Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
382
o’qituvchilar hamda ota-onalar zimmasiga o’ta mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Biz
yurtimizning kelajagi yosh avlod qanday tarbiya topishiga , axloqiy go’zal fazilatlar
egasi bo’lib yetishiga ,o’quvchilarimizning hayotda nechog’li faol munosabatda
bo’lishiga , o’zi sevgan kasb- hunarni egallab ,yurtimiz oliy maqsadlariga bog’liq
ekanini hamisha yodda tutishimiz lozim.Farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi,
ma’naviy va axloqiy jihatdan yetuk bo’lishi uchun badiiy adabiyot, kitobxonlikni
targ’ib qilmog’imiz kerak. Pedagoglar har bir yosh davrni o’ziga xos psixologik
rivojlanish darajasini aniqlab,bola tarbiyasidagi sodir bo’layotgan salbiy o’garishlarni
o’rganib ,tarbiyasi og’ir bolalarning psixologik rivojlanishini meyorlashtirilgan har bir
o’quvchiga individual tarzda yondashib maxsus dastur va trening hamda korreksion
mashg’ulotlar ishlab chiqish lozim.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston
Yoshlar forumida so’zlagan nutqidan. 2020yil 25 dekabr.
2.Z.G.Nishanova, Sh.A.Dustmuxamedova, Sh. G. Tulyaganova “Pedagogik
psixologiya”2011 yil 70-bet
3.M. G.Davlatshen va boshqalar “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya”
Toshkent . 2009 yil 25-bet
4.Z.N. To’yeva ,I. A. Qosimov ,E.Z.Halimov ,U.S.Jumayev , D. H.Qayumova , S.
M. O’rinova , N.N.Solixova, “O’smirlarda inqirozdagi depressiv holatlarni oldini olish
va korreksiyalash” Toshkent 2015yil 10-bet.
5. D. Fayziyeva, M.N.Rahmonov, T. N. Olimov ,A .X Gadoyeva ,M. E. Saidjonova,
N. A. Kozimova “O’quvchi yoshlarda inqiroz holati va deviant xulq-atvorga olib
keluvchi omillarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar “ Buxoro 2017 yil 7-bet.
INKLYUZIV TA'LIM TIZIMIDA OILANING O'RNI
Navbaxorova Hurshida
Farg’ona viloyati Farg’ona tumani 4-maktab psixologi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada inklyuziv ta’limni rivojlantirishda oilaning o’rnihaqida
ma’lumot berilgan. Shu bilan birgalikda nogiron bolaning oilada paydo bo'lishi har
doim barcha oila a'zolari uchun og'ir psixologik stress paydo qilishi ko'pincha oilaviy
munosabatlar zaiflashishi, kasal bola uchun doimiy tashvish, chalkashlik hissi, ruhiy
tushkunlik oilaning buzilishiga sabab bo'lishi haqida va shu muamolarning yechimi
haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: inklyuziv ta’lim, nogironlik, zaiflashish, imkoniyat, fiziologik
nevrologik.
Ta'kidlash mumkinki, inklyuziv ta'lim muammosi murakkab, ko'p o'lchovli va
ko'plab tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi. Nogiron bolalar ta'limini rivojlantirishning
nafaqat samarali, balki iqtisodiy usulini ham ta'minlab, keng tarqalgan xurofot va
pedagogik stereotiplardan xalos bo'lishda ijtimoiy to'siqlarni va to'siqsiz muhit deb
nomlangan tashkiliy qiyinchiliklarni ta'kidlash zarur. Ta'lim muammolari, maktab
o'quvchilari, ularning ota-onalari, o'qituvchilarning oddiy bolalar bilan birgalikdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |