Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
1.9.7. Tish eliksirlari
Tish eliksirlari og`iz bo`shlig`ini chayish uchun ishlatiladigan vositadir. Ular 
tishlar tozaligini mustahkamlaydi, tish karashlari hosil bo`lishining oldini oladi va 
og`izga xush ta’m va xushbo`ylik kabi sifatlarni beradi. 
Eleksirlar tarkibiga biologik aktiv moddalar qo`shiladi. Shifobaxsh 
o`simliklarning spirtli ekstraktlari eleksirlarning asosini tashkil qiladi. Eleksirlar 
tarkibida kariyesga qarshi ta’sir ko`rsatuvchi moddalar, davolash xususiyatiga ega 
qo`shimchalar, profilaktika vositalari, dezodorantlar saqlashi mumkin. "Ksident" 
eleksiri o`z tarkibida natriy ftor, ksidifon preparati saqlaydi. Bu preparatlar 
organizmda kalsiy miqdorini boshqarib turadi va tish karashlari va toshlari hosil 
bo`lishining oldini oladi. 
"Lesnoy", "Paradontax", "Salvatimol" kabi eleksirlar yuqori davolovchi, 
yallig`lanishga qarshi hususiyatlarini namoyon qilib, tarkibida-shalfey, romashka, 
mirrix, exinatsey o`simliklarining damlamalarini tutadi. 
O`z tarkibida triklozan, natriy ftor saqlovchi "R1ax" eleksiri kariyesni oldini 
olibgina qo`ymay tishlarda karashlar hosil bo`lishini ham kamaytiradi. "Sensitive" 
eleksiri o`z tarkibida olovo ftoridini saqlab kariyesning oldini olishda va tishlar 
sezgirligini pasaytirishda faol ishtirok etadi. 
1.10. Bolalar yoshida og`iz bo`shligining malakali gigiyenasi.
Malakali gigiyena
- bu, og`iz bo`shlig`i, tishlar yuzasidan yumshoq 
karashlarni, tish cho`kmalarini (toshlarini) maxsus asbob-uskunalar yordamida 
mutaxassis tomonidan ma’lum profilaktika qoidalariga rioya qilgan holda 
tozalashdan iborat muolajadir.
Bugungi kunda bolalar o`rtasida amalga oshiriladigan og`iz bo`shlig`ining 
malakali gigiyenasi tadbiri stomatologik kasalliklar kompleks profilaktikasi 
elementlaridan biriga aylangan. 
1970 yili shved mutaxassislari Axelssen va Lindhe lar og`iz bo`shlig`i 
malakali gigiyenasini kariyes va parodont yallig`lanishi kasalliklari profilaktikasi 


299 
programmasiga kiritishgan. Bu kompleks programma o`z ichiga quyidagi 
tadbirlarni olgan: 
1. bolalarni ratsional ovqatlanishini ta’minlash 
2. ftor saqlovchi vositalarni mahalliy qo`llash 
3. og`iz bo`shlig`i gigiyenasining muntazamligini ta’minlash 
4. malakali gigiyenani amalga oshirish. 
Mazkur dasturga muvofiq 
OG
`
IZ 
bo`shlig`ining malakali gigiyenasini amalga 
oshirishlar orasidagi vaqt bolalarda 2-3 haftani tashkil qilgan, chunki zich 
karashlar mavjud paytida gingivit belgilari va boshlang`ich kariyes rivojlanishi 
uchun taxminan shuncha vaqt yetarli ekan. 
Bugungi kunda og`iz bo`shlig`i malakali gigiyenasini amalga oshirish vaqti 
bolada shu muolajaga nisbatan talab paydo bo`lishi bilan bog`liq qilib belgilangan 
(NEXO dasturi bo`yicha). 
OG
`
IZ 
bo`shlig`i malakali gigiyenasi amalga oshirish qoidalari: 
1. Barcha tishlar yodli yoki eritrozinli bo`yoq bilan bo`yaladi. Shifokor bemorga 
tishlar qatoridagi karash ko`proqq yig`iladigan sohalarni oyna orqali ko`rsatadi. 
Bemorlarga tishlarni to`g`ri yuvish qoidalari o`rgatiladi va amalga oshiriladi; 
2. Tishni cho`tka va pastalar bilan tozalagandan so`ng qolgan tish karashlari abrazivli 
ftor saqlovchi silliqlovchi maxsus pastalar yordamida tozalanadi. Abraziv modda 
sifatida asosan dioksid kremniydan foydalaniladi. Ftoridlar konsentratsiyasi 
abraziv tozalovchi pastalarda 0,1% (0,22%-NaF yoki 0,8%-Na
2
R0
3
F
-
) ni tashkil 
etadi. 
Tishlarning chaynov yuzasidan karashlar aylanuvchi maxsus cho`tkalar 
yordamida, silliq yuzalardan esa-yumshoq rezina qalpoqchalar yordamida abraziv 
pasta bilan tozalanadi. Bunda abraziv pasta tutgan cho`tka va rezina qalpokchalar 
aylanish tezligi 5000 ayl/sek tashkil etishi kerak. 
Tishlarning kontakt (aproksimal) yuzalari flosslar yordamida tozalanishi 
lozim: 
3. Tishlar yuzasi karashlardan tozalanib bo`lgandan so`ng tish tozaligi darajasini 
nazorat qilish kerak bo`ladi. Mustaqil nazorat uchun bolalarga uyda tishlar 
karashini buyovchi tabletkalar (eritrozin) tavsiya qilinadi. 
Kariyes profilaktikasi dasturiga binoan o`tkazilayetgan og`iz bo`shlig`i 
malakali gigiyenasi tadbirlari orasidagi muddat boshida bir muncha qisqa bo`lsa, 
keyinchalik bora-bora bu muddat borgan sari uzaya boradi. Buning sababi dastur 
asosida o`tkazilayotgan chora-tadbirlar bolalar 
OG
`
IZ 
bo`shlig`ining gigiyenik 
holatini kun sayin yaxshilab boradiki, unda endi tez-tez malakali gigiyenaga o`rin 
qolmaydi. 
NEXO dasturiga binoan malakali gigiyenalar o`rtasidagi muddat quyidagi 
faktorlar bilan bog`liq bo`ladi: 
1. bolalar va ota-onalarning dasturga qiziqishi; 
2. bolalar tishlarining kariyes bilan zararlanish darajasi; 
3. doimiy tishlarning chiqish darajasi (asosan birinchi va ikkinchi doimiy molyar 
tishlar); 
4. doimiy molyar tishlarning chaynov yuzalarida kariyes belgisining mavjudligi. 


300 
Kariyes diagnostikasi darajasi tozalangan tishlarda ancha yuqori bo`lishini 
inobatga olib, og`iz bo`shlig`i malakali gigiyenasini profilaktik ko`rik paytida 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
Malakali gigiyenadan so`ng uning samaradorligini og`iz
bo`shlig`i gigiyenik 
indeksini tekshirib ko`rish yo`li bilan amalga oshiriladi. Gigiyenik indeks 
ko`rsatkichi tishlar yuzasida karashlar va toshlar mavjudligini miqdor jihatdan 
aniqlashga yordam beradi. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish