Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Ko`p belgili ekssudatli eritema



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

7.7.2. Ko`p belgili ekssudatli eritema 
Surunkali qaytalovchi bu xastalik infeksion-allergik tabiatga ega bo`lib, 
qaytalanish davrida giperergik (kuchli sezgirlik) ko`rinishdagi organizm 
reaksiyasini namoyon qiladi. Shu xil tabiatga ega bo`lgan kasalliklar singari 
xastalikka uchragan bolalarning kasallik tarixida bir qator a’zo va sistemalarda 
yashirin kechadigan, ko`p hollarda og`iz-burun-tomoq kasalliklariga moyil shart 
sharoitlar mavjudligi qayd qilinadi. Ko`p belgili ekssudatli eritema bilan maktab 
yoshidagi bolalar va o`smirlar kasallanadi. Kasallikni yuzaga keltiruvchi 
sabablardan biri - bola organizmida doimo saqlanib turadigan infeksiya 
o`chog`ining uzoq vaqt mobaynida organizm sezgirligini oshirishi va organizm 
kuchsizlangan paytda mikroblar va ularning toksini kuchli sezgirlik reaksiyasini 
keltirib chiqarishidadir. Bunday paytlarda kasallik o`tkir boshlanib, tana harorati 
40
0
C gacha ko`tariladi va kuchli zaharlanish belgilari paydo bo`ladi. Xastalikning 
tez-tez qaytalanib turadigan shaklida organizmning umumiy reaksiyasi birmuncha 
pastroq bo`ladi
.
Kasallik og`iz bo`shlig`ining shilliq pardasida, lablarning qizil hoshiyasida 
va teri qismida, yuz terisida har xil morfologik belgilarning paydo bo`lishi bilan 
boshlanadi.(44-rasm) Markaziy teri-tanosil kasalliklari institutining ma’lumotlariga 
qaraganda, 25-60% hollarda bu xastalikda belgilar og`iz bo`shlig`i shilliq pardasini 


230 
jarohatlaydi. Ko`p belgili ekssudatli eritema kasalligi organizm umumiy 
sezgirligining oshishi natijasida yuzaga kelib, teri, og`iz bo`shlig`ining shilliq 
pardasini, ba’zi bir og`ir kechuvchi shakllarida esa ko`z va tanosil a’zolar shilliq 
pardalarini ham jarohatlaydi. Kasallik davrida og`iz bo`shlig`ining shilliq 
pardasidagi kuyish va kuchli og`riq sezgisi tufayli bemorlarning ovqatlanishi, 
gapirishi qiyinlashadi. Og`iz bo`shlig`i ko`zdan kechirilganda, shilliq pardada yirik 
ыqizil dog`lar (eritema), gurux-gurux bo`lib joylashgan uchli bo`rtmalar (papula), 
bir qancha mayda pufakchalar va shilinish belgilarini ko`rish mumkin Og`iz shilliq 
pardasining qizarib shishish hollari kuzatiladi Bu belgilar ko`pincha lab, lunj, 
dahlizning o`tuvchi burmalari, til usti va osti shilliq qavatlari sathida kuzatiladi. 
Pufakchalar tezda yorilib, shilingan shilliq parda sathi fibrinli yengil karashlar 
bilan qoplanadi va oqish-sariq rangda bo`ladi. Ba’zi bir hollarda jarohat atrofida 
yorilgan pufaklar po`stloq qismining qoldiqlarini uchratish mumkin. Qisqich 
yordamida bu po`stloq qoldiqlarini ajratmoqchi bo`lsak, ular uziladi va Nikolskiy 
belgisining manfiyligini tasdiqlaydi. 
Toshmalar toshish davri odatda 5-8 kun davom etadi. Xastalikning keyingi 
kunlarida ikkilamchi belgilar paydo bo`lib, polimorfizm hodisasi belgilarining 
yanada rang-barangligini kuzatish mumkin. Bu xastalikda lablar, ayniqsa pastki lab 
ko`proq jarohatlanishi qayd etiladi. Pufaklar yorilib, labning qizil hoshiyasida qalin 
po`stloqlar hosil bo`ladi. Ikkilamchi infeksiya ta’sirida shilinish va yaralar paydo 
bo`lishi mumkin. 
Toshmalar ko`pipcha qo`lning kaft qismida, barmoqlar, bilak va kurakda 
aniqlanadi. 
Yuz terisida dumaloq, ko`kish-qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Yuzaga 
kelgan bu dog`larning o`rta qismida paypaslaganda qattiqlashgan infiltrat yoki 
pufakcha borligining guvoxi bo`lamiz. Ba’zan yuz terisi sathida to`q qizil hoshiya 
bilan o`ralgan pufaklar paydo bo`lishi mumkin.(44-rasm) 
Kasallik 2-4 hafta mobaynida og`ir klinik belgilar bilan kechadi. Jarohatlar 
xastalikning asoratsiz kechgan hollarida iz qoldirmaydi. 
Ko`p belgili ekssudatli eritemani o`tkir gerpetik va medikamentoz stomatit 
bilan solishtirib, farqlab ajratib olinadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish