Ovqat hazm qilishning boshqarilishi
Ovqat hazm qilish organlarining funksiyasi nerv va gumoral yo'l bilan boshqariladi.
Ovqat hazm qilishning nerv sistemasi orqali boshqarilishi. Ovqat hazm qilishning nerv markazi uzunchoq miyada va oraliq miyaning ko'rish do'mbog'i ostida (gipotalamusda) joylashgan. Bu nerv markazi parasimpatik (adashgan) va simpatik nervlar orqali ovqat hazm qilish organlari ishini boshqaradi.
Og'iz bo'shlig'i shilliq pardasida va tilda joylashgan ta'm sezuvchi nerv tolalari (retseptorlar) og'iz bo'shlig'iga tushgan ovqat ta'sirida qo'zg'aladi. Bu qo'zg'alish sezuvchi nerv tolalari orqali uzunchoq va oraliq miyadagi ovqatlanish nerv markazlarini qo'zg'atadi. Ulaming qo'zg'alishi parasimpatik nerv tolalari orqali quloq oldi, til osti va jag' osti so'lak bezlarining ishini kuchaytiradi va so'lak ajralishi ko'payadi. Bu og'iz bo'shlig'ida ovqatning maydalanishi va yutilishini qulaylashtiradi. Yutilgan ovqat me'da shilliq pardasidagi retseptorlar orqali ovqatlanishning nerv markazlarini qo'zg'atadi. Natijada parasimpatik nerv tolalari oshqozon osti va ichak bezlaridan ajraladigan shira suyuqliklarini hamda jigardan ajraladigan o't suyuqligini ko'paytiradi. Bu esa me'da va ichakda ovqat hazm bo'lishini ta'minlaydi.
Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishi. Gipofiz bezidan ajraladigan gormonlarning ba'zilari ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi, qalqonsimon bezning tiroksin gormoni esa bu bezlar ishini susaytiradi.
Bundan tashqari, ovqat hazm qilish shartli reflekslar orqali ham boshqariladi. Bu reflekslaming markazi bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan. Ovqatlanishning shartli reflekslari odam tug'ilgan vaqtda, ya'ni chaqaloqlik davrida bo'lmaydi. TurIi ovqatlarning mazasi, hidi, tashqi ko'rinishiga nisbatan odamning hayot tajribasi ortishi natijasida shartli reflekslar paydo bo'la boshlaydi, ya'ni mazasini tatib ko'rgan ovqatga nisbatan shartli refleks hosH bo'ladi. Bunday ovqatni ko'rish, hidini sezish, hatto nomini eshitish, u haqda o'ylash oldin hosil bo'lgan shartli refleks markazini qo'zg'atadi va so'lak, me'da-ichaklarda shira
ajralishini kuchaytiradi. HayajonIanish, g'azablanish, qo'rqish, og'riq kabi tuyg'ular retlekslar orqali bosh miya po'stlog'idagi ovqatlanishning oliy nerv markazini tormozlaydi Bu vaqtda simpatik nerv qo'zg'aladi. Bu esa so'lak va shira ajralishini kamaytiradi, oshqozon-ichaklarning harakat funksiyasini pasaytiradi. Shuning uchun hayajonlanganda, ayniqsa salbiy tuyg'ularda odamning ishtahasi pasayadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |