Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

7.10.2. Rombsimon glossit 
Bolalarda xastalikning bu turi juda kam hollarda, onda-sonda uchraydi. 
Bolaning umumiy ahvolida xech qanday o`zgarish sezilmaydi, og`iz bo`shlig`i, 
tilning shilliq pardasi ko`zdan kechirilganda uning o`rtasidan o`tuvchi chiziq 
bo`ylab orqa qismida ipsimon so`rg`ichlar atrofiyasi natijasida atrof to`qimalardan 
ajrali6 turuvchi romb shaklidagi silliq maydonchani ko`ramiz. Bu nisbatan silliq 
rombsimon maydoncha to`q qizil rangi bilan ajralib turadi. 
Maxsus davo choralari o`tkazilmaydi. Bunday bemorlarda ichki a’zolar 
faoliyati tekshirilib, xastalikning asl sababini aniqlash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
7.10.3. Burmali til 
Juda kam uchraydigan tilning bu xil anomal rivojlanishi asosan Daun 
xastaligi bilan tug`ilgan yosh bolalarda aniqlanadi. Pubertat oldi va pubertat 
davrlarda til asosan mushak qavatining o`sishi hisobiga kattalashadi. Natijada 
shilliq parda yuzasida buylamasiga va ko`ndalangiga joylashgan chuqur yo`llar 
hosil bo`ladi.(52-rasm) Bolalar biror-bir og`riqdan shikoyat qilishmaydi. Bunday 
holatlarda maxsus davo choralari qo`llanmaydi, faqat og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga 
muntazam rioya qilish bilan kifoyalaniladi. 
7.10.4. Qora tukli til 
Til shilliq pardasining bu xildagi o`zgarishi ipsimon so`rg`ichlar 
giperplaziyasi (ko`payishi), ularni qoplovchi ko`p qavatli epiteliyning kuchli 
shoxlanishi natijasida so`rg`ichlar qalinlashuvi va uzayishi hisobiga kuzatiladi. Bu 


239 
xastalikda ipsimon so`rg`ichlar o`lchamlari 1 mm va undan oshiq bo`lishi mumkin. 
So`rg`ichlarning to`q sariq, qo`ng`ir-jigarrangdan tortib, qoramtir tusgacha 
o`zgarishi xususiy xol hisoblanadi. 
Tilning bunday noxush o`zgarishi bolalar yoshida onda-sonda, odatda biron-
bir kasallik natijasida antibiotiklar qabulidan keyin qayd etilishi extimoldan xoli 
emas. Til shilliq pardasidan surtib olib tayyorlangan preparatlarda har xil 
mikroorganizmlar, jumladan achituvchi zamburug`lar borligini ko`ramiz. Bu 
xastalikda bolalarning ishtaxasi pasayib, o`sgan so`rg`ichlar og`izda noxush 
sezgini paydo qilishi mumkin. 
Xastalik davosi
. So`rg`ichlarni shox moddasidan bartaraf etish maqsadida 
til shilliq pardasi 1-2% li rezorsin eritmasi shimdirilgan doka tamponlar bilan artib 
tozalanadi. Kattaroq (5 va undan katta) bolalarda bu maqsad uchun salitsil 
kislotasining 70° spirtdagi 1-2% li eritmasidan foydalanish mumkin. Til yuzasi 
kuniga 2 marotaba tish cho`tkasi bilan tozalanib, shilimshiq karashlardan 
tozalanadi. Shuningdek til shilliq pardasiga 10% li tetraborat kislotasining 
glitserinli eritmasini surtish achituvchi zamburug`lar asoratidan xalos etadi. 
Laboratoriya usulida tekshirilgadda kandida sinfiga mansub zamburug`lar topilgan 
hollarda shilliq parda yuzasiga (karashlardan tozalanib) nistatinli surgi - malxamlar 
surtish tavsiya etiladi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish