4) “Burdon testi”.
Yo‘riqnoma: Bolalar, pedagog-psixolog tomonidan oldindan (har bir
bola uchun alohida) tayyorlangan shakldan (9-ilova) harfni (masalan, “K”)
topadi va o‘chiradilar. Topshiriqni bajarish vaqti 5 daqiqa. Keyingi
mashg‘ulotda boshqa harfni topib, o‘chirishlari mumkin).
5) “Diqqat bilan eshit” o‘yini
Yo‘riqnoma: Aylana bo‘ylab harakatlanayotgan bolalar pedagog-psixolog
buyrug‘iga qarab harakat pozasi qiladilar: bir qarsak – “laylak” pozasi (bir
oyoqda, qo‘llarni yon tomonga) qiladilar, ikkita qarsak – “qurbaqa” pozasini,
uchta qarsak – odatiy yurishga o‘tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |