Bo`lajak fizika o`qituvchilarini uslubiy tayyorlashda aktning o`rni va professional vazifalar ismoilov Azamat Arslanboyevich



Download 27,06 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi27,06 Kb.
#791989
  1   2
Bog'liq
Bo`lajak fizika o`qituvchilarini uslubiy tayyorlashda aktning o`


BO`LAJAK FIZIKA O`QITUVCHILARINI USLUBIY TAYYORLASHDA
AKTNING O`RNI VA PROFESSIONAL VAZIFALAR
Ismoilov Azamat Arslanboyevich
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi kata o`qituvchisi
Annotatsiya
OTMlarda bo`lajak o'qituvchilarni tayyorlashning ustuvor vazifasi – o'qituvchining professional muammolarini hal qilish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida fizika fanini o`qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda o`quvchilar bilimlarini mustahkamlash uchun o`quvchilarni tez o`zgaruvchan shart-sharoitlarga moslashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, virtuallashgan bilimlarni shakllantirish talab qilinadi.
Kalit so'zlar: o'qituvchining kasbiy faoliyati, metodik tayyorgarlik, fizik bilim, kognitiv vazifa, eksperimental o'rnatish, pedagogik faoliyatni loyihalash va modellashtirish.
Ключевые слова: профессиональная деятельность учителя, методическая подго- товка, физические знания, познавательная задача, экспериментальная установка, про- ектирование и моделирование педагогической деятельности.
Keywords: teacher's professional activity, methodical training, physical knowledge, cognitive task, experimental installation, design and modeling of pedagogical activity.
Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini faollashtirish deganda talabalarda yuqori darajadagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ongli ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va fikrlash qobiliyatining kengligi bilan aniqlanadi.
Mazkur faollik har doim ham vujudga kelavermaydi, faqat o‘qituvchining maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko‘rsatishi va qulay pedagogik psixologik muhitni tashkil etish mahorati tufayligina vujudga keladi. Fizikani o‘qitishda maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish va qulay ijtimoiypsixologik muhitni vujudga keltirish, ma’ruzachi tomonidan qo‘llanilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarga bog‘liq bo‘ladi.
Didaktika ishlab chiqargan har qanday texnologiya talabalarning bilish faoliyatini faolllashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ular quyidagilardir:
1. Didaktik o‘yin texnologiyalari.
2. Muammoli ta’lim texnologiyalari.
3. Modulli ta’lim texnologiyalari.
4. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi.
5. Loyihalash texnologiyasi.
Talabalarning aqliy faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishda imkon beradigan texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lishi bilan birgalikda ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, ijodiy faoliyatga yo‘llovchi, kommunikativ, mantiqiy fikrlash, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, o‘z faoliyatini tahlil qilish, kasbga yo‘llash, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga o‘rgatish, hamkorlikni vujudga keltirish kabi funksiyalarni bajaradi.
Oliy ta’limda masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish va raqamli darsliklarni ishlab chiqish ularni amalda qo‘llash samarasi ta’limda o‘qitishning innovotsion usuli bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, korrupsiyani yo‘q qilishga va uni oldini olishga qaratilgan. Raqamli darsliklarni qay ko‘rinishda bo‘lishini loyihalashdan avval ko‘p jihatlarini o‘rganiladi, ya’ni uni o‘qitish bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi. Natijada yaratilayotgan o‘quv darsliklar bilim olish jarayonida qiziqarli, yengil, esda qolarli va zararsiz bo‘lishiga yo‘naltiriladi. Birgina sahifada bir vaqtning o‘zida ham matnli, ham audiotovushli tushuntirish, ham videorolik, ham 3Danimatsiya bo‘lishi mumkin. Bunday darsliklar asosan fizika va anatomiya darsliklari ustida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, darsliklar virtual, multiformatli va interaktiv bo‘lganligi sababli ishtirokchilarning 80 foizi axborotni eslab qola oladi. Ta’lim oluvchining o‘quv jarayoniga qamrab olishni rejadagi darslarga bilim va ko‘nikmalarini hosil qilishda 3D animatsiyadan foydalanish ham maqsadga muofiqdir. Xususan oliy ta’limda fizika yo‘nalishidagi fanlar: molekular fizika, atom fizikasi, yadro fizikasi va kvant mexanikasidan ayrim laboratoriyalarni o‘tkazish bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bunga sabab maxsus tajriba uchun maxsus sharoitlarni talab qilinishi yoki tajriba jihozlarining yetarli emasligidir. 3D gologramma orqali ushbu laboratoriyalarni virtual amalga oshirish mumkin.
Bugungi kunga qadar kasbiy taʼlimni modernizatsiya qilishning zamonaviy tendentsiyalari bilan OTMlarda talabalarning uslubiy tayyorgarligining real holati oʻrtasida qarama-qarshilik mavjud boʻlib, bu kasbiy taʼlimni toʻgʻri shakllantirishda yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni o'zlashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu bilimlarni o`zlashtirish kasbiy faoliyatni shakllantirish muammosini hal etishga xizmat qiladi. Bo'lajak fizika fani o'qituvchilarning OTMlarda ta`lim olish jarayonida zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish bilan birgalikda bo`lajak o`qituvchilardan kreativlik, har bir dars mashg`uloti uchun alohida tayyorgarlik ko`rish metodikalarini o`rganishlik talab etiladi.
Kasbiy pedagogika sohasidagi ko'pchilik tadqiqotchilarning fikriga ko'ra kasbiy tayyorgarlik natijasi pedagogika OTM bitiruvchisining pedagogik mahorati o`zlashtirgan bilim ko`nikmalarini baholash orqali aniqlanadi. Bo`lajak o`qituvchi quyidagi bandlar orqali baholash talab qiladi:
1) fizika o'qituvchisining kasbiy vazifalarini ajratib ko'rsatish;
2) umumlashtirilgan fizik jarayonlarni animatsiyali o`qitish usullarini ishlab chiqish;
3) har bir talabaga mavzu yuzasidan o`z fikrini bayon qilish imkonini beradigan ta’lim jarayoni modelini ishlab chiqish va amalga oshirish ularni yechishning umumlashtirilgan usullarini o'zlashtirish.
Zamonaviy bo`lajak fizika fani o'qituvchisining asosiy kasbiy vazifalarini quyidagi omillar mustahkamlaydi:
1) fizika fanidan animatsitali o'quv materialini rejalashtirish;
2) fizika kursi mavzusini o'qitishga tayyorgarlik;
3) har xil turdagi (animatsitali, nultimediyali) darslarni ishlab chiqish:
- o'quvchilarning fizik jarayonlar haqidagi bilimlarni mustahkamlashga doir materialni o'rganish darsi;
- fizik masalalarni yechish usullarini o'rgatish darsi;
- amaliy harakatlarni o'rgatish darsi;
- bilimlarni umumlashtirish darsi;
- amaliy materialni o'rganish darsi va fizik jarayonlarni o'rgatish usullar;
- bilimlarni egallash va malakalarni egallash darajasini diagnostika qilish darsi;
4) o'quv eksperimental bazasini yaratish, fizika kursi bo'yicha mavzulari yuzasidan tajriba tizimini ishlab chiqish;
5) mavzu bo'yicha o'rganilgan bilimlarni qo'llash jarayonida aniq o'zlashtirish uchun topshiriq-mashqlar va topshiriq-muammolar tizimini ishlab chiqish;
6) fizik bilimlardan foydalangan holda bajariladigan tadqiqot va loyiha faoliyatini tashkil etish hisoblanadi.
Bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarida kasbiy ko‘nikmalar shakllantirish, elektron o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga joriy etish pedagogika OTMlarida fizika fani o`qitish metodikasi shakllantirib boriladi. Bo‘lajak fizika o‘qituvchilari bilimlarini yangi sifat darajasiga ko`tarish uchun talabalarni kasbiy ko`nikmalarni shakllantirishning faol jarayoniga umumlashtirilgan faoliyat usullarini kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish kerak. Umumiy yechim usullari turli xil professional vazifalar bir qator ishlarda namoyon bo'ladi.

Download 27,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish