1) “10 ta so‘z” o‘yini.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog 10 ta so‘zni aytadi, bolalar iloji boricha
ko‘proq so‘zlarni eslab qolishga harakat qilishlari va esda qolgan so‘zlarni
takrorlashlari lozim. Keyin pedagog-psixolog bu so‘zlarning umumiyligi
haqida so‘raydi (bu so‘zlarning barchasi “S” harfidan boshlanadi).
Eslatma: Pedagog-psixolog avvaldan “S” harfi bilan boshlanadigan
10 ta so‘zni tayyorlaydi.
2) “So‘z ayt” mashqi.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog to‘pni o‘ng tomonidagi bolaga beradi.
Bola to‘pni ushlashi va “S” harfi bilan boshlanadigan har qanday so‘zni
aytadi va to‘pni keyingi bolaga beradi. So‘z aytib bera olmagan bolalar
o‘yindan chetlatiladi. O‘yin oxirida yutgan bolani bolalar birga bo‘lib
olqishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |