228
Maktabgacha ta‘lim sohasida milliy va xorijiy mutaxasislarning
tajribalari 6-7 yoshli bolalarning rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‗qitilishi
uchun o‗z dasturlari ishlab chiqiladigan, boshlang‗ich ta‘limga majburiy
yillik tayyorgarlik bo‗yicha guruhlar tashkil etilgan yoki tashkil etilishi
kutilayotgan O‗zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta‘lim va
umumta‘lim tashkilotlarining pedagoglariga yordam berishga safarbar
etilgan.
XI bob. Ilovalar
1-ilova. Bolalarni boshlang„ich ta‟limga majburiy yillik tayyorlash
bo„yicha guruhlarda ishlovchi pedagoglar uchun tavsiya
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-
dekabridagi ―Boshlang‗ich ta‘limga bolalarni
majburiy bir yillik
tayyorlashga
bosqichma-bosqich
o‗tish bo‗yicha chora-tadbirlar
haqida‖gi 999-sonli qarori bilan mos holda maktabgacha ta‘lim tizimini
kelgusida takomillashtirish, sog‗lom, faol, to‗la rivojlangan,
ijtimoiy
moslashgan bola shaxsini shakllantirish, shuningdek, boshlang‗ich
ta‘limga bolalarning sifatli tayyorgarligi va kelgusidagi muvaffaqiyatli
o‗quv faoliyatiga shart-sharoitlarni yaratish maqsadlarida respublikaning
barcha hududlarida bosqichma-bosqich tarzda 6-7 yoshli boshlang‗ich
ta‘limga bolalarni majburiy yillik tayyorlash guruhlari tashkil etiladi.
Mazkur
guruhlarda
bolalar
har
tomonlama
rivojlanadilar.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotilarida maktabgacha ta‘lim bilan qamrab
olinmagan bolalar bilan ishlash borasida har qanday yangi ish kabi
ma‘lum bir qiyinchiliklarga duch keladi.
―Ilm yo‗li‖ variativ dasturi mualliflari tomonidan mulkchilik
shaklidan qat‘iy nazar barcha maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 6 -7
yoshli bolalarni boshlang‗ich ta‘limga bolalarni majburiy bir yillik
to‗lovsiz tayyorlash bo‗yicha guruhlardagi pedagogik jarayonni
to‗laqonli ravishda tashkil etishga yordam beradigan metodik
tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.
Shuni ko‗zda tutish kerakki, maktabgacha ta‘lim qamrab olingan va
maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qatnamagan bolalarning rivojlanish
darajasi sezilarli ravishda farqlanadi. Aynan mana shuning uchun ham
kelgusi barcha ishlar asosiga har bir tarbiyalanuvchining individual
qirralari va intelelktual imkoniyatlari sinchiklab o‗rganilishi qo‗yilishi
zarur bo‗ladi.
Eslatib o‗tamizki, o‗qitish va tarbiyalash tizimi ham maktabgacha
ta‘lim
tashkilotida, ham oilada bolalar faoliyatining istalgan turi
229
ko‗rinishida, shu jumladan, o‗quv mashg‗ulotlarida o‗yinlardan
foydalanish negizida olib borilishi lozim.
6-7 yoshli bolalarning o‗qitilishini tashkil etish mazkur guruhlarda
individual, hamkorlikdagi mashg‗ulotlar yoki rivojlanish markazlarida
kichik guruhlar bo‗yicha didaktik va rolli o‗yinlar, kuzatishlar, tajriba
qilish shaklida olib borilishi mumkin.
XULOSA
1. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik
tassavurlarni shakllantirish metodikasining
nazariy asoslari va amaliy
masalalarini o‗rganish kichik, o‗rta va katta yoshdagi bog‗cha
tarbiyalanuvchilarining
ilk
matematik
bilim
va
ko‗nikmalarni
egallashlariga, faolligini oshirish usullarini bo‗lajak maktabgacha ta‘lim
tarbiyachilarining kelgusi amaliyotda muhim vosita hisoblanadi va
dastlab bolalarga elementar matematik tushunchalar ustida ishlashga
o‗rgatishda hamda ularning qo‗llanilishiga doir misol va masalalarni
yecha olishga o‗rgatish muhim o‗rinni egallaydi.
2. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik
tassavurlarni shakllantirish usularidan foydalanishga doir mashq va
topshiriqlarni bosqichma-bosqich bajarishga o‗rgatish, ular yordamida
tahlil qilish, tadqiqot o‗tkazish, kichik, o‗rta va katta yoshdagi bog‗cha
tarbiyalanuvchilarining mantiqiy ilk matematik
faoliyat tadbiqlarini
amaliy faoliyatda zarurligi va qo‗llash usullriga o‗rgatishda foydalanish
ularning bilim saviyalarining oshishiga va fikrlashlarini o‗stirishga
ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
3. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik
tasavvurlarni shakllantirish usullari yordamida bolalar bilan sonli
miqdorlar, geometrik shakllar, fazo va vaqtga doir konkret mashqlar va
masalalar yechish jarayonida nazariy mantiqiy savollardan foydalanish
nafaqat mantiqiy tafakkur ko‗nikmalarini rivojlantirishga, balki nazariy
qoida va tushunchalarning tadbiqlarini go‗zlashtirilishini ta‘minlaydi va
ularni bosqichma-bosqich tafakkur usullari
mohiyatini tushunishlariga
xizmat qiladi.
4. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik
tassavurlarni shakllantirish usullaridan foydalanish ko‗nikmalarni
shakllantirishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash: loyihalash
usuli, axborot –kommunikativ vositalaridan foydalanish, turli interfaol
dars usullarini qo‗llash, bunda o‗qituvchining turli imkoniyatlardan
foydalana olishi, tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o‗rinli foydalana
olishini talab etadi.