Jihozlar va uskunalar, moslamalar: mavzuga oid ko’rgazmali qurollar va plakatlar
JN (joriy nazorat) – maks. 30 b.
ON (oraliq nazorat) – maks. 40 b.
YAN (yakuniy nazorat) –maks. 30 b.
1. Yozma ish
“Fizika” kafedrasida o’tiladigan fanlar bo’yicha talabalarning fanlarni o’zlashtirganlik darajasi
reyting tizimi asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yilning 10 iyulida 1981-son bilan ro’yxatdan
o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Taʻlim Vazirligining 2010 yil
«25»_avgustdagi 333-sonli buyrug’i va Buxoro davlat universiteti rektorining 2010 yilning 6
sentyabr’dagi 352-U(01) sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy taʻlim muassasalarida talabalar
bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqildi.
1.Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishi quyidagi nazorat turlari orqali 100 ballik tizim asosida
amalga oshiriladi
Joriy baholash (JB) – Semestr davomida 5 martadan oshmaydi.
Oraliq baholash (OB) – Semestr davomida 2 martadan oshmaydi.
Yakuniy baholash (YAB) – Semestr oxirida.
JB amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarida amalga oshirilib, har 8-12 dars soatlaridan
so’ng har oyning oxirgi xaftalarida o’tkaziladi.
OB asosan nazariy mashg’ulotlar asosida amalga oshirilib, har 18-22 maʻruza soatlaridan so’ng
har oyning oxirgi haftalarida o’tkaziladi.
Mustaqil taʻlim uchun ball har bir joriy va oraliq reyting nazoratining ballaridan ajratiladi.
Mustaqil taʻlimga jami 25 ball ajratiladi. Shuningdek, mustaqil taʻlim uchun ball nazorat savollarida
aks ettiriladi.
JB va OB turlari har bir fanning xususiyatidan kelib chiqib, og’zaki, yozma, topshiriq va
kollokvium shakllarida amalga oshiriladi.
YAB da talabaning bilim, ko’nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida
baholanadi. YAB semestr yakunida o’tkaziladi.
Muayyan fan bo’yicha talabaning o’zlashtirishi ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ballik baholash turlari bo’yicha quyidagicha taksimlanadi
JB 20 ball (amal. mashg’ulot) + 10 ball (must. topshiriq) = 30 ball
Ajratilgan joriy ballar hisobidan laboratoriya ishlari soni va mohiyatiga qarab mos ravishda
ballar taqsimlanadi.
OB 30 ball (maʻruza) + 10 ball (must. topshiriq) = 40 ball
YAB 30 ball
Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir baholash turlaridan
yig’ilgan ballar yig’indisiga teng bo’ladi.
Joriy va oraliq nazoratlardan to’plangan ballar belgilangan maksimal ballning 55 % dan kam
bo’lsa talaba YANga qo’yilmaydi.
Talabalar bilimini baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
a)
86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tuShunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
b)71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tuShunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
s)55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tuShunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
d)quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
bilmaslik.
Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida
davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari
bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar-tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan
reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida
o’tkaziladi va ikki kun mobaynida talabalarga eʻlon qilinadi.
Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni (agar o’quv rejada bo’lsa) ushbu fan bo’yicha
to’plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra
nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi Shu nazorat turigacha,
so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Belgilangan muddatlarda topshirilmagan joriy va oraliq nazorat ballari keyingi baholash
ballariga qo’shilmaydi va qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va
yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni
boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida fan bo’yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini har biri bo’yicha
saralash balidan kam ball to’plagan talabaning o’zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor)
hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun 2 hafta
muhlat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga
ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Har bir o’tkazilgan nazorat natijalari kafedra reyting natijalari daftariga, o’qituvchining jurnaliga
va umumiysi guruh jurnaliga fan o’qituvchisi tomonidan qayd qilib boriladi.
Nazoratga qatnasha olmagan yoki etarli ball to’play olmagan talabalar Nizomga muvofiq qayta
topshirishlari mumkin.
ON ni qabul qilishni kafedra tomonidan tuzilgan komissiya davriy ravishda o’rganib boradi.
Mazkur mezon “Fizika” kafedrasining 2018 yil 29- avgust oyidagi №1-sonli yig’ilishida
muhokama qilinib qaror qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: