O`tkir yuqumli xastaliklarda davo choralari.
O`tkir yuqumli kasalliklarda
asosiy davo choralarini infeksionist-pediatr olib boradi. Og`iz bo`shlig`i shilliq
pardasida sodir bo`ladigan yallig`lanish jarayonlari va ular asorati bilan
stomatologlar kurashadi. Mahalliy davo choralarining asosiy maqsadi og`iz
bo`shlig`i sanatsiyasi va ikkilamchi infeksiya hurujini olishga qaratilgan bo`lishi
lozim. Buning uchun og`iz shilliq pardasi mahalliy og`riqsizlantirilib
(anestezinning yog`li eritmasi, novokain eritmasi, piromekain eritmasi yordamida),
KMnO
4
ning 1:6000 li eritmasi, vodorod peroksidining 1% li eritmasi yordamida
antiseptik yuviladi. Yarali shikastlanishlarda 0,25% li xloramin, 0,02% li furatsilin
eritmasi yordamida ishlov beriladi. Yaralar yuzasini karashlardan tozalash uchun
uning yuzasiga proteolitik fermentlardan: tripsin, ximotripsin yoki ximopsinning
fiziologik suyuqlikdagi eritmasidan foydalanish mumkin.
Tishlar orasi va tish-milk cho`ntagi o`tmas ninali shpritsdan foydalanib
yaxshilab yuviladi. Tish karashlari va toshlari tozalanadi. Ichish uchun albatta
sezgirlikni pasaytiruvchi dori-darmonlar buyuriladi (5-10% li glukonat kaltsiy 1
choy qoshiqdan, kuniga 3 marta, dimedrol, diazolin, tavegil va boshqalar bolaning
yoshiga qarab). Ko`proqq suyuqlik (choy, kompot, mineral suv) ichish, suyuq,
yumshoq ovqatlar istemol qilish buyuriladi. Ovqkatlar tez hazm bo`ladigan va
yuqori kalloriyali bo`lishi shart.
7.6.6. O`tkir gerpetik stomatit.
Bu kasallik 1 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalar og`iz bo`shlig`i shilliq
pardasi xastaliklarining 70-80 foizini tashkil qiladi. Kasallik qo`zg`atuvchisi oddiy
gerpes (toshma) virusi hisoblanadi. Bu virus axoli orasida keng tarqalgan
viruslardan hisoblanadi. Kasallik tarqatuvchi manbaa bo`lib, xastalikka uchragan
bolalar yoki kishilar hisoblanadi. Kattalarda kasallikning yengil, qaytalanuvchi
turlari qayd qilinadi. Og`iz shilliq pardasi bu xil virus ta’sirida yallig`lanishining
yosh bolalarda og`ir kechishiga (1-3 yoshgacha), homila paytida yoki ko`krak suti
orqali ona organizmidan bolaga o`tgan sust (tayyor antitela shaklidagi)
immunitetning yo`qolishi, bu yoshda organizm himoya vositalarining to`liq
shakllanmaganligi, bolaning tez-tez kasallanishi natijasida organizmning
kuchsizlanishi, tez-tez shamollashlar sabab bo`ladi. Kasallik havo-tomchi
(vozdushno-kapelnыy)
yo`li
orqali,
xastalikka
uchragan
bolaning
o`yinchoqlaridan, idish-tovoqlaridan foydalanilganda yuqadi. O`tkir gerpetik
stomatit kasalligining yashirin davri virus organizmga yuqqanidan keyin 3 kundan
6 kungacha davom etishi mumkin.
Xastalik klinik kechishiga qarab, uch xil shaklda qayd etiladi: 1) yengil
shakl; 2) o`rtacha og`irlashgan shakl; 3) og`ir kechuvchi shakl.
Kasallikning har bir shaklida to`rtta rivojlanish bosqichi kuzatiladi: 1)
prodromal-kataral yallig`lanish bosqichi; 2) toshmalar paydo bo`lish bosqichi; 3)
klinik belgilarning kuchayish bosqichi (razgar); 4) tuzalish bosqichi.
O`tkir gerpetik stomatitning yengil shakli prodromal bosqichning kuchsiz
namoyon bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqich ko`pgina hollarda ota-onalar
223
uchun sezilmagan holda o`tishi mumkin. Toshmalar eroziya shilinish shaklida
namoyon bo`ladi. Bunda yuzaga kelgan birinchi belgi - pufakchalar tezda yoriladi
va klinik ko`rinishni aniqlashga ulgurilmaydi. Pufakchalar og`iz bo`shlig`i epiteliy
qavatining orasida hosil bo`ladi va ustki po`stloq devori juda yupqa bo`lganligidan
tezda yoriladi. og`iz shilliq pardasiga toshmalar toshishi bir necha soatdan 1-2
sutkagacha bo`lgan davr mobaynida aniqlanadi, og`iz shilliq pardasi ko`zdan
kechirilyotganda oldingi bir necha tishlar atrofidagi milk so`rg`ichlarining qizarib,
shishganligini ko`rish mumkin.
Bu yengil kataral yallig`lanish belgisidir. Bolalar
bunday hollarda ovqatlanish, so`rg`ich so`rish paytidagi og`riqdan shikoyat
qiladilar. Tana harorati subfebril, bolaning umumiy ahvolida o`zgarish sezilmaydn.
Xastalikning o`rtacha og`irlashgan va og`irlashgan shakllari bolaning
umumiy ahvolida o`zgarish paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Tana harorati 38-40°
S gacha ko`tariladi, umumiy zaharlanish belgilari paydo bo`ladi, bolaning ishtaxasi
yomonlashadi, u ovqat yeyishdan bosh tortadi. Prodremal bosqich 1-4 kun
mobaynida davom etadi. Bu bosqich davomida milk shilliq pardasi qizaradi,
shishinqiraydi, paypaslab ko`rilganda jag` osti limfa tugunlarining kattalashgani
aniqlanadi. Keyingi bosqichda og`iz shilliq pardasining ko`proqq oldingi qismida:
tanglayda, milklarda, lunj, lablar sohasida, yuqori, pastki lablarning qizil
hoshiyasida va ayniqsa yuz sathining atrofidagi teri qismida toshmalar paydo
bo`ladi.
Lablarning qizil hoshiyasi va yuzning teri qismida pufakchalarni aniq
ko`rish mumkin. Pufakchalar ichidagi suyuq ekssudat tiniq seroz yoki qon
aralashgan holda bo`lib, keyinchalik ularning ko`rishi natijasida o`rnida oqish-
rangsiz yoki to`q qizil po`stloq hosil bo`ladi. Toshmalar kasallikning o`rtacha og`ir
shaklida 2-3 kun, og`ir shaklida esa 4-5 kun mobaynida paydo bo`lib turadi. Ba’zi
bir hollarda uzoqroq davom etishi ham mumkin.
Xastalikning og`ir shaklida hosil bo`lgan pufakchalar tezda yorilib, bir-biri
bilan qo`shilishi natijasida og`iz shilliq pardasiniig lab, lunj, til, tanglay, ba’zi bir
hollarda yutqin sohalarida katta yuzaga ega bo`lgan jarohatlar yuzaga keladi.(37-
rasm) Bunday hollarda milk sathining kuchli kataral yallig`lanishi kuzatiladi.
Milklarda kuchli qizarish, shish paydo bo`ladi va eroziya (shilinish) aniqlanib,
shilliq pardaning butunligi buziladi. Milk cho`ntaklaridan quyqasimov suyuqlik
sizib chiqadi. Bolalarning umumiy ahvoli butun toshmalar toshish bosqichi
davomida og`irlashadi. Ular ovqat, suvdan butkul bosh tortadilar. Bu holat
organizmning umumiy zaharlanishini kuchaytiradi. Tana harorati ko`tarilib,
bolaning uyqusi buziladi. Ba’zan og`ir hollarda ich ketishi, qusish yoki ich
yurishmay qolishi mumkin. Xastalikning og`ir kechishiga, bolaning umumiy
ahvolining bu qadar yomonlashuviga shilliq pardaga tushgan viruslarning tezda
ko`payishi, ular ishlab chiqargan zaharli moddalarning qonga o`tishi va markaziy
asab sistemasining tegishli markazlarini qo`zg`atishi sabab bo`ladi. Viruslar va
mikroblar ta’sirida bola organizmining immunologik himoya vositalari zaiflanadi.
Xastalik paytida bola organizmi suvsizlanadi, og`iz bo`shlig`ining me’yordagi
gigiyena holati buziladi. O`tkir gerpetik stomatit xastaligi o`zining klinik belgilari
va kechishi bilan bir qator xastaliklarga o`xshab ketadi. Shuning uchun kasallikni
224
to`g`ri aniqlash maqsadida uni ekssudatli eritema va medikamentoz stomatit kabi
xastaliklardan farqli (differensial) tashxis qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |