2 3 7
Zerikkan chog‘i u ham,
Javray ketdi tinmasdan.
O‘tiraman yonidan
Bir qadam ham jilmasdan.
Meni sira tinglamas,
Faqat o‘zi gapirar.
Soqov bo‘lish
hech gapmas
Bunaqada, yopiray.
Òikilaman ko‘chaga,
Ko‘kda quyosh porlaydi.
Zumrad bog‘lar bag‘riga
Kela qol, deb chorlaydi.
Qarab dilim mayliga,
O‘rnimdan turaman shart.
Otilaman ko‘chaga
Qidirib dilkash, hamdard.
Meni ko‘rib yaproqlar
Chapak chalib quvnaydi.
Qushlar sayrar chah-chahlab,
Kaptarlar g‘uv-g‘uvlaydi.
— Ha, qalaysan, kapalak?
U o‘ynoqlab charx urar.
— Salom, bola, — degandek
Anhorda suv sharqirar.
O‘sha
kuni kechgacha
Sof havoda tiniqib,
Ona tabiat bilan
Gaplashdim xo‘p miriqib.
SIRLI FUTBOL
Omborxona ichida
O‘yin borar g‘alati,
Futbolchi sichqonvoylar
Ko‘rsatishar talantin.
Òomoshabin mushuklar
O‘tirishar suyunib,
Goh big‘illab qo‘yishar
Yolg‘ondakam kuyunib.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 3 8
Òo‘p — dumaloq bo‘g‘irsoq,
Uchar har yon o‘q kabi.
O‘yin
chiqqan avjiga,
Goldan darak yo‘q hali.
Aybdor bunga hakamdek,
Big‘illashdi har yondan:
— Nega gol yo‘q, qani gol?
Sudya, yo‘qol maydondan!
Hakam sichqon dovdirar,
Zo‘r-zo‘r ekan, nachora,
Hushtagini topshirib,
Qochib qoldi bechora.
Shu payt deng naq markazdan
Òepdi Viy-viy botinib.
Darvozabon Chiy-chiycha
Òutolmadi otilib.
Bombardirni
shu zahot
Òushirgali suratga.
Fotomuxbir Baroqvoy
Sudrab ketdi xilvatga.
Chiqar rangli surati
Gazetada azonda.
Òushib ketgan bo‘lmasa
Agarda oshqozonga.
Hech gap emas jarohat,
Davolar doktor Miyov.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 3 9
Sharl Perro
(1628—1703)
Sharl Perro adabiy ertak asoschisi sifatida bir necha asrlardan
beri dunyoga mashhur bo‘lib kelmoqda. Buyuk fransuz shoiri va
tanqidchisining „Qizil Shapkacha“. „Zolushka“, „Uyqudagi
malika“, „Mitti bola“, „Etik kiygan mushuk“
kabi ertaklari dunyo
kezib, kitobxon bolalar qalbini rom etmoqda.
Adib xalq og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan yumordan, istehzoli
kulgidan o‘rinli foydalanganligi sababli bunday baxtga erishgan.
Ertakchining barcha asarlarida yaxshilik yomonlikka, soddalik
ayyorlikka, oliyjanoblik yovuzlikka, go‘zallik
xunuklikka qarshi
qo‘yiladi. Insonga mehr-muhabbat ulug‘lanadi.
QIZIL SHAPKACHA
(Ertak)
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir qishloqda jajjigina bir qizcha
bor ekan, u dunyoda tengi yo‘q, juda yoqimtoy qiz ekan. Oyisi
uni jonidan ham yaxshi ko‘rar ekan, buvisi bo‘lsa undan ham
yaxshi ko‘rar ekan.
Buvisi nevarasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan qizchaga
bitta qizil shapkacha sovg‘a qilibdi.
O‘shandan
beri qizcha qayoqqa borsa, shu chiroyli, yangi
qizil shapkachasini kiyib borar ekan. Shuning uchun qo‘ni-
qo‘shnilar uni ko‘rganda:
Do'stlaringiz bilan baham: