Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
412
ko’rishini tushuntirishimizga yordam beradi. Ammo bola faqatgina yaxshi narslarni
olloh bilan bog’lashga o’rganib qolmasligi uchun parvardigor bizga sinov uchun
yuborgan holatlarni ham tahlil qilishimiz kerak: “Olloh seni bugun xafa holatga
tushirishining sababi seni yaxshi ko’rishidadir. Ha, u seni yaxshi ko’radi, g’azabingni
jilovlashni o’rganishingni xohlaydi. Jahlini tiya olganlarga qanday mukofotlar
berilishini bilasanmi?”, “Sen bugun og’riqni his qilding, bu ollohning xohishi, albatta.
Sababini bilasanmi? Chunki u seni juda yaxshi ko’radi, axir kimda-kim hatto zirapcha
kirishiga sabr qilsa, bu ishi evaziga olloh uning gunohlarini o’chiradi, olloh bizga dard
bersa, bizni yaxshi ko’rganidan beradi, axir u tufayli jannatdagi maqomimiz
ko’tariladi!”. Farzandlaringiz bilan bemorlik, g’am-tashvish mavzulari bayon etilgan
hadisi shariflarni birgalikda o’qib, muhokama qiling bunda hikmat katta.
O’zingiz shukr qiluvchi banda sifatida farzandingizga namuna bo’ling. Ularning
rizqlari halol bo’lishiga alohida ahamiyat bering. Bunda nafaqat taomning tarkibi, balki
uni sotib olishga sarflangan mablag’ ham halol yo’l bilan qo’lga kiritilgan bo’lishi
kerak. Bu musulmonlar uchun juda muhim, chunki harom luqma butun organism: yurak
va aqliy faoliyatga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.
Bolalarni aldamang! Ota-onalar vaqtlari yo’qligida mana shu yolg’onni
ishlatishadi. Lekin derazadan mashina oynasidan parklar yoki bolalar maydonchalarida
o’ynayotgan bolalarni ko’rib qolgan bola endi siz haqingizda nima deb o’ylaydi?
Demak, yolg’on gapirish mumkin ekan, degan fikrga keladi. Undan ko’ra “Bugun
mening vaqtim yo’q, ishim ko’p ” deb to’g’ri tushuntirish lozim.
Bolalaringiz bilan samimiy bo’ling. Ular xato qilganda “Men sening
yoshingdaligimda bunday qilmaganman” deb ularni aldamang. Bolalar biz ham
adashganimizni, xatolar qilganimizni, har qanday odam biror ishni bir necha bor
uringanidan so’ng uddasidan chiqishini bilishlari lozim. Mening yuqoridagi gapim esa
boladagi o’ziga bo’lgan ishonchni sindirib qo’yadi.
Uyga kirganingizda farzandingiz kutib olmasa va shodligidan sizni quchoqlamasa,
axloqingizni va ularga muomalangizni bir sarhisob qiling. Chunki tarbiya va
g’amxo’rlik qilishda xatoga yo’l qo’ygansiz!
Farzandingizga har kuni 15 daqiqa kitob o’qib berishning 15 foydasi
Amerika pediatrlari uyushmasi tadqiqotlarining natijasiga ko’ra, bola bilan har kun 15
daqiqa davomida kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekan.
1. Bola miyasining 90 % uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo’ladi. Shu davrda
bolaga kitob o’qish miya rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
2. 3 yoshli bolaning so’z boyligiga qarab u 3-sinfda o’qishdan necha olishini
oldindan bilsa bo’ladi.
3. Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o’qib berilsa, u bir yil mobaynida bir
millionga yaqin yangi so’zni eshitgan bo’ladi.
4. 1-sinf kitoblarini o’qiy olmagan bola, keyinchalik 4-sinf kitoblarini ham o’qiy
olmaydi.
5. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ko’p kitob o’qilgan bo’lsa, ular birinchi sinfga
qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni o’rganadi, 20 gacha sanay oladi va o’z
ismlarini yoza oladi.
6. Bolaning maktab yoshigacha bo’lgan davrida ota-onasi bilan kitob o’qishi, uni
maktab davrida kitobga qiziquvchanligi oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |