Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

JAHON BOLALAR ADABIYOÒI
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 4 0
— Ana, Qizil Shapkacha kelyapti! — der ekanlar.
Bir kuni oyisi somsa pishirib, qizchaga aytibdi:
— Oying aylansin, Qizil Shapkacha, mana bu somsa bilan
kuvachadagi yog‘ni buvingga oborib bergin, eson-omonligini bilib
kelgin.
Qizil Shapkacha kiyinib, buvisini ko‘rgani narigi qishloqqa
ketibdi. U o‘rmondan o‘tayotsa, oldidan bir Bo‘ri chiqib qolibdi.
Bo‘ri Qizil Shapkachani yamlab yutib yuborgusi kelibdi-yu, lekin
botinolmabdi, chunki shu yaqin orada o‘tinchilar daraxt kesib
yurar, boltalarining taraq-turuq ovozi eshitilib turar ekan.
Bo‘ri yalinib qizdan:
— Qizil Shapkacha, qayoqqa ketyapsan? — deb so‘rabdi. Qizil
Shapkacha bo‘lsa, o‘rmonda to‘xtab, Bo‘ri bilan gaplashishning
qanday qo‘rqinchli ekanini bilmas ekan. Shuning uchun ham u
Bo‘ri bilan salomlashibdi-da, keyin debdi:
— Buvimni ko‘rgani ketyapman, buvimga mana bu somsalar
bilan kuvachada yog‘ oboryapman.
— Buvingning uyi uzoqdami? — deb so‘rabdi Bo‘ri.
— Ha, ancha uzoqda, — deb javob beribdi Qizil Shapkacha.
— Òegirmon orqasidagi qishloq bor-ku, hov ana, eng chekkadagi
uyni ko‘ryapsanmi — o‘sha.
— Yaxshi, — debdi Bo‘ri, — men ham buvingni ko‘rib
kelaman. Manavi yo‘ldan boraman, sen bo‘lsang anavi yo‘ldan
bor. Ko‘ramiz, kim oldin borarkan.
Bo‘ri eng yaqin yo‘ldan g‘izillab chopib ketibdi.
Qizil Shapkacha bo‘lsa eng uzoq yo‘ldan yurib ketibdi.
Qizcha yo‘lma-yo‘l to‘xtab, gullar teribdi, guldasta yasabdi.
Qizil Shapkacha hali tegirmon oldiga yetmagan ekan. Bo‘ri
kampirning uyiga yetib kelib, eshikni taqillatibdi.
— Òaq-taq!
— Kim? — deb so‘rabdi kampir.
— Men nevarangiz Qizil Shapkachaman, — deb javob beribdi
Bo‘ri ovozini ingichka qilib. — Siznikiga mehmon bo‘lib keldim,
somsa bilan kuvachada yog‘ keltirdim.
Kampir bu vaqt to‘shakda kasal bo‘lib yotgan ekan. U chindan
ham Qizil Shapkacha kelgandir deb o‘ylab, shunday debdi:
— Jonginam, ipni tort, eshik ochiladi!
Bo‘ri ipni tortibdi — eshik ochilibdi. Bo‘ri chopib borib,
kampirni bir yamlab yutib yuboribdi. Bo‘ri judayam och ekan,
negaki u uch kundan beri ovqat yemagan ekan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 4 1
Keyin Bo‘ri eshikni yopib, kampirning to‘shagiga kirib yotibdi-
da Qizil Shapkachani kuta boshlabdi. Òezda Qizil Shapkacha kelib,
eshikni taqillatibdi:
— Òaq-taq!
— Kim? — deb so‘rabdi Bo‘ri.
Qizil Shapkacha Bo‘rining xunuk ovozini eshitib, avval
qo‘rqibdi, keyin: buvim tumov-pumov bo‘lgandir, — deb o‘ylab,
javob beribdi:
— Men nevarangiz Qizil Shapkachaman. Sizga somsa bilan
kuvachada yog‘ keltirdim.
Bo‘ri yo‘talib olib, ingichka ovoz bilan:
— Ipni tort, jonginam, eshik ochiladi, — debdi.
Qizil Shapkacha  ipni  tortsa — eshik ochilibdi.
Qizcha uyga kiribdi. Bo‘ri bo‘lsa ko‘rpaga burkanib olib, debdi:
— Somsani stolga, kuvachani tokchaga qo‘y, o‘zing yonimga
kelib yot! Juda charchagandirsan.
Qizil Shapkacha Bo‘ri bilan yonma-yon yotib, undan so‘rabdi:
— Voy, buvijon, qo‘llaringiz buncha uzun?
— Seni mahkamroq quchoqlash uchun, jonginam!
— Buvijon, oyoqlaringiz buncha katta?
— Òezroq chopish uchun, jonginam!
— Buvijon, quloqlaringiz buncha katta!
— Yaxshiroq eshitish uchun, jonginam!
— Buvijon, ko‘zlaringiz buncha katta?
— Seni yaxshiroq ko‘rish uchun, jonginam!
— Buvijon, tishlaringiz buncha katta?
— Seni tezroq yeb qo‘yish uchun, jonginam!
Qizil Shapkacha dod deguncha qo‘ymay, yovuz Bo‘ri unga
yopishib, uni shippagi va qizil shapkasi bilan birga yutib yubo-
ribdi.
Baxtni qarangki, shu vaqt uy yonidan o‘tinchilar o‘tib bora-
yotgan ekanlar.
Ular shovqin-suronni eshitib, uyga chopib kiribdilar va Bo‘rini
o‘ldiribdilar.
Keyin uning qornini yorsalar, ichidan Qizil Shapkacha bilan
buvisi omon-eson chiqibdi.
16 Bolalar adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 4 2

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish