Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi” fanidan 2-kurs (sirtqi)



Download 299,17 Kb.
bet14/15
Sana17.07.2022
Hajmi299,17 Kb.
#816310
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ANATOMIYA

Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq M.ga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi.
Silliq M. kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy M. deyiladi. Silliq muskul nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi, sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organo-idlari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil M.ga skelet muskullari va yurak muskuli (miokard) kiradi. Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. M. shakliga koʻra uzun, qisqa, yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga boʻlinadi. Bajaradigan vazi-fasiga koʻra qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi, tushiruvchi, yozuvchi, boʻquvchi, chaynovchi va h. k. M.ga ajratiladi.
Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi vadumi deb ataladi. Baʼzi M.ning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (mas, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). M.ning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. M.da kon tomirlar koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan M. sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi.
Tana muskullari orqa, koʻkrak va qorin M.idan iborat. Orqa M.i yuza va chuqur boʻladi. Ular kurakni koʻtaradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, boʻyinni yozadi, yelka va qoʻlni orqaga va ichkariga tortadi, nafas olish va chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur M.i umurtqa pogʻonasini tiklaydi.
Koʻkrak M.i xususiy tashqi va ichki qovurgʻalararo M., yelka kamari va qoʻl bilan bogʻlangan katta va kichik koʻkrak M.i, oʻmrov usti va oldingi tisheimon M.ga boʻlinadi. Tashqari qovurgʻalar-aro M. qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki M. esa nafas olish va chikarishda ishtirok etadi.
Qorin M.i tashki va ichki qiyshiq M., qorinning koʻndalang va toʻgʻri M.i, shuningdek, belning kvadrat muskulidan tashkil topgan. Qorin M.i toʻgʻri tanani oddinga bukadi, qiyshiq M.i yon tomonlarga egilishini taʼminlaydi. Bu M. qorin pressini tashkil etib, asosiy funksiyasi qorin aʼzolarini funksional qulay holatda ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi M.ining qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tugʻish jarayonlarini taʼminlaydi. Qorin M.i fassiya bilan krplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish bilan shugʻullanib muskul tolalarida miofibrillarni koʻpaytirish va shu tarika muskul kuchini oshirish mumkin.
Barcha M.ning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir (qarang Muskul kisqarishi), bunda muayyan ish bajariladi. M. kuchi muskul tolalaridagi miofibrillar soniga bogʻliq; yaxshi rivojlangan M.da ular koʻp, suyet rivojlanganlarida kam. Yuz va boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov M.iga boʻlinadi. Ular yuz mimikasida, chaynashda va pastki jagʻni harakatlantirishda qatnashadi. Bulardan tashqari, boʻyin hamda qoʻl M.i bor. Skelet M.ining deyarli hammasi richaglar qonuniga muvofiq boʻgʻimlardagi suyaklarni harakatga keltiradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin muskul bor. Odam gavdasidagi barcha erkin harakatlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib, murakkab shartli va shartsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining asosiy qismi, hazm yoʻlining deyarli hammasi, oʻt pu-fagi va krvuq, bachadon nayi, bachadon silliq M.dan tuzilgan.
Ichki aʼzolar devori silliq M.ining qisqarishi sekin va chuvalchang oʻrmalashisimon boʻladi. Silliq M. refleks yoʻli bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda ogʻriq paydo boʻladi (mas, jigar va buyrak sanchigʻi, ichak spazmi va h.k.).
Yurak muskuli tuzilishi va vazifasiga koʻra koʻndalangtargil hamda sillits M.dan farq qiladi. Unda boshqa muskullarda boʻlmaydigan xususiyat — maʼlum ritm va kuchga ega boʻlgan qisqarishlar avtomatizmi bor. Yurak muskuli umr boʻyi ritm bilan toʻxtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi.[1]

Muskullar.

Download 299,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish