Tarbiyachining mashg’ulotga tayyorlanishi. Mashg’ulotning sifati va uning natijasi tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik ko’rganiga bog’liq. Mashg’ulotga tayyorlanish mazmuniga quyidagilar kiradi: mashg’ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni tayyorlab qo’yish, bolalarni mashg’ulotga tayyorlash.
Tarbiyachi bir bo’limdan bitta emas, balki butun bir mashg’ulotlar sistemasini rejalashtirgandagina ma’lum natijaga erishishi mumkin. Masalan: “Kiyim qanday tikiladi?” mavzusini rejalashtirishda bir qancha mashg’ulotlarni belgilab chiqadi: kiyimni qanday tikish to’g’risida gapiradi va tikish uchun kerakli narslaarni ko’rsatadi; yaqinroqdagi atelyega ekskursiyaga boriladi gazlamalar to’g’risida suhbat o’tkaziladi. Birinchi mashg’ulotda bolalarning tikish va kiyim to’g’risidagi bilimlari aniqlanadi; bolalar tikuv mashinasi va tikish uchun kerak bo’ladigan boshqa asboblar bilan tanishishadi; tarbiyachi bolalarga ularni ko’rsatib, gapirib beradi, qisman tikish jarayonini ko’rsatadi.
Ikkinchi mashg’ulotda bolalar atelyedagi asbob –anjomlarni, tikuvchilarning ish jarayonini kuzatishadi, texnik moslamalar (elektr tikuv mashinalari, dazmollaydigan mexanik presslar, elektr qaychilar) bilan tanishishadi va qanday qiyimlar tikilishini bilib olishadi. Uchinchi mashg’ulotda bolalar har xil matodan tikilgan kiyimlar bilan tanishib, ularni bir –biridan fraqlashga o’rgatiladi.
Shunday qilib, tarbiyachi har bir mashg’ulot mazmunini qonkretlashtiradi, bajarish usullarini tanlaydi, bunda albatta bolalarning yoshi va imkoniyatlari e’tiborga olinadi.
Ba’zi bir mashg’ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko’riladi va u rejada ham aks ettiriladi. Masalan, “Bizning bayram” degan mavzudagi rasm mashg’ulotidan oldin bolalar bilan bayramona yezatilgan ko’chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni ko’rish, oynan jahon orqali ko’rsatilgan bayram eshittirishlari bo’yicha suhbat o’tkazish mumkin. Tayyorgarlik ishlari bolalarning mashg’ulotga hissiyot tayyorgarligini ta’minlaydi. Tarbiyachi mashg’ulotning borishini batafsil o’ylab ko’radi. Unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanishga intiladi.
Masalan, yuqorida aytib o’tilgan “kiyim qanday tikiladi?” mavzusiga oid birinchi mashg’ulotning borishi quyidagicha bo’lishi mumkin: pedagog bolalarga bir –birlarining kiyim –boshlarini ko’zdan kechirish va bu haqda gapirib berishni taklif etadi. Agar 3 -4 boladan so’ralsa, bunga 3-4 daqiqa kerak bo’ladi. Keyin tarbiyachi: “Kiyimlaringizni kim bergan?”, “Magazindan tayyor holda sotib olinadigan kiyimlar qayerda tikilishini kim biladi?”, “Tikish uchun qanday buyumlar kerak?” degan savollarni beradi. Bu savollarga javob berish ham 3-4 daqiqa vaqtni oladi. Shundan keyin bolalarga gazlama, andaza, qaychi, santimetr, igna, angishvona, tikuv mashinasini ko’zdan kechirish va har bir buyumning vazifasini so’zlab berish taklif etiladi. Bunga 8 -10 daqiqa vaqt ketadi. Shu mashg’ulotning o’zida tarbiyachi qo’g’irchoq kiyimi tikishning ayrim jarayonlarini, andaza bo’yicha fartukni bichib olish, tikuv mashinasida cho’ntakni tikish, qo’lda tugmalarni qadash va tikishdagi ketma –ketlik haqida gapirib berishi kerak. Bunday mashg’ulot 20 -25 daqiqa davom etadi.
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rishda tarbiyachi tegishli metodik adabiyotlardan foydalanadi.
Murakkab mashg’ulotlarga tayyorlanish konspekt tuzishni taqozo etadi. Unda mashg’ulotning mazmuni (ta’lim va tarbiyaviy vazifalar), tayyorlanishi kerak bo’lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan daslabki ishlar (agar bunga zarurat bo’lsa), mashg’ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko’rsatiladi. Mashg’ulot jarayonini bayon yetib yozishda mashg’ulotning booshi va oxirida 9yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o’tishda) bolalarni uyushtirish va keyingi faoliyat turiga o’tishda) bolalarni uyushtirishni alohida ajratib ko’rsatish kerak.
Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun jihozlarni o’z vaqtida tayyorlash o’arur. Ularni tanlash mashg’ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilangan metodik usullarga bog’liq.
Odatda metodikakabinetida “Bolalar bog’chasida ta’lim tarbiya dasturi”ning hamma bo’limlari bo’yicha metodik qo’llanmalar bo’ladi. Yetishmaganini tarbiyachi o’zi tayyorlaydi, ba’zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Mashg’ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligini tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o’tkazadigan bo’lsa, u oldindan ekskursiya o’tkaziladigan joyga borib kelishi, kuzatish uchun obyekt tanlashi, bolalarni qanday joylashtirishni o’ylab qo’yishi, eng yaqin va xavfsiz marshrutni atnlashi kerak. Mayda sanoq materiali, rasm mashg’uloti, applikasiya, qurish –yasash, uchun materiallar, she’r, ertak matnlari oldindan tayyorlab qo’yiladi. Yua’zi mashg’ulotlarga tayyorgarlik ancha oldin boshlanadi. Masalan, kichik guruh bolalariga ekish yoki ko’chat o’tqazishga qiziqsh uyg’otish uchun ularga ko’karib turgan o’simlikgi ko’rsatish kerak. Buning uchun uni avval yetishtirish zarur.
Navbatchilar mashg’ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullarni qulay qilib joylashtiradilar, qo’llanma va materiallarni qo’yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya va musiqa mashg’ulotlaridan oldin bolalar poyabzalni almashtiradilar, sport formasini kiyadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |