Toshkent shaxar Yashnobod tumani
457- DMTT da tashkil etilgan “BIR YILLIK MAJBURIY TA’LIM GURUHI”DA tarbiyachi G.Normatovaning olib borgan ishlar yuzasidan tayyorlagan yillik
HISOBOTI.
O’zbekistob Respublikasi Vazirlar Maxkamasinining “Bolalarni boshlang’ich ta’limga bir yillik tayyorlashga bosqichma – bosqich o’tish chora – tadbirlari to’g’risida ” gi 132- sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida 2021- 2022 o’quv yilida Toshkent shaxar Yashnobod tumani 457-DMTT da “Bir yillik majburiy ta’lim guruhi ” tashkil etildi.
Ushbu guruhga 2021- yil avgust oyidan boshlab 5 yoshu 6 oylikdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar ro’yxati “ ” MFY bilan hamkorlikda shakllantirildi. Ushbu ro’yxat asosida 457 – DMTT “Bir yillik majburiy ta’lim ” guruhiga jami 30 ta bola qamrab olindi. Shundan: ta 2015 –yil,
ta 2016 –yil, ta nafar 2017 –yilda tavallud topgan bolalardir. Bir yillik majburiy ta’limga qamrab olingan tarbiyalanuvchilar uchun EMES dan yo’llanmalar olindi, har bir bolaning ota- onasi bilan o’zaro hamkorlik shartnomasi tuzildi, ota- onalardan arizalar olindi. Bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasidan nusxa, ota- onasining pasport kopiyasidan nusxa hamda sog’lomligi to’g’risidagi ma’lumotlar to’planib “Majburiy bir yillik ta’lim” papkasi shakllantirildi.
2021- yil sentabr oyida “Ilm yo’li “ variativ dasturi bo’yicha yillik ish reja,”Davlar talablari, me’yorlari” 05-01,“Ish jurnali’’ 05-02 , “Bolalarni qayd etish daftari” 05-03, “Bolaning rivojlanish xaritasi” 05- 04, “Pedagoglar bilan hamkorlik” 05-05 , “Bolalani qayd etish daftari “ kabi ish hujjatlarini shakllantirdim. Ushbu hujjatlar 457- DMTT direktori N.Eshmatova tomonidan imzolandi va muxrlandi.
Yillik ish reja asosida oylik va haftalik ish rejalari tuzdim. O’quv yili uchun to’rtda asosiy vazifalarni belgilab oldim va o’tilgam mashg’ulotlarda mana shu belgilab olingan vazifalarni amalga oshirdim. Bir yillik majburiy ta’lim guruhida o’tkazilgan mashg’ulotlar jadvalini “Ilm yo’li ”variativ dasturi asosida ishlab chiqdim. Ushbu jadval asosida bir hafta davomida tarbiyalanuvchilar bilan quyidagi mashg’ulotlar olib borildi. Musiqa mashg’uloti- haftada ikki marotaba, Jismoniy tarbiya mashg’uloti- haftada ikki marotaba, ingliz tili mashg’uloti – haftada bir marotaba, elementar matematika mashg’uloti – haftada 2 marotaba, savodxonlikka o’rgatish mashg’uloti- haftada bir marotaba, nutq o’stirish mashg’ulotlari- haftada bir marotabadan o’tkazildi. Ish hujatlarim o’z vaqtida yuritib bordim va DMTT uslubchisi va direktori tomonida uslubiy tavsiyalarni olib , kamchiliklarini to’ldirib bordim.
Do'stlaringiz bilan baham: |