33-rasm. Q’izamiq’da Belskiy - Filatov - Koplik dog’lari
199
Q’izamiq’da mikroskopik ko’rinish: nafas yo’llari shilliq’ q’avatida shish,
nekroz o’chog’i, epiteliyda metaplaziya zonalari, shilliq’ osti q’avatida
limfogistotiostitar infiltrastiya bo’ladi. Retikuloendotelial tizimda - Warthin-
Finkeldey hujayralari uchraydi. Teri - dermaning so’rg’ichli q’atlamida shish
ko’rinishidagi o’zgarishlar, perivaskulyar limfogistiostitar infiltrastiyali q’on
q’uyilishlar, kasallikning 2-kunida epidermisda nekroz fokuslari paydo bo’ladi,
lunjning ichki yuzasi shilliq’ q’avatida Belskiy - Filatov – Koplik dog’lari
kuzatiladi (33-rasm).
Yashirin davri 8-14 kun (kam hollarda 17 kungacha). O’tkir davrida -
haroratning 38-40°C gacha ko’tarilishi, q’uruq’ yo’tal, burun bitishi, yorug’likdan
q’o’rq’ish, aksirish, ovozning bo’g’ilishi, bosh og’rig’i, q’ovoq’ning shishishi,
kon’yuktivaning q’izarishi, halq’um giperemiyasi va q’attiq’ va yumshoq’
tanglayda q’izil dog’lar - q’izamiq’ enantemasi kuzatiladi.
Q’izamiq’ toshmasi (ekzantema) - kasallikning 4-5-kunida paydo bo’lib,
dastlab yuzga, bo’yinga, q’uloq’ orq’asiga, keyingi kuni tanaga, 3-kunida esa
toshmalar q’o’l va oyoq’ning yoziladigan yuzalariga toshadi. Toshmalar mayda
papula holida bo’lib, keyinchalik q’o’shilib ketishi mumkin (bu uning q’izilchadan
farq’laydigan belgisi bo’lib, q’izilchada bu toshmalar q’o’shilib ketmaydi).
Toshmaning yo’q’olishi 4-kundan boshlanadi. Bunda harorat me’yorlashadi,
toshma to’q’ rangga kirib, pigmentastiyalanadi va ko’chishi boshlanadi (toshma
q’anday ketma-ketlikda toshgan bo’lsa, shu ketma-ketlikda q’aytadi).
Pigmentastiya 1-1,5 hafta davomida saq’lanib turadi.
Asoratlari: laringit, nafas siq’ishi (hiq’ildoq’ning torayishi), traxeobronxit,
birlamchi q’izamiq’ zotiljami, ikkilamchi bakterial zotiljam, q’izamiq’ enstefaliti,
gepatit, limfadenit, mezenterial limfadenit.
OITS.
OIV – infeksiya odam immuntanq’isligi virusi keltirib chiq’aradigan,
immun tizim va asab tizimida zararlanish va og’ir yuq’umli infeksiyalar (parazitar)
yoki xavfli o’smalar hamda enstefalopatiya belgilari bilan kechadigan kasallikdir.
200
OITS (orttirilgan immun tanq’islik sindromi) OIV-infeksiyasining og’irgi
bosq’ichi hisoblanadi.
Epidemiologiyasi.
Kasallikning birdan bir infeksiya manbai - ushbu virus (34-
rasm) bilan kasallangan odamdir. Kasallikning klinik belgisi kuzatilmagan
shaxslar, ya’ni virus tashuvchilar bir muncha xavfli bo’lib, aholi o’rtasida OIV
infeksiyasining tarq’alishida asosiy sababchi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |