Mart oyi mavzusi:
Hafta mavzusi: “O’zbekistonda bahor. Tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar”
Hafta mavzusi: “Kitob bilan do’stlashaman’’
Hafta mavzusi: “Xalq udumlari. Navro’z bayrami”
Hafta mavzusi: Hashorotlar va tabiatdagi kichik do’stlarimiz.
Yuqoridagi mavzular asosida mashg’ulotlar 5 markaz asosida tashkil etildi. Tarbiyalanuvchilarni bilim , ko’nikmalari kengaytirildi. Bahor faslida tabiatda bo’ladigan mavsumiy o’zgarishlar daraxtlar kurtak ochishi, issiqsevar qushlarning qaytib kelishi, yomg’ir yog’ishi shu kabi tabiatdagi o’zgarishlar haqida tushuncha berildi. Ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazildi. Suxbatlar asosida tarbiyalanuvchilarga axloqiytarbiya berib borildi.
Aprel oyi mavzusi:
Hafta mavzusi: “Xalqaro salomatlik kuni. Salomatlik asboblari”
Hafta mavzusi: “Koinot sirlari. Yulduzlarga parvoz”
Hafta mavzusi: “ Men va atrofimizdagi olam – dunyo mamlakatlari bo’ylab sayohat”
Hafta mavzusi: “ Yer kuni – sayyorani saqla! Ekalogik tarbiya.”
Aprel oyi mavzusida tozalik , salomat haqida maktab hamshirasi G. Begimova suxbat olib bordi. Tozalik va unga rioya qilish shartlari haqida gapirib o’tdi, ayrim tibbiy asboblar nomlari bilan tanishtirib o’tdi.
Mashg’ulotlar davomida yer sayyorasini asrsh , biz tabiatni asrash uchun qandayishlar amalga oshirishimiz kerakligi haqidagi videorolik tomosha qilindi. “Nima yaxshi, nima yomon” o’yini orqali tabiatda qanday yordam berish lozimligi uqtirildi. Tarbiyalanuvchilar markazlarga bo’linib rasmlar chizdilar, legolar bilan korxona va fabrikalarni yasadilar va boshqa faoliyat bilan mashg’ul bo’ldilar.
457- DMTT pedagog hodimlari bilan hamkorlikda 2021- 2022 o’quv yilida ishlab, “Bolalarning rivojlanish xaritasi” ni yilda uch marotaba noyabr, fevral va may oyida to’ldirib bordim. Unga ko’ra 5ta soxa: jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy – hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o’qish va yozish ko’nikmalari, bilim olish(anglash) orqali rivojlanish , ijodiy rivojlanish soxalari orqali bolalarning rivojlanishini belgilab bordim. O’quv yili davomida 5ta soha bo’yicha ortda qolayotgan bolalar bilan yakka tartibda ishlarni pedagoglar bilan hamkorlikda olib bordim. Nutqida nuqsoni bor uch nafar tarbiyalanuvchi bilan 457—DMTT defektalogi hamkorligida korreksion mashg’ulotlar olib borildi va qoniqarli natijaga erishildi. O’quv yili davomida musiqa rahari bilan hamkorlikda bir necha tadbirlar o’tkazildi. Xususan: 8- dekabr “Konstitutsiyamiz baxtimiz qomusi” nomli bayram tadbiri, 2021- yil 24 – dekabrda “Yangi yil ” bayram tadbiri, 14 – yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabari bilan bayram tadbiri, 31- yanvar “Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov tavallud sanasida, birinchi prezendimiz xotirasiga bag’ishlangan” tadbir, 26- mayda “Xayr bog’cham ” tadbirlarini o’tkazdik .Ushbu tadbirlarda tarbiyalanuvchilar o’zlarining yod olgan she’rlari, saxna ko’rinishlari, qo’shiq va raqslari bilan faol ishtrok etdilar.
2021- 2022 yil o’quv yili davomida olib brogan nutq o’stish mashg’ulotlarida tarbiyalanuvchilarga 20 dan ortiq she’rlarni yod oldirdim, O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari nomlari va ularning ahamyati haqida tushunchalarini shakllantirdim. Hiloya, ertak, maqol va topishmoqlar orqali bollalarning diqqati , xotirasi va topqirligi rivojlanishiga erishdim. Mamlakatimizda yashab ijod etgan allomalar nomlari va ularning ibratli hayoti bilan tanishtirdim.
Mashg’ulotlarni 5ta markaz: qurilish- yasash va matematika markazi, san’at markazi, til va nutq markazi, sjujetli - rolli o’yinlar va dramalashtirish markazi, ilm- fan va tabiat markazi asosida olib bordim. O’tilgan har bir masjg’ulotni markazlar asosida bolalarga tushuntirib berdim.
O’tilgan mashg’ulotlar asosida bolalarning bajargan qo’l mexnatlarini shaxsiy partfolialariga yig’ib bordim. O’tilgan mashg’ulotlar natijasida tarbiyalanuvchilar yil yakuniga kelib , Lotin tiliga asoslangan o’zbek alifbosini to’liq o’zlashtirdilar, so’zlarni bo’g’inlarga bo’lib o’qiy boshladilar.
Harflarni bosma shaklini yozadi, katta va kichik harflarga ajtadi, harlarga yangi so’zlar tuzadi. Unli va undosh harflarni bir – biridan farqlay biladi. So’zlarni bo’g’inlarga bo’ladi.
Elementar matematika mashg’ulotlarida esa tarbiyalanuvchilar quydagi natijalarga erishishdi. 1 dan 100 gach bo’lgan sonlarni sanaydi. Namuna asosida mustaqil 1dan 100 gacha bo’lgan raqamlarni yozadi. 1dan 10 gacha bo’lgan sonlar ichida qo’shish, ayrish amallarini bajaradi. 1dan 20 gacha bo’lgan sonlarni to’g’ri va teskari sanab bera oladi. Sonlarni o’zaro katta, kichikligini taqqoslaydi.
Til va nutq markazi mashg’ulotlarimizning natijasida tarbiyalanuvchilar ko’pgina she’rlarni yod oldilar, o’qib berilgan hikoya va ertaklardan xulosa chiqarishni o’rgandilar. Rasm asosida 4-5 ta gapdan iborat qisqa bog’lanishli matn tuzishlariga erishildi.
Syujetli- roli o’yinlar va dramalashtirish markazida ayrim ertak qahramonlari , shifokor, sotuvchi va shu kabi o’zlari uchun qiziqzrli bo’lgan kasb va qahramonlar rolini jonlantirdilar. Bu orqali bolaning mustaqil ravishda fikr yuritishiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |