminli 
moylar: oblepixa, na’matak, kungaboqar yoki tozalangan paxta moyi kabi 
malxamlar surtiladi. Og`iz bo`shlig`i tez-tez antiseptiklar bilan chayilib turilishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish