Sog‘lom turmush tarzining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
- Shaxsiy va jamoa gigiyenasi qoidalariga amal qilish;
- Jismoniy faollik;
- Kun tartibiga rioya qilish;
- Zararli odatlardan tiyilish;
- Sog‘lom ovqatlanish;
- Mehnat qilish va dam olish;
- Muomala madaniyati;
- Ruhiy xotirjamlik;
- Tibbiy madaniyatlilik;
- Jinsiy tarbiya.
Mana biz sizlar bilan sog‘lom turmush tarzi, salomatligimizning naqadar muhimligini oz bo‘lsada bilib oldik. Demak kelajakda farzandlarimizning buyuk maqsadlariga erishishi uchun avvalambor sog‘lom turmush tarziga rioya qilib, uni kundalik hayotga kiritib borish ko‘nikmalarini shakllantirib borish aynan sizning qo‘lingizda ekan. Uni qo‘ldan boy bermaylik!!!.
Kelajakda sog‘lom farzandlar tug‘ilishini ta’minlash uchun oilaviy turmush qurishga shaylanayotgan yigit va qizlar tibbiy nuqtai nazardan kishi organizmining yetilish davri, nikoh gigiyenasi va jinsiy hayot hamda sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlardan xabardor bo‘lishlari lozim;
Shifokorlar huzurida bo‘lib, yilda kamida 1 marotaba profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘ting. Chunki kasallikni davolashdan ko‘ra, uni oldini olish osonroq va muhimroqdir;
Salbiy ruhiy holatlar ko‘pincha xastaliklarni, jumladan, qon bosimi, nevroz, oshqozon yarasi, o‘sma, qandli diabet singari kasalliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning fikricha, inson ortiqcha his-hayajonga berilmasligi, aksincha, aql bilan ish tutib, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yib yashashi va shunga yarasha mehnat qilishi lozim.
Siz yuqoridagi talablarni turmushingizga kiritgandan so‘ng, sog‘lom turmush tarzining har bir yo‘nalishini takomillashtirishga harakat qilib boring. Buning uchun oilada sog‘lom turmush tarzi va sihat - salomatlikni saqlash, jismonan barkamollikka erishish to‘g‘risidagi qo‘llanmalarni o‘qish, teledasturdagi salomatlik va jismoniy barkamollik mavzusidagi ko‘rsatuvlarni muntazam ko‘rish, shu sohaga aloqador bilimlar doirasini kengaytirish va tibbiy savodxonlikni oshirib borish lozim bo‘ladi.
Sog‘lom turmush tarziga kamida 2 - 3 oyda ko‘nikmalar shakllanib, 5 - 6 oyda ular mustahkamlanib, 1 yildan keyin esa bunday turmush tarzi Siz uchun kundalik odatga aylanadi. Siz haqiqiy sog‘liq nima ekanligini ana o‘shanda tushunasiz.
Biz bugundan e’tiboran aynan sog‘lik, salomatlik, sog‘lom turmush tarziga rioya qilib yashash qoidalarini o‘rganb boramiz. Chunki salomatlikni hech qachon moddiy boylik va mablag‘ evaziga sotib olib bo‘lmaydi. Inson sog‘lom yurgandagina baxtli yashashi mumkin. Har bir kishi kundalik hayot me’yorini saqlay bilishi kerak.
Sog‘lom turmush tarzining buzilishi kasalliklar va ularning profilaktikasi bo‘yicha yetarlicha bilim va malakaga ega bo‘lmaslik hamda o‘zining salomatligiga mas’uliyasiz munosabatda bo‘lish oqibatida yuzaga keladi. Shuning uchun sog‘liqni saqlash yo‘lidagi xatti-harakatlarimiz salomatlikni saqlash va mustahkamlash borasida bilim va malakalarni har bir kishini bilishiga va bu bilim-malakalarini kundalik turmushida qo‘llashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |