7) “Ortiqchasini top” mashqi
39
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog bir necha buyumlarni ko‘rsatuvchi rasmni
(10-ilova) ko‘rsatadi. Bolalar rasmda nima ortiqcha ekanligini topishi,
javobini tushuntirishlari va ular umumiy holatda nima deb atalishini
aytishlari kerak. (masalan, 10-ilovadagi 1-rasmda samolyot ortiqcha, ular
umumiy holatda – transport, deb ataladi)
8) “Namunadagidek yig‘ing” mashqi.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog avvaldan tayyorlangan (5-ilovadagi)
geometrik shakllarni bolalar sanoq cho‘plardan yig‘adilar.
Eslatma: Pedagog-psixolog ixtiyoriga ko‘ra 5-ilovadagi rasm tanlashi
yoki boshqa to‘plamlarni (rasmlarni) tayyorlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |