210
Rejalashtirish
pedagogik
vaziyat
rivojlanishidagi
noaniqlik
ulushining sezilarli darajada kamayishiga, balki pedagogning bugungi
va ertangi kunlardagi harakatlarining izchilligini ta‘minlashga ham
imkon beradi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish pedagog,
bolalar jamoasi va ota-
onalarning hamkorligiga, ular tomonidan hamkorlikdagi o‗z vazifalari
va maqsadlarining anglab etilishiga, maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi
hayotni qiziqarli, foydali, ijodiy jarayonga
aylantirish istagiga
asoslanadi.
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy
tayyorgarligini, uning tajribasini, o‗z faoliyati natijalarni ko‗ra olish
mahoratini, ularning tahlil qilinishini, shu jumladan, MTT dagi ish shart-
sharoitlarini hisobga olish lozim bo‗ladi.
Ta‘lim-tarbiya faoliyati guruhning kun tartibiga
6
tayanib, unda
kundalik harakatlar, bolalar o‗yinlari, bo‗sh
vaqt va pedagog
rejalashtirgan ta‘lim-tarbiya ishlarining turlari
7
navbati
bilan
ko‗rsatiladi.
Ta‘lim-tarbiya faoliyati ta‘limiy va ijtimoiy ehtiyojlarni (sog‗liq,
ovqatlansh va xavfsizlik) qondirish maqsadlarida bolaning yoshga doir
va individual rivojlanishiga asoslanadigan o‗quv rejasiga muvofiq olib
6
―Ilm yo‗li‖ variativ dasturiga 6-ilova, «Boshlang‗ich ta‘limga
bolalarning majburiy bir yillik tayyorlash bo‗yicha guruhlardagi
namunaviy kun tartibi».
7
―Ilmga yo‗li‖ variativ dasturiga 7-ilova, «Majburiy bir yillik
tayyorlash guruhida o‗tkaziladigan mashg‗ulotlarning namunaviy
miqdori»
berilgan. Ta‘lim-tarbiya faoliyati bolaning
kundalik hayotidan va uni
o‗rab turgan muhitdan
8
kelib chiqadigan yaxlit butun mavzularga
birlashtiriladi.
Ta‘lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirish o‗qitish shart-sharoitlariga
bog‗liq holda integratsiyalash, turli-tumanlik va moslashuvchanlik
asosida
amalga oshiriladi, mana shunday qilib pedagog ishlarning
rejasini mustaqil ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Ta‘lim-tarbiya faoliyatida rejalashtirishning quyidagi turlari ajratib
ko‗rsatiladi:
yillik mavzuiy rejalashtirish;
haftalik rejalashtirish.
Rejalashtirish
davomida
faoliyatning
maqsadlari,
mavzusi,
mazmuni va turlari keltirib o‗tiladi. Faoliyatni tanlab olishda ta‘lim-
211
tarbiya faoliyatining umumiy maqsadlari ham, rivojlanish sohalari
bo‗yicha
maqsadlar
ham,
faoliyat
mazmuni
va
turlarining
integratsiyalashuvi ham hisobga olinadi.
Rejalashtirish davomida kun tartibini e‘tiborga olish zarurdir. Kun
tartibi ish sur‘atini belgilab beradi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga
bir tekisda o‗tishga yordam berishi kerak. Shuni yodda tutish kerakki,
o‗yin maktabgacha yoshda bolaning asosiy faoliyat turi bo‗lib
hisoblanadi. kun tartibini tuzib chiqishda kunduzgi uyqu (bu
hisobga
olinmasligi ham mumkin), dam olish vaqti, sayr qilish vaqti hisobga
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: