Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`tkir gerpetik stomatitni davolash



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

O`tkir gerpetik stomatitni davolash.
Kasallikning dastlabki prodremal 
bosqichida, ya’ni shilliq pardada birinchi toshma belgilari paydo bo`lgunga qadar, 
maxsus viruslarga qarshi preparatlar mahalliy tarzda shilliq pardaga surtiladi. 
Bunday malxam (maz) dorilar qatoriga 0,5-1% li tebrofen, 0,5 li oksalin, 0,25% li 
alpizarin, atsiklovir, atsiklostad va boshqalar kiradi. 
Stomatologik poliklinikalarda o`tkir gerpetik stomatitlarni davolashda dori-
darmonlarni ishlatish quyidagicha amalga oshiriladi: 
1. Jarohatlangan shilliq qavat sathiga 2-3 minut vaqt mobaynida 5-10% li 
anestezinning biror o`simlik moyidagi emulsiyasi surtiladi. 
2. Jarohat yuzasi 0,5-1% li etoniy eritmasi yoki natriy mefaminat eritmasi 
bilan oxista yuviladi. 
3. Yumshok paxta turunda yoki shpritslar yordamida yuqorida ko`rsatilgan 
antiseptik eritmalar yoki lizotsim eritmasi bilan tish-milk cho`ntaklariga ishlov 
beriladi. 
4. Jarohatlangan shilliq qavat yuzasi 0,01% li kaliy permanganat (och pushti 
rangli) eritmasi bilan ballonchalar yordamida chayiladi. 
5. Jarohatlangan yuza 3-4 minut vaqt mobaynida proteolitik (oqsil 
parchalovchi) fermentlar - ximotripsin, ximopsinlarning eritmasi (1 mg - 1 ml 
erituvchi) shimdirilgan tamponlar bilan namlanadi. 
6. Mabodo tish milklarining chetlarida shilinish (eroziya) jarohatlari bo`lsa, 
milk-cho`ntaklariga neomitsin yoki ta’sir doirasi keng bo`lgan antibiotikli 
malhamlar kiritiladi. 
7. Kasallikning dastlabki kunlarida jarohatlangan shilliq qavat yuzasiga 
yuqorida ko`rsatilgan virusga qarshi, kechikib murojaat qilinganida esa karotolin, 
vinilin, solkoseril, na’matak, chakanda moyi, aekol kabi malhamlar surtiladi. 
Ularni surtishdan oldin jarohatlarni ultrafiolet, geliyneon lazer nurlari bilan 
nurlantirish maqsadga muvofiq bo`lib, ular jarohatlarning bitishini anchagina 
tezlashtiradi. Uy sharoitida xastalikning birinchi kunlarida 5-6 marta, 
jarohatlarning bitish davrida esa kuniga 3-4 marta quyidagicha muolaja o`tkazish 
maqsadga muvofiqdir: 
1) Jarohatlangan shilliq qavat yuzasiga 5-10% li anestezinning moyli 
eritmasini 2-3 minutga surtish; 
2) Jarohatlangan yuzani 0,5-1% li vodorod peroksidi yoki kuchsiz kaliy 
permanganat eritmasi bilan yuvish. 
To`qimalarning tiklanish davrida shalfey, romashka, zveroboy, kalendulz 
damlamalari bilan og`iz chayiladi. Kasallikning dastlabki kunlarida bu muolaja 
jarohatlangan yuzaga virusga qarshi ta’sir ko`rsatadigan hamda to`qimani tiklashda 
yordam beradigan (keratoplastik) malhamlar surtish bilan tugallanadi. Xastalikka 
chalingan bolalarning umumiy ahvolini yaxshilash maqsadida ichish uchun: 
1) 0,025 g bonafton preparati (kuniga 3-4 marta-dan, 3-4 kun mobaynida); 
2) tana haroratini pasaytirish maqsadida bir yoshgacha bo`lgan bolalarga 1 
osh qoshig`ida 1 % li, 2 yoshgacha bo`lgan bolalarga 2% li, 5 yoshlilarga 5% li 
salitsilat natriy eritmasi kuniga uch mahal ichiriladi; 


225 
3) organizmining sezgirligini pasaytirish uchun antigistamin preparatlaridan 
(suprastin, dimedrol, diprazin va boshqalar) bolaning yoshiga moc miqdorlarda 
ichish uchun buyuriladi. 
Xastalikka uchragan bolalarni davolash jarayonida parxez muolajasi ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar ovqati suyuk va iliq holda bo`lishi kerak: 
ularga tuzi pastroq go`shtli sho`rva, kefir (qatiq), tvorog, suzma, shakar solingan 
tuxum oqi kabi mahsulotlarni berish maqsadga muvofiqdir. Ovqatlanishdan oldin 
og`iz bo`shlig`i shilliq qavatiga og`riqsizlantiruvchi malhamlar surtish ancha 
yordam beradi. Ich yurishi buzilganida (qabziyat) moyli klizmalar buyuriladi. 
O`tkir gerpetik stomatitning o`rtacha og`ir va og`ir shakllarida bolalar 
kasalxonalarga yotqizilib davolanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish