287
uning asoratlari mavjud bemorlarga tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. Kariyes
profilaktikasida parodont va nokariyes kasalliklari mavjud xollarda mazkur
pastalarning samarasi yuqori ekanligi isbotlangan.
Davolovchi – profilaktik pastalar tarkibiga kirgan komponentlar asosida 5
guruxga bo`linadi:
1.
O`simlik moddalari tutuvchi
2.
Tarkibida tuzlar saqlovchi
3.
Tarkibida fermentlar saqlovchi
4.
Tarkibida biologik aktiv moddalar saqlovchi
5.
Kariyeska qarshi tarkibli tish pastalari
Tarkibida shifobaxsh o`simlik moddalari saqlovchi tish pastalari
Mazkur pastalar modda almashinuvini jonlantiradi, yaxshilaydi, to`qimalar
regeneratsiyasini kuchaytiradi, milklardan qon ketishini kamaytiradi, og`izdagi
noxush hidlarni bartaraf etadi. Quyidagi guruxga kiruvchi tish pastalari bilan
tanishamiz.
―Lesnaya‖ tish pastasi o`z tarkibida 5% xvoy-karotin massasini saqlaydi.
Unda xlorofidd, karotin, askorbin kislotasi, tokoferol, balzamli smola mavjuddir.
Tarkibida shunday kompleks moddalarning borligi mazkur pastani milk
to`qimasiga yaxshi ta’sir etib yallig`lanish jarayonlariga barxam berishni, og`izda
noxush hidlarni yo`qotish, xushbo`y qilishni, milklardan qon oqishini bartaraf
etishni va shilliq parda regeneratsiyasini ta’minlaydi.
―Romashka‖ tish pastasi romashka va zveroboy singari shifobaxsh
o`simliklarning suvli-spirtli ekstrakti bilan boyitilgan bo`lib, yallig`lanishga qarshi,
antiseptik, yaxshi tozalovchi xususiyatlarga va yaxshi maza ta’mga egadir.
Shu guruhga kiruvchi, bolalar uchun mo`ljallangan ―Buratino‖ xam tarkibida
romashka, mingyillik va qalampirmunchoq
o`simliklarining
ekstraktini saqlab,
yallig`lanishka qarshi kuchli vosita sifatida milklar yallig`lanishida juda yaxshi
samara beradi.
Bolalar tish pastasi ―Щelkunchik‖ kalendula ekstrakti asosida tayyorlanib,
tarkibida karotin, likonin, efir moylari, organik kislotalar saqlaydi. Fitonsidlarga
boy bo`lib, yallig`lanish jarayonlarida yuqori samara beradi.
―Parodontax‖ nomli tish pastasi ham tabiiy o`simliklar asosida tayyorlangan.
Ushbu tish yuvish pastasi milklardan qon oqishini oldini oladi, yallig`langan
milklarga ijobiy ta’sir ko`rsatadi, bakteriyalarni ko`payishini to`xtatadi, uglevodlar
parchalanishidan hosil bo`lgan organik kislotalarni neytrallash hususiyatiga ega.
Milklarni mustahkamlaydi va yaxshi tozalash sifatiga egadir. Mazkur tish pastasi
tarkibida yalpiz, mirt, shalfey, romashka, rataniya, bikarbonat natriy tutadi, bu esa
parodont kasalliklarini profilaktikasi va davolash ishlarida samarali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: