Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bob. OG`IZ BO`SHLIG`I SHILLIQ QAVATI KASALLIKLARI



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

7 Bob. OG`IZ BO`SHLIG`I SHILLIQ QAVATI KASALLIKLARI. 
Stomatologiya amaliyotida «stomatitlar» atamasi og`iz bo`shlig`i shilliq 
qavati rang-barang kasalliklarining umumlashgan tushunchasi bo`lib, aniq biror - 
bir kasallikni aynan bildirmaydi. 
Og`iz bo`shlig`i shilliq qavati hazm qilish sistemasining boshlang`ich sohasi 
bo`lganligi sababli, bola tug`ilishi bilanoq turli mahalliy ta’sirotlar ta’siriga 
uchraydi. Bundan tashqari o`zining vazifalarini bajarish bilan birgalikda 
organizmda kechayotgan umumiy noxush jarayonlarning belgilarini ham o`zida 
aks ettirdi. Bunday holat og`iz bo`shlig`i shilliq qavatini organizm ichki 
dunyosining oynasi deb baholashda, ko`pgina hollarda to`g`ri deb tan olingan. 
Yuqoridagi fikrlarni hisobga olgan holda, og`iz bo`shlig`i shilliq qavatidagi 
o`zgarishlar va kasallik belgilarini tahlil qilish paytida stomatolog-shifokor shilliq 
qavatga ta’sir ko`rsatayotgan mahalliy sabablar bilan birgalikda organizmda 
kechayotgan umumuiy jarayonlarni ham albatta inobatga olmog`i zarur. 
Og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklari barcha yoshdagi kishilarda 
uchraydi. Lekin bolalarda kechadigan bunday kasalliklar o`zining o`tkir kechishi, 
tez rivojlanishi va organizm umumiy ahvolining o`zgarishi bilan harakterlanadi. 
Bunday hollarda bolaning kechinmalari (anamnez) va ota-onalar bayon qilgan 
fikrlarni 
sinchiklab 
eshitib 
umumlashtirmoq, 
pediatrlar, 
infeksionistlar, 
nevropatologlar, endokrinologlar kabi mutaxassislar fikrini bilmoq maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari, qo`shimcha tekshirishlar (bioprobalar, 
sitologik tekshirishlar, biopsiya va boshqalar) o`tkazib, ularning natijalarini to`g`ri 
tahlil qilish kasallikka to`g`ri tashxis qo`yishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ba’zi bir kasalliklar faqat bolalar yoshiga mansubdir. Bularga bir yoshgacha 
bo`lgan bolalarda uchraydigan tanglay yarasi (Bednar aftasi) yoki ko`pchilik 
hollarda bolalardagina qayd qilinadigan o`tkir gerpetik stomatit, og`iz bo`shlig`i 
shilliq qavatining qizamiq, qizilcha (skarlatina) va difteriya (burma) 
kasalliklaridagi shikastlanishlar misol bo`la oladi. Shu bilan birgalikda 
stomatologiya amaliyotida bolalar yoshida uchraydigan leykoplakiya, haqiqiy 
(chin) po`rsildok kabi xastaliklar shilliq qavat jarohatlanishlari hisoblanadi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish